May 9

Twins

13-qism

Bundan Edvan xabar topdi. Ming jaxl bilan Jungkookning yoniga bordi. Buni koʻrgan Jungkook hattoki pinagini ham buzmadi. Chunku u Edvan kelishini bilardi

Ed: KIMSANKI OYIMGA BUNDAY QILASAN? AA? NIMA HAQQING BOR SENI?

Jk: birinchidan chakagingni yop! Ikkinchidan shu axvolga solganimga shukur qil, oʻldirganimda nima qilarding?

Ed: SENI HAM OʼLDIRAMAN

Jk: men oyingni ogohlantirgandim. Junghyungni xafa qilmaysan degandim. Xafa qilsang oqibati yaxshi boʻlmaydi degandim ammo oying toʻy oʻtganiga 2 kun ham boʻlmasdan Junghyungni qamchi bilan kaltakladi. Bilasanmi men uni 19 yil asradim?! Dunyodagi jamiyki yomonliklarga oʻzimni qurbon qilish orqali uni asradim. Egizagimga nimadir boʻlmasin deb oʻzimni oʻqqa-choʻqqa urdim. Oyimni vasiyatiga quloq solib uni xafa qilmadim va xafa qildirmadim. Ammo onang mening egizagimni qamchi bilan kaltakladi. Yana oying aytibdiki Junghyung uni oyogʻini oʻpishi kerak ekan. Men Junghyungni urgan qoʻllarni chopib oldim, oʻpishing kerak degan oyogʻini ham chopdim. Men tirik ekanman sen ham boshqasi ham Junghyungni xafa qilolmaydi. Men yoʻl qoʻymayman. Endi esa Junghyung bilan ajrashasan. Sen bilan yashamaydi.

Edvan bu gapni eshitib lol qoldi. U onasini bunday qiladi deb oʻylamagandi. Ammo Jungkookni ishidan jahli chiqardi. Jungkookning soʻngi soʻzi Edvanni yuragida qoʻrquvni uygʻotdi

Ed: ni...nima deding? Ajrashaman? Hech qachon!

Jk: men aslo Junghyungni senga bermayman. Koreyani titib tashlasang ham uni topolmaysan. Oying bu ishni bir marta qildimi yana qiladi. Toʻgʻri qoʻl-oyogʻi yoʻqdir. Lekin kimgadir buyura oladi. Sen ham men ham oying kuchli ayol ekanligini bilamiz. Ammo oying Koreyalik milliarder Jeon Jungkookka bas kelolmaydi, sen ham bas kelolmaysan. Men nima desam shu boʻladi

Ed: Junghyung meniki! U mening xotinim. U seni emas meni tanlaydi

Edvan oʻziga ishonch bilan gapirdi. Ammo Jungkook bunga javoban miyigʻida kuldi. Chunki Jungkook bilardi Junghyungni koʻngli nimadandir qolsa hech qachon oʻsha narsani yoki oʻsha kishini yoqtirmaydi.

Jk: kel unda soʻraymiz. Men unga qoʻngʻiroq qilaman. Sen esa jim eshitasan

Jungkook shunday deb Junghyungga qoʻnliroq qildi.

Jh: salom Kookie

Jk: salom ukajon. Ancha yaxshimisan? Hech qayeribg ogʻrimayaptimi?

Jh: biroz ogʻriyapti

Jk: Junghyung sen Edvanni oldiga qaytasanmi?

Jh: nega qaytay? Borganimdan keyin onasi qolib oʻzi urushi uchunmi? Kookie sen toʻgʻri aytgan ekansan. Turmush qurmasam boʻlarkan

Jk: ha yaxshi. Ajrashish uchun hujjat tayyorlashlarini buyuraman hoʻp?!

Jh: hoʻp

Jungkook qoʻngʻiroqni yakunladi. Bularni barini Edvan eshitib turardi. Koʻzlariga yosh toʻldi. Umrida birinchi marta sevgani, jondan aziz xotini unga ishonmaydimi? Uni endi sevmaydimi? Uni tashlab ketadimi? Oʼzgasiniki boʻladimi? Edvanni shu narsa qoʻrqitardi

Jk: ana uni javobini eshitding. Mendan xafa boʻlma, Edvan. Men shunchaki Junghyungni xafa boʻlishini istamayman xolos. Boshqa narsalar menga qiziq emas

Edvan indamay ketdi. Koʻzlari toʻla yosh, yuragida qoʻrquv bilan uyga bordi. Onasi aravachada uni kutardi. Aran oʻgʻlini bu axvolini koʻrib xavotirlandi

Ar: oʻgʻlim nima boʻldi? Jungkookka nima qilding? Nega bu axvoldasan?

Ed: oyi...Junghyung meni tashlab ketarkan

Edvan shu gapni aytiboq hoʻngrab yigʻlab yubordi. Aran oʻgʻlini birinchi marta shu axvolda koʻrib nima qilishni bilmay qoldi

Ar; oʻgʻlim nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan?

Ed: Oyiiiii Junghyung....men bilan ajrasharkan... Jungkook uni senga bermayman dedi...Oyiiii bir narsa qiling ayting Junghyung unday qilmasin. Men qanday chidayman? Oyiii iltimos

Aran oʻgʻlini shuncha yil davomida birinchi marta shu axvolda koʻrdi. Chunki Edvan hohlaganiga erishgan, hohlagani boʻlgan, oʻta erkatoy, injiq va qaysar edi. Oilasi unga hohlaganini qilib berardi. Ammo bu safar u hech narsa qilolmaydi. Axir kimni ham Jeon Jungkookka kuchi yetardi. Hattoki eri undan qoʻrqsa Aran kim boʻlibdi. Aran Jungkookni oldiga ichida ming qoʻrquv bilan bordi. Chunki Jungkook uni koʻrsa yana nimadir qilishi mumkin edi. Ammo yolgʻiz oʻgʻli uchun bunga majbur. Aran umrida birinchi marta gʻururini chetga surib bir ish qilmoqchi.

Ar: Janob Jeon

Jungkook uni koʻrib hayron qoldi. Aranni bundan hursand boʻladi dej oʻylagandi yoki umuman kelmaydi. Edvanni boshqasiga uylantiradi deb oʻylagandi. Ammo bunday boʻlib turibdi

Jk: xush kelibsiz Mrs. Johnson. Nima xizmat?

Ar: meni kechiring. Hammasiga oʻzim aybdorman. Iltimos Edvandan Junghyungni olib qoʻymang. Edvan bunga chidolmaydi

Jk: sen egizagimni urganingda men ham chidadim. Junghyung nimani istasa shu boʻladi. Siz kechirimni undan soʻrang. U nima desa men ham rozi boʻlaman

Aranni yordachilar olib ketdi va Jungkookning uyiga bordi. Jungkookning avvalgi uyida Junghyung bor edi. Junghyung Aranni koʻrib qoʻrqib ketdi. Chunki qoʻl va oyoqlari bor edi. Ammo hozir yoʻq

Jh: siz..sizga nima boʻldi? Qoʻl-oyoqlaringiz qani?

Ar: Jungkook qoʻl-oyoqlarimni chopib olib timsohiga berdi.

Jh: oʻzingiz aybdorsiz

Ar: ha aybdorman. Junghyung meni kechir men oshirib yubordim. Ammo oʻgʻlim bilan ajrashma. Edvan buni koʻtarolmaydi! Iltimos meni aybimni deb oʻgʻlimni qiynama! Mayli men ketaman. Amerikaga ketaman va qaytmayman. Lekin Edvanga bu ishni qilma. Bunga bardoshi yetmaydi. Bilaman jahling chiqgan, meni kechir. Men ham yoshligimda Edvan kabi edim. Otamno soyasida hohlaganimni qilganman. Ammo hozir esa oʻgʻlimni soyasida qildim. Faqat ajrashma!

Aran shunday deb ketdi. Junghyung oʻylanib qoldi. Nima qilsin? Aran hech qachon gapida turmaydi. Aranga ishonib boʻlmaydi. Jungkook qilgan ishi uchun Edvan alamini olsachi? Jungkook yana haq boʻlib chiqsachi? Yana aldansachi? Yana ishonsachi?