April 25

Billionaire is a psycho

10-qism

Ular kasalxonaga kelishdi. Kasalxona ancha oʻzgargan edi. Jungkook hech narsaga etibor bernay otasini xonasi tomon ketdi, ichkariga kirsa onasi ham bor edi. Onasi juda ham chiroyli kiyingandi, brend kiyimlar, sumkalar, pardoz va qimmat soch turmak. Ammo Jungkook etibor bergan narsa onasi chiroyli boʻlib ketgandi

Jkni onasi

Jk: oyijon

Jungkook shunday deb onasini quchoqladi. Onasi ham oʻgʻlini sogʻingani uchun quchoqladi va oʻsha mayin sochlaridan siladi. Ha toʻgʻri u yolgʻiz oʻgʻlini deyarli sotgandek boʻldi ammo oʻgʻli yaxshi, eri asta davolanyapti va uni sevadigan boʻlajak eri bor. Ammo Jeon xonim Taehyungni psixligini hali bilmas edi

J.x; oʻgʻlim seni sogʻinib ketdim

Jk: men ham sizni sogʻindim oyijon

Buni eshik oldida kuzatayotgan Taehyung gʻalati boʻlib ketdi. Uni psix, manyak va jinni dermiz ammo uni ham bir paytlar u uchun jonini beradigan onasi boʻlgan.

Taepov: sizni bir bora quchish uchun hamma narsa qilardim oyijon. Sizni juda ham sogʻindim. Qani edi yonimda boʻlsangiz

Jungkook Taehyungni koʻrib qoldi. Qarasa Taehyungni yuz ifodasi gʻalati edi, xuddiki koʻngli vayron boʻlgan odamnikiga oʻxshardi

Jk: Tete keling

Taehyung oʻzini oʻnglab keldi va Jeon xonim bilan salomlashdi.

J.x: Jungkook bolajonim dadang bilan hovlida sayr qilib tur. Men kuyovim bilan gaplashib olaman

Jungkook otasini aravachaga mindirib tashqariga chiqib ketdi. Taehyung yana oʻsha jiddiy qiyofadiga qaytdi

Tae: Bu yerda nima qilyapsiz?

J.x: erimni oldiga keldim. Buning uchun sizga rahmat. Erim asta-sekin tuzalyapti

Tae: siz rahmatni menga emas Jungkookka ayting. U boʻlmasa hali hamon yurar edingiz siqilib, ustingizdagi kiyimlarni kiyishni orzu qilib, yashashni istagan uyingizni internetdan koʻrib. Yoki notoʻgʻrimi?

J.x: toʻgʻri Janob Kim ammo oʻgʻlimni xafa qilmang. U bir kishidan xafa boʻlsa kechirishi qiyin va shu bilan birga xafa boʻlishi ham qiyin

Tae: siz ham. Agar xotinimni xafa qilmasangiz sizga xohlaganingizni beraman. Agar uni menga sotganingizni bilsa nima boʻlarkin?!

J.x: oʻgʻlim mendan xafa boʻladi, ammo men uni onasiman. Yemay yedirdim, kiymay kiydirdim...

Tae: aldamang! Bilasizmi Islom dinida bir gapni koʻp aytishadi. Peshonangga hammasi yozilgan, nima yeyishing, nima ichishing, nimani kiyishing. Hammasi oldindan taqdiringga yozilgan. Bu gaplaringizni qoʻying. Yana ularda aytishadiki hamma oʻz taqdiriga rozi boʻlib tugʻuladi. Siz ham, men ham, bu dunyodagi jamiyki tirik insoniyatning barchasi hozirgi taqdiriga rozi boʻlib tugʻulishgan. Siz esa yemay yedirdim, kiymay kiydirdim demang

J.x: biz Musulmon emasmiz

Tae: bizni xudoyimiz boshqa deymiz ammo Alloh bitta. Bilasizmi meni bir doctorim boʻlardi. U musulmon edi va menga shularni aytgan. Biz boshqa bir paygʻambar yoki shunga oʻxshaganga sigʻinamiz ammo Alloh bizni yaratgan, taqdirimizni tugʻulishimizdan oldin koʻrsatgan, oʻsha taqdirizmizni oʻzi yozgan. Biz esa hammasiga rozi boʻlganmiz. Lekin ayrimlar men bu hayotga loyiq emasdim deydi, vaholanki bariga rozi boʻlganmiz

Taehyung shunday deb chiqib ketdi. Jeon xonim turgan joyida qotib qoldi. Taehyung tashqariga chiqsa Jungkook kulib otasi bilan oʻynar edi. Otasi ham asta uni eslab boshlagandi. Ular yana 1 soat oʻtirib keyin ketishdi

Ular ajoyib bir joyga kelishdi. Taehyung Jungkook uchun marry me tayyorlagan edi

Jk: wow buncha chiroyli

Tae: ammo sen hammasidan chiroylisan

Taehyung choʻntagidan katta olmos koʻzli uzuk chiqardi va tiz choʻkib

Tiz choʻkkan

Tae: Hayotim mazmuni hayotingni men bilan bogʻlashga, eng yaxshi kunimda ham eng ogʻir kunimda ham, hamma meni tashlab ketsa ham sen meni yonimda qolasanmi? Mening jondan ortiq sevgan xotinim boʻlasanmi? Mening suyukligim boʻlasanmi?

Jungkook baxtdan koʻzidan tomchi yosh oqdi. Axir Jungkook buni umuman oʻylamagandi. Ammo buni Jungkookning yana bir oshigʻi ertalabdan buyon kuzatardi.....

Taehyung Jkga sovgʻa qilgan uzuk

Me: puling koʻp ekan mengayam obeb bitta