July 28

Stay with me

9-qism

IU ishga kirishishga qaror qildi. Taehyungni kuzata boshladi. Taehyungning rejimi bir xil edi. Ishdan uyga uydan ishga, bazan Jungkook bilan qayergadir borishardi. Taehyung undan ortiq hech qayerga bormasdi. IU Taehyungga yordamchi boʻlib ishga kirdi. Taehyung IUdek goʻzal qizni koʻrib mayin kuldi

Tae: Demak ismingiz IU

IU; ha janob Kim! Men IUman

Tae: yaxshi ishga qabul qilindingiz. Ishni boshlashingiz mumkin

IU boshini egib mayin tabassun qilgancha xonadan poshnasini ovozini eshittirib chiqib ketdi. Bu YSL oyoq kiyimi albatta ovoz chiqaradi. Bu kabi oyoq kiyimni faqat boy qizlar kiyadi ammo buni Taehyung bilmaydi. Bu kabi narsalarni farqiga bormaydi. Ammo boshqa qizlar va yigitlar buni darrov sezishdi

Taepov: chiroyli qiz ekan ammo mening hayotimda Jungkook bor. Jungkook boʻlmaganida shu qiz meniki boʻlardi

Taehyung shunday degancha oʻylab oʻz xonasida qoldi. Ammo yana ishga kirishdi. Biroq Taehyung bir narsani unutib qoʻydi. Uni Vitsaprizident qilgan Jungkook! Qirollardek hayotni bergan Jungkook! Koʻzlarini davolatgan Jungkook! Lekin Taehyungning bu qilgan ishi tuzini yep tuzligʻiga tupirish boʻlmaydimi? Unga nisbatan xiyonat boʻlmaydimi?

Oradan kunlar oʻta boshladi. Taehyungning yuragi Jungkookni ossonlikcha chiqarib tashlab Jungkookninh oʻrniga IU ni ossonlik bilan kiritdi. Taehyung haqiqatdan ham IUni sevib qoldi va Jungkookni istamay qoʻydi. Jungkookka bilintirmagan holatda IU bilan uchrasha boshladi

Taehyung Jungkookni alday oldi ammo u Minhoni alday olmaydi. Aslini olganda uydagi hamma Jungkookka sodiq. Minhodan tortib eng oddiy bogʻbongacha. Chunki hamma Jungkookni hurmat qiladi va sodiq qoladi. Qoʻrqganidan emas balki Jungkook ularga avvalgi hayotidan yaxshiroq hayot bergani uchun! Jungkook bitta Taehyungga emas uyidagi hammaga yaxshi hayotni bergan. Lekin Taehyung boshqa hayotni tanladi

X: Janob Minho. Taehyung Vazir Hwanni qizi bilan uchrashyapti. Bu Janob Jeonga xiyonat! Buni unga aytaylik

Mh: yoʻq! Jungkook buni koʻtara olmaydi. Asta-sekinlik bilan tushuntirib boramiz. Jungkook Taehyungni sevadi...bu qilgan ishi Jungkookning yuragi uchun zarar

Jungkook ham Taehyungga nima boʻlganini sezgandi. Ammo oʻzini bu ishdan deb ovutardi. Taehyung ishda asabiylashgan deb oʻylardi. Lekin yuragi hech shu gapga ishonmasdi. Bu yerga boshqa gap bor deb hayqirardi. Lekin aqli! Aqli esa sen unga koʻp yaxshilik qilding u bunday qilolmaydi derdi

IU ning rejasi asta-sekinlik bilan amalga oshardi. Taehyung uni sevib qolishga ulgurdi. IU pul desa pul beradi, mashina desa mashina olib beradi, kiyim desa shahardagu eng qimmat kiyim doʻkoniga olib boradi, qornim och desa restaranlarga boradi. Buni hamma Jungkookdan sir tutadi. Bilishadi! Jungkook Taehyungga ishonadi. Lekin buni Minho aytsa Jungkook albatta Minhoga ishonadi. Chunki Minho yolgʻon gapirmaydi

Hyunjin ham Jungkookka yaqin boʻlish uchun harakat qilar ammo befoyda edi. Qachonki Jungkookla yaqin kelsa Jungkookning koʻzlari hissizlik va ishonchsizlikdan dalolat berardi. Hyunjin bilardi! Jungkookning koʻzlaridan kibr uchquni chaqnar va tillari zahar kabi insonga tasir etardi. Kibr toʻla nigohlari va tilidan kinoyali zahar soʻzlar uchadi

Minho esa bir narsani tushunib yetdi. U aslida boshidan beri Jungkookni qattiq sevgan. Ammo aytishga jurati yetamagan. Nega? Chunki Jungkook uni oʻzidan uzoqlashtirishini oʻylab qoʻrqib aytmagan. Minho sevgisiga sodiq qoldi. Unga yolgʻon gapirmadi, unga zararga ishlaydigan ishlarni qilmadi, unga xiyonat qilmadi, unga suykalmadi. Xullas Jungkookka yoqmaydigan ishni qilmadi. Shu sababli ham Jungkook Minho nima istasa yoʻq demay qiladi. Mihno qandayligini biladi

Bugun ham tongda Taehyung va Jungkook nonushta qilishardi. Taehyung oldingidek emas nimadirlarnidir hayol surardi. U aslida nimadirni emas IU ni oʻylardi. IU ning kulgulari hayolidan ketmasdi

Jk: Tete bugun aylanishga boraylik. Anchadan beri bormadik

Tae:......

Jk: Tete!

Tae:......

Jk: TAEHYUNG!

Taehyung hayolot olamidan chiqib Jungkookka qaradi. Jungkook gʻazablani aniq edi. Negadir Taehyungning koʻziga Jungkook oldingidek chiroyli boʻlib koʻrinmay qoldi. Taehyung uchun eng chiroylisi IU edi

Tae: nima?

Jk: aylanishga boraylik dedim!

Tae: ish koʻpku Jungkook. Yaqinda katta shartnomani imzolagansan. Shuni tugataylik. Axir unga 100.000.000 won tikkansan

Jk: pulni ahamiyati yoʻq! Boramiz dedim

Jungkook shunday deya turib ketdi. Taehyungning rejasu aslida boshqa edi. Taehyung singlisinu baxona qilib IUni oldiga bormoqchi edi. Taehyung allaqachon singlisini Misuni koʻrgan va chiroyiga tan bergan. Lekin Jungkookka pul uchun sotganiga biroz xafa boʻlgan. Ammo Misu tufayli u Vitsaprizident boʻldi

Taepov: Jungkookni deb malikamni oldiga borolmayman. Shu injiqqa yana qancha chidayman?

Taehyung Jungkookni yoqtirmay qoldi. Fikr-u hayoli IUda va faqat u bila muxtasham toʻyini, baxtli kunini kutib yashardi. Ammo unga shu boyliklarni, davlatni, kuch-qudratni, koʻrish imkoniyatini Jungkook bermadimi? Hammasiga Jungkook sababchi emasmi? Qani Taehyungning faqat Jungkookni sevgan yuragi, undan boshqasini oʻylamayidgan xayoli? Tilidan faqat Jungkook ismi sevgi bilan chiqardi! Ammo endichi? Taehyung shunchalikka qanday bora oldi? Jungkookning gunohi nima edi?

Xullas Jungkook va Taehyung oʻrmonga borishdi. Mashinani Taehyung xaydab ketardi. Orqa oʻrindiqda Jungkook yonboshlab ketardi. Telefoniga xabar keldi va qaradi. SMS ni oʻqir ekan bu kunidan oʻlgani yaxshiroqdek tuyulardi. Unga Minho Sms joʻnatgan ekan

Xabar: Salom Janob jeon. Buni sizga ancha oldin aytmoqchi edim ammo boʻlmadi. Janob Kim sizga xiyonat qilyapti. Vazir Hwanning qizi IU bilan. IU Janob Kimga yordamchi boʻlib ishga kirgan. Janob Kim bazan baxona qilib IUni oldiga boradi. Meni kechiring buni sizga vaqtida aytmadim. Men sizni xafa boʻlishingizni istamadim

Jungkookning yuragiga xuddiki kimdir bomba tashlagandek boʻldi. Qaysi gunohi uchun? Qaysi qilgan ishi uchun? Nima uchun? Nega? Jungkook xiyonatga uchraydigan darajada yomon ish qilmadiku. Bu uning qaysi aybi uchun? Nima Jungkook Taehyungni sevmadimi? Taehyung uchun borini bermadimi?

Jungkook hech narsani oʻylay olmasdi. Xayoliga gap kelmasdi. Ikki koʻzi rasmlarda edi