July 11

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

14-qism

Jk: siz xotiningizga emas bir foxishaga ishondingiz. Uni oldida meni yerga urib baqirdingiz

Tae: yagonam...kechir. Men bilmagandim. Rashk koʻzimni koʻr qildi. Boshqa unday qilmayman

Jk: Nima shunchalar koʻrmisiz? Aa? Rasmdagi qanotni koʻrmaydigan darajada koʻrmisiz?

Taehyung Jungkookni bilagidan ushlab oʻziga yaqinlashtirdi. Koʻzida gʻazab mavjud edi

Tae: ha ha koʻrman. Koʻzim qanotni emas seni va anavini koʻrdi. Ajrim haqida oʻylama ham! Bu baribir boʻlmaydi! Sen mening xotinim boʻlib tugʻulgansan va shunday boʻlib oʻlasan! Narsalaringi joyiga qoʻy! Hech qayerga ketmaysan. Ostona hatlab chiqsang oyogʻingni sindiraman

Jk: siz bilan qolmayman! Ketaman

Tae: KETMAYSAN DEDIM! ESHITMADINGMI? MENGA QARSHI CHIQMA JUNGKOOK!

Jungkook oʻz roʻlini ajoyib tarzda ijro etardi. Agar hozir ketsa u Suganing oldiga ketardi va u bilan baxtli yashardi

Tae: nima istaysan? Men bilan qolishing uchun, meni kechirishing uchun nima qilishimni istaysan?

Jk: qilasizmi?

Tae; hamasini qilaman

Jk: Bogumni oʻldiring! U Liderxonimga tuhmat qildi. Buning jazosini bilasiz

Tae: hoʻp hoʻp. Aytganingdek boʻladi. Chemadanni joyiga qoʻy va yuvinib chiq. Sen bilan bir joyga boramiz

Jungkook chemadanini joyiga qoʻydi va yuvinish xonasiga kirib ketdi. Xizmatkorlar kelib boshidan Jungkookning narsalarini joyiga taxlay boshlashdi. Taehyung mehmonxonada edi

..

X1: Shu Liderxonim ham baloda. Liderimizni oʻziga boʻysundirdi qoʻydi. Makri kuchli ekan. Sen ham eshitdingmi? Liderimiz sen aytganingdek boʻladi dedi.

X2: Liderimiz Liderxonimni 28 yimdan beri sevadi. Shuncha yil sevish ossonmi senga? Albatta Liderxonimni aytganini qiladida. Hech kim kirmaydigan oʻsha xona borku

X1: xoʻsh?

X2: oʻsha xonada Liderxonimning suratlari bor degan mish-mishlar yuradi. Liderning oʻzi shu narsani yigʻgan deyishadi. Bogumdan eshitgandim. Essiz u ham oʻlib ketarkan.

X1: Kim aytdi unga Liderxonimga tuhmat qilsin deb? Jim yurganida hali ancha yashardi

X2: Toʻgʻri. Bu uyda Liderxonim bilan oʻynashmaslik kerak. Liderdan ham qudratli u

X1: Bogum Liderimizga qanchalik yoqishga urinmasin Liderimiz baribir Jungkookni degan. Jungkook ham chiroylida

X2: Jungkook xunuk boʻlsa ham Liderimiz undan kechmasdi. Qara aytganini qanday qilyapti!

X1: Liderga xunuklar yoqmaydi. Jungkook xunuk boʻlganida aslo uylanmasdi.

Shu bilan xizmatkorlar ham gʻiybatini yakunlashdi. Jungkook chiroyligina boʻlib erini oldiga chiqdi. Taehyung bir zum koʻz uzolmay qoldi undan

Taepov: odammi bu farishtami bu? Namuncha chiroyli boʻlmasa. Ohh shu xotinjonim meni bir kun ado qiladi

Jungkook mashinaga oʻtirdi. Taehyung unga mayin tabassum bilan qaradi

Tae: Oohh Liderxonimimiz buncha goʻzal boʻlib ketibdilar. Bizning yurtlarda hali u kabi chiroyli Liderxonim boʻlmagan edida

Jk: undan keyin ham boʻlmaydi. Endi kettik. Qayoqqa boramiz?

Tae: sizni bir joyga olib boraman dedimku Liderxonimim

Taehyung shunday deya mashinani haydadi. Jungkook oʻz hayollari ogʻushida qoldi

Jkpov: eh Bogum Bogum! Yoʻlimga toʻgʻanoq boʻlmaganingda sen hali ancha yasharding. Senga kim aytdi menga qarshi chiq deb? Lekin biz ham ehtiyot boʻlmapmiz. Rasmga olishga ulguribsan. Ammo hech qisi yoʻq. Men suv u yoqda tursin lavadan ham omon chiqaman. Sen meni kimligimni bilmapsan. Umring qisqa ekanda Bogum. Mayli...bu tun farishtamni ogohlantiraman.

Ular manzilga yetib kelishdi. Bu uy maxsus Jungkook uchun qurilgandi. Rassomlik uyi edi. Taehyung toʻydan oldin hammasini tayyorlagandi

Jungkook uyni koʻrib hursand boʻldi. Axir bu uning orzusi edi. U shunday rassomlik uyi boʻlishini orzu qilardi

Jk: bu...bu men uchunmi? Rahmat

Jungkook hursandligidan oʻzi bilmagan holatda Taehyungni quchoqladi. Taehyung bundan osmon qadar hursand edi. Axir u sevgan insin oʻz xuhushi ila uni quchdi

Tae: seni sevaman Liderxonimim. Seni hursand qilish uchun bundan ham koʻpini qilaman

Jk: Rahmat Taehyung....yur ichkariga kiramiz

Ular ichkariga kirishdi. Bu yer juda ham ajoyib va rasm chizish uchun hamma sharoitlari bor edi. Albatta boʻladida. Axir bu Liderxonim uchun. Liderning sevgan xotini uchun

Tae: Liderxonimim....balki bir-birimizni suratimizni chizarmiz. Men ham bilaman surat chizishni

Jk: aldama! Bilmaysan. Baribir men zoʻr chizaman

Tae: gʻolibga nima mukofot bor?

Jk: avval yutib koʻrchi meni

Tae: mayli. Gʼolibga bitta boʻsa sovgʻa. Magʻlubdan

Jk: yoʻq! Magʻlub gʻolibga oʻz qoʻli bilan taqinchoq yasab beradi

Taehyung Jungkook haqida bilmagan bir sir bor edi. Jungkook taqinchoqlarni yasay oladi. Taehyung esa yoʻq! U yasay olmaydi

Tae: hoʻp boʻladi Liderxonimim. Sizga yoʻq deb boʻlarmidi!

Ular katta portretlarni olib bir-birini suratini chiza boshlashdi. Ikkisi ham yutishga urunardi. Jungkook Taehyung qanday qilib taqinchoq yasashini koʻrishni istardi. Axir Taehyung taqinchoq yasashni bilmaydi. Taehyung esa Jungkook unga oʻz qoʻllari bilan taqinchoq yasashini koʻrishni istaydi. Ikkisi ham bu jarayonnu koʻrishni istaydi. Ular chizishni tugatishdi. Bu 4 soat vaqtni oldi. Jungkoon yutishiga ishonchi komil edi. Axir uning onasi mohir rassom. Taehyung ham bunga ishonadi. Axir u mamlakatdagi eng yaxshi rassomdan dars olgan

Tae: boʻldingmi?

Jk: ha

Taehyung birinchi boʻlib suratini koʻrsatdi. Bunda Jungkook haqiqatdan ham chiroyli qilib chizilgandi

Navbat endi Jungkookniki. U oʻz suratini koʻrsatdi. Bundan maʼlumki Lider yutqazdi. Jungkookning surati zoʻr edi

Jk: men yutdim men yutdim men yutdim

Tae: ha bizning liderxonimimiz yutdi

Jk: endi bor! Taqinchoq yasa! Oʼz qoʻling bilan. Boʻl tez

Tae: voy voyey hoʻp. Qilaman

Taehyung shunday deb kuldi. Jungkook etibor bilan qaradi. Taehyungning kulgusi yoqimli edi. Jungkook har safar unga qaraganida vijdoni qichqirardi. Eringni oldida qolishing kerak deya qichqirardi. Ammo yurak! Yurakka qarshi chiqib boʻlmas ekan. Yurak oʻzgasini desa qiyin ekan