Mine
Lisa oʻldi. Uni choʻchqalar yoki Jungkook oʻldirmadi. Uni oʻylab ish qilmaganligi oʻldirdi. Uni aybi Melisse bilan yaxshi munosabatda boʻlmagani
Taehyung keldi va qoʻriqchilardan Jungkook qayerdaligini soʻradi. Qoʻriqchilar unga aytishdi va Taehyung bordi. Qarasa Lisani choʻchqalar yeyapti Jungkook esa shunchaki tomosha qilyapti. Yuzida afsuslanish yoki achinish hissi yoʻq. U shunchki muz kabi sovuq edi
Jk: choʻchqalarim och qolgan ekan! Ularga ovqat berdim
Tae: Jungkook nega bunchalar yovuzlashding
Jk: bu eng oddiysi. U osson oʻlim topdi
Tae: bu osson oʻlim emas! Bu xoʻrlash
Tae: battar boʻlsin. Yur uyga kiramiz
Jungkook va Taehyung uyga kirishdi. Jungkook negadir juda ham tartibli boʻlib qoldi. Qizi va singlisi ketganidan keyin u shunday boʻlib qoldi. Semmi uni koʻz qorachili edi, Melisse uni shodligi. Melisse va Jungkook hazil qilishardi. Melisseni haziliga Jungkook maza qilib kulardi. Chunki Melissa hazilkash va har qaysi odamni gap bilan joyiga oʻtkizardi
Ikki mafiani bugun boyagi majlisdan boshqa ishi yoʻqligi uchun uyda qolishdi. Jungkook yana kompyuteriga oʻtirib ishlay boshladi.
Ammo Taehyung zerikishdan oʻlishi ham mumkin. Uni yonida Jungkook bor, 8 yil kutgan, har kun va har tun sogʻingan, umuman hayoli va yuragidan chiqmagan, undan qochgan insoni bilan bir tom ostida edi. Lekin Jungkook ishi bilan band. Taehyung ortiq sabr qilolmay Jungkookni xonasiga bordi va ichkariga kirdi. Jungkook xuddi robotdek harakat qilardi
Tae: Jonim balki nimadir qilarmiz?!
Jk: Janob Kim meni ishim bor. Hohlasangiz oʻzingiz qayoqqadir borib zavqlanishingiz mumkin
Jungkook kompyuterini yopib, koʻzoynagini yechib qaradi
Tae: vaqt kechki ovqatga yaqinlashdi. Balki restaranga borarmiz
Jk: restaran ovqatini xizmatkorlar qilib berishadi
Tae: Hoy ahmoq men sen bilan vaqt oʻtkazmoqchiman. Shuni tushunish qiyinmi? Hamma narsaga yetgan aqling shunga kelganda oqsab qoldimi?
Jk: buni boshidan beri bilaman ammo Jecksonni tezroq yoʻq qilishim kerak
Tae: Jacksonni oʻzim bir yoqlik qilaman. Yur kettik endi
Jungkook ham Taehyung ham xonadan chiqishdi va oʻz xonalariga ketishdi. Semmi ketganiga bu boʻshab qolgandek edi. Uni kulgularisiz fayzini yoʻqotdi
Jungkook ham oʻziga kiyim tanlab uni kiydi
Taehyung esa classik usulda kostum-shim kiydi.
Taehyung kiyinib chiqdi va Jungkookga qaradi. Jungkookni kiyimini oldi naqt koʻkragigacha ochiq edi. Taehyung koʻrib yuzi tezda oʻzgardi
Tae: buni ochiqligini koʻryapsanmi? Nima koʻchaga va restaranga shu axvolda borasanmi? Hamma seni tanangga qarashini bilasanmi? Atayin meni rashkimni keltiryapsanmi?
Jk: Ey buncha savol berding! Men bundan ochiqlarini ham kiyganman endi esa kettik
Tae: sen bu kiyimda hech qayoqqa hattoki ostonadan chiqmaysan!
Jk: Menga buyruq beradigan kimsan?
Tae: bir narsani eslatib qoʻyay. Jondan ortiq koʻrgan qizing va singling meni uyimda. Birgina soʻzim va ikkisi ham bu dunyoda yoʻq
Jungkook bu gaplardan qoʻrqdi. Ammo magʻrurligi ustunlik qildi va Melisseni kuchli ekanligi yodiga tushdi. Miyigʻida kuldi va
Jk: Singlim va qizimdan keyin nargi dunyoga ketadigan odam sensan! Sen ketasan va men oʻzgasi bilan baxtli hayot kechiraman. Masalan Jackson bilan
Taehyung endi oʻzini bosolmaydi. U har qanday gapga chidashi mumkin ammo kun kelib Jungkookni oʻzgasi bilan koʻrishga, hayol qilishga kuchi yetmaydi. Vincenzo bilan 4 yil birga boʻlgani uchun u qanchalik telba boʻldi. Ammo Jackson bilan urmbod qolishi mumkin. Taehyung gʻazab bilan kelib Jungkookga tarsaki tushurdi
Jungkook chap yuzini ushlab Taehyungga gʻazab bilan qaradi
Tae: Aslo! Aslo! Bu gapni bir marta ayting! Boshqa ogʻzingdan chiqmasin! Seni kun kelin oʻzgasi bilan koʻrishga kuchim yetmaydi. Hohlaganingcha meni haqorat qil, rad qil, ur, kamsit ammo bunaqa gapni gapirma. Singling va qizingga hech qachon teginmayman
Tae: meni telba qilgan va shu ishlarga majburlagan sensan. Bunda meni ayblama
Tae: meni tashlab ketding! Men hech qachon orzu qilmaganman ammo soʻngi 8 yil men orzu qildim. Hech qachon hudoga ishonmasdim. Kechasi bilan duo qildim. Meni orzuyim sen eding. Sen meniki boʻlishingni 8 yildan buyon orzu qildim, duo qildim. Mana duolarim ijobat boʻldi, sen meni yonimdasan ammo meniki emassan
Taehyung rost aytgandi. U orzu qilmagan va hudoga ishonmagandi. Ammo soʻngi 8 yil uni tubdan oʻzgartirdi. Mafia olamidagi yoʻlbars boʻlgan Kim Taehyung yuvvosh mushukka aylandi qoldi. Taehyung boshidan beri yigʻlab gapirdi
Jungkookdagi shavqat tuygʻusi uygʻondi va Taehyungni quchoqladi. Taehyung esa hamon yigʻlardi