May 10

Billionaire is a psycho

11-qism

Jungkookning yana bir oshigʻi bu voqealarni ertalabdan beri kuzatardi. Ha u Koreys emas. Ammo oilasi oʻta ketgan boy biroq uni rad etishgan. Jungkook bundan 4 oy oldin Liorni rad etgan

Lior Kavell - 18 yoshli milliardek yigit. Kavellar oilasining yagona merosxoʻri. Jungkookning telba oshigʻi. Lior Jungkookni ilk koʻrgan kunidan boshlab sevadi. Lior bu haqida Jungkookka aytgan ammo Jungkook uni rad qilgan. Ammo Lior ham Taehyungdan qolishmaydigan telba

L: bu kim? Nima? Mening Jungkookim unga turmush qurish uchub rozilik beryaptimi? Yoʻq mening Jungkookim unday qilmaydi! U meni sevadi. U mendan biroz xafa...bu bu shunchaki tomosha...ha ha tomosha. Jungkookim men uni kuzatayotganimni bilib atayin shundya qilyapti... Mayli bu shunchaki tomoshaku. U unday qilmaydi

Lior shunday deb jinnidek kula boshladi. Lior haqiqatdan Jungkookni telbamano sevgan ammo rad etilgan bir oshiq edi. Liorni bunga ishongisi kelmasdi. Jungkookni esa xafa deb oʻylardi. Axir Lior rostan ham telba ammo u kasalxonaga tushmagan

Taehyung juda ham baxtli edi. Oradan kunlar oʻtdi. Bugun ularni toʻyi. Ammo bu toʻyga ming alam, ming azob, ming armon, ming sogʻinch, ming gʻazab bilan Lior Kavell keldi. Lior shunchalar telba ediki bularni hammasini oʻyin deb oʻylab oʻzini tinchlantirardi.

Toʻy ham tugadi. Ularning ilk kechasi ham oʻtdi. Ammo Lior haligacha oʻziga kelmasdi. Otasi Jungkookni unutishi kerakligini, u endi oʻzgasinikiligini va hayolidan Jungkookni chiqarib tashlashi kerakligini aytardi. Lekin Lior buni istamasdi. Ammo bir kun u otadiga yigʻlab dardin8 doston qildi

L: dadajon nega? Nega Jungkook unday qildi? Meni nimam kam edi undan dada? Biror nuqsonim bormidi? Boy boʻlsam, chiroyli boʻlsam, uni sevsam, xafa qilmasam, nima desa hoʻp desam. Meni gunohim nima edi dada? Yoki men koreys boʻlmaganim uchunmi?

Janob Kavell oʻgʻlini bu xoliga bazoʻr chidardi. Ha toʻgʻri yolgʻizgina oʻgʻli ilk marta sevdi, kimgadir kulib boqdi, kimgadir ishondi, kimgadir qiziqdi. Ammo nima boʻldi? Liorni shinchaki rad etishdi, oʻzgasini tanlashdi

J.k: oʻgʻlim Lior yigʻlama! Jungkook bilardi sen undan ham yaxshisiga loyiqligingni bilardi va shuning uchun senga yoʻq degan. Qara oshiqlaring koʻp kimgadir sovchi boʻlib borsak yoʻq demaydi. Sen uni unut! U endi senga qaytmaydi. Uni endi eri bor. Eri oʻta xavfli odam. Ruhiy kasallar shifoxonasida 4 yil davolangan ammo samarasi boʻlmagan. Uning yagona davosi Jungkook. Jungkook boʻlmasa oldingidan ham battar boʻlib qolarkan

L: mening ham davoyim Jungkook, dada. Iltimos yolvoraman menga Jungkookni olib bering. Nima desangiz ham qilaman. Chizgan chizigʻingizdan chiqmayman. Hech qachon yoʻq demayman. Kompaniyani ham rivojlantiraman. Eng katta kompaniya bizniki boʻladi. Faqat menga Jungkookni olib bering

Lior tinmay yigʻlab otasidan Jungkookni olib berishni soʻrardi. Ammo Jungkook buyum boʻlsaki sotib olib bersa. Ammo u endi eri bor. Ammo Janob Kavell Janob Kim bilan yaqinroq tanishlar. Dante Kavell Kim Minho bilan uchrashishga qaror qildi

Dante Minhoni officega bordi. Bu payt Taehyung, Minho va Soyun birgalikda ishni muhokama qilishardi. Ammo Kim Minho Dante Kavellni koʻrib qoldi va kulishin salomlashishdi

M: xush kelibsan Dante. Koʻrishmaganizmiga ham ancha boʻlibdi

Dn: ha ancha boʻlibdi. Muhum ish yuzasidan keldim

M: qani oʻtir. Ha tanish mening farzandlarim Taehyung va Soyun

Ular oʻtirishdi. Dante gapni boshladi

D: bilasan yolgʻizgina oʻgʻlim bor. U bir yigitni sdvib qolibdi

M: ha ajoyib ammo muammo nimada?

Dn: muammo oʻsha yigit seni kelinign Jungkook

Jungkook ismi yangrashi bilan Taehyung birdan oʻzgardi

Tae: siz nimalar deyapsiz? Men xotinimni bermayman

Dn: Taehyung men ham Jungkookni olish niyatida kelmadim

Dantening bu gapi hammani lol qoldirdi. Chunki bu gapdan keyin Minho, Soyun va Taehyung Jungkookni olib qoʻyadi deb oʻylagandi

Sy: siz nimani istaysiz?

Dn: men bir yigitni topaman. U sizlar bilan yashab Jungkookning xarakteri, ovozi, qiliqlari, yurish-turushi xullas hammasini oʻrganadi. Uni Jungkookdan farqi qolaydigan darajaga kelganida men uni olib ketaman. Lior meni yolgʻiz oʻgʻlim ammo men bir oilani buzmoqchi emasman va shu yoʻlni toʻgʻri deb bildim. Men topgan yigit Jungkookning ikkinchi nusxasi boʻladi. Lior uni haqiqiy Jungkookdan ajrata olmaydi

Tae: toʻgʻrisini aytsam Jungkookimni olib qoʻymoqchisiz deb oʻylabman

Dn: men unday pastkash inson emasman, Taehyung. Lior ham sendan kam boʻlmagan telba. Ammo hali davolanmadi. Soxta Jungkook yordamida uni ham davolayman

Mh: xuddi menga oʻxshab.

Sy: nima sizga oʻxshab dada?

Mh: men ham akangni davolash uchun Jungkookdan foydalanganman. Qara akang ancha tuzalyapti. Jungkook boʻlmasa oldingidan battar. Shuning uchun Jungkookni asrayapman

Dn: qoyil Jungkook koʻplar uchun davo ekan

Tae: ha chunki u meni xotinim

Shunday qilib Dante Kavell ketdi. Taehyung, Soyun va Janob Kim ham bu voqeaga indashmadi. Taehyung uchun eng muhumi Jungkook uni yonida. Yer portlab ketsa ham pinagini buzmaydi asosiysi Jungkook uning yonida soppa-sogʻ tursa bas edi