Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim
Yangi bir tong. Bu kun nimalar boʻlishinu hech kim bilmaydi. Balki hammasi oʻzgarar? Balki hamma narsa oshkor boʻlar? Balki hamma oʻzgarar? Balki oldin jonini berib sevuvchilar ham nafrati oshar? Balki hammasi tamom boʻlar? Buni vaqt koʻrsatadi
Jungkook shiringina boʻlib uxlab yotardi. Yonida esa Taehyung unga mahliyo boʻlib tikilardi. Taehyungning eng sevimli ishlaridan biri bu - erta tongda guldan goʻzal xotiniga termulish edi
Ularning toʻylariga 3 oy boʻldi. Taehyung juda baxtli. Jungkook bu yurtda atriaksionlarni oʻrnatdi va bolalalar uchun mutlaqo tekin va istaganicha uchishlari mumkinligini aytdi. Hamma Liderxonimning buyrugʻiga asosan ish boʻlardi. Bolalar juda baxtli. Jungkook hatto uy bekalari uchun maxsus vositalar olib kelib berdi. Bu mamlakatdagi barcha ayollar Liderxonimni duo qilishardi. Ularha yengillik bergan Liderxonimdan juda minnatdor edi
Jungkook sekin koʻzini ochdi. Qarasa har tongi ish. U suymagan eri unga sevgi koʻzi bilan termulib yotardi.
Tae: ha Liderxonimim. Yaxshi yotib turdingmi? Nimadir istaysanmi?
Taehyung shunday deb suyukli xotinini quchoqladi,orqasiga tarsaki tushurdi va dumbasini gʻijimladi. Jungkook buni yomon koʻrardi. Taehyung esa bazan buni esidan chiqarib tarsakilar va gʻijimlab ushlab olardi
Tae: hov jonim? Koʻngling nima istaydi? Menga ayt
Jk: koʻnglim meni orqamdan qoʻlingni olishingni istaydi😑
Tae: jonim axir ushlamaganimga ham 3 kun boʻldi🥺
Tae: jonim axir sening ruhsatingiz umuman nojoʻya harakat qilmayman, majburlamaymanku😟 shuni ham menha koʻp koʻrasan😔
Jungkook bilardi. Taehyung bilan orasini juda ham uzib qoʻydi. Unga hamma narsani deyarli taqiqlab qoʻydi. Jungkook Taehyungni yuzini ushlab oʻziga qaratdi. Taehyung esa yerga qaragan, xotinini koʻziga tik qaramaydi. Jungkook bazan oʻylab qoladi: Unga mehr kerak ammo men uni cheklab qoʻyaman. Lekin nima qilay? Menga Sugamdan oʻzgasi kerak emas
Jk: bilasanmi men bazan bu narsaga koʻnikolmayman. Men tezda koʻnikadigan odam turidan emasligimni bilasanku. Menga vaqt kerak. Umrim faqat mashq va urush bilan oʻtgan. Kimdir menga bunday qilmagan. Sen ham meni toʻgʻri tushun. Men Bogum emasman Taehyung!
Tae: bilaman. Men senga hech qachon Bogum boʻl demaymanku. Seni oʻzing menga yoqasan. Sen hech kimga oʻxshashing shartmas, sen oʻzing boʻl. Seni qanchalik sevishimni bilasan
Jk: Lekin sen ham bilasan. Qalbim oʻzgasiga tegishli🥺
Tae: nega koʻnglingda menga joy yoʻq? Aqalli ozroq boʻlsa ham😊💔
Jk: mening qalbim faqat bittasini sevadi
Tae: unu kimligini esa menga aytmaysan, shundaymi? 😐💔
Jk: Chunki uni oʻldirasan. Men usiz yasholmayman, xuddi sen mensiz yasholmasliging kabi💔
Tae: mayli bu mavzuni yopamiz jonim
Ikkisi ham oʻrnidan turishdi. Taehyung yuvinib chiqib ishga ketdi. Jungkook esa uyda qoldi. Kim xonim Jungkookning oldiga keldi va oʻtirdi
K.x: senga bir narsani aytishim kerak. Bilasan Taehyung seni juda sevadi. U boshqalar uchun yomon odam edi. Yoshligida unga etibor yaqmasdi. Kimdir uni quchoqlashi, yonida birga yotishi, uni xonasiga kirishi va narsalariga tegish, unga qarshi chiqishi, unga boʻysunmasliklari, uni hammani oldida yerga urushi. Bularni hech biri unga yoqmasdi. Ammo sen uni hayotisa paydo boʻlgach u juda oʻzgardi. Yonida sen boʻlmasang uxlolmaydi. Seni quchoqlamasa tinchimaydi. Sen etibor bermasang yosh boladek xafa boʻladi. U bilan birga bir xonada qolmasang hammaga jahl qiladi. Sen unga qarshi chiqib hammani oldida yerga ursang ham indamaydi. Bilaman sen unga boʻysunmaysan ammo sendan oʻzgasini aslo tanlamaydi. Bilmadim nega? Lekin bilganim Taehyung sensiz jinni boʻladi. Sen uni hayoti mazmuniga aylanib boʻlding. Uni unchalik kuchli boʻlmagan kasali bor
Jk: qanaqa kasal? Nega men bilmayman?
K.x: u shizofreniya kasaliga durchor boʻlgan. Ammo undagisi unchalik kuchli emas, davolab oʻzgartirsa boʻladi
Jk: siz nimalar deyapsiz? Shizofreniya kasalligi sizga oddiymi? Esingizni yep qoʻyibsiz. Bu xavfli kasallik. Eng oddiy deyayotganingiz ham juda xavfli
K.x: yaxshi gapirsang tuzaladi. Psixologga borgisi kelmaydi. Sababini soʻrasam Agar psixologga borganimni Jungkook bilsa men bilan yashamaydi. Yoki meni kasal deb oʻylaydi yoki ojiz deydi. Shu sababli ham bormaydi. Seni qoʻlingdan keladi Jungkook. Taehyung seni aytganingni qiladi. Iltimos uni psixologga olib bor
Jungkook Taehyungni sevmasa-da xotinlik vazifasini qilishga majbur edi. Axir bu uning vazifasi. Jungkook tezda oʻrnidan turdida, Taehyungni oldiga yoʻl oldi. Biroq yolgʻiz oʻzi bora olmadi. Ortidan 4 mashinada qoʻriqchilar bilan bordi
X: Liderim Liderxonim keldilar
Taehyung gapimi ohirigacha yetkazmay Jungkookning oʻzi asabiy holatda kirib keldi. Taehyung esa hayron, axir xotinini bunday holatda anchadan buyon koʻrmagandi
Xodim ham indamay chiqib ketdi. Taehyungni hayolidan nima boʻldi ekan degan savol soniyasiga oʻtyapti. U sekin oʻrnidan turdi va Jungkookka yaqin keldi
Tae: Jonim tinchlikmi? Nima boʻldi senga? Kim seni jahlingni chiqardi?
Jk: sen! Sen nega kasalligingni menga aytmading? Nimaga yashirding? GAPIR
Taehyungni yuragi tovoniga tushdi. Axir u buni qancha vaqtdan beri yashirgandi. Buni Jungkook bilishini istamagandi. Taehyung sekin Jungkookni qoʻlini ushladi va
Tae: Jonim meni kechir...men shunchaki seni xavotirga qoʻyishni istamagandim😊 boshqa unaqa qilmayman kechiraqol
Jungkook tezda qoʻlini oldi va bir tarsaki tushurdi. Bu Taehyungni birinchi tarsakisi emas, balki ohirgisidir
Jk: MENGA AYTISHING KERAK EDI. AYTMASANG HAM DAVOLANISHING KERAK EDI. BUNDAY YURUSHING SENGA FOYDA OLIB KELMAYDI, AHMOQ! MENI OʼYLAGUNCHA OʼZINGNI OʼYLA. PSIXOLOGGA BORSANG KIMDIR SENI OʼLDIRARMIDI? BORSANG JUNGKOOK SENI TASHLAB KETADI DEDIMI? AAA GAPIR! SHUNDAY DEYISHDIMI? HAR DOIM HAM SEVGANINGNI OʼYLASH FOYDA BERMAYDI TAEHYUNG. SENGA NIMADIR BOʼLIB LIDERLIKDAN AJRALSANG MENGA NIMA BOʼLISHINI BILASANMI? MEN XOR BOʼLMAYMAN. YANA LIDERXONIM BOʼLAMAN. AMMO SENIKI EMAS. SENDAN KEYINGISINIKI BOʼLAMAN...
Jungkookni gapi ohirigacha yetib bormadi. Taehyung jagʻidan ushlab oʻziga yaqinlashtirdi. Koʻzi-yu yuzidagi gʻazab malum edi