February 16

Toxic love

1-qism

Hamma oʻz ishlari bilan band edi. Shu jumladan qirol ham. U qirollik ishlarini qilar ekan biroz charchadi va xonasiga bordi. Ammo toʻsatdan xizmatkorlarni gapini eshitib joyida qoldi

X1: hoy eshitdingmi?

X2: Nimani?

X1: Jeon Jungkookga qoʻshni qirollikdan turmush qurish taklifi berilibdi ammo u yana rad qilibdi

X2: shu Jungkook nega hammani rad qilarkin?

X1: hoy tentak u hattoki qirolimizdan ham chiroyli

X2: bu Jungkook deganlari oʻzi bir oddiy odam boʻlsa, qirollikdan taklif tushsayu u rad qilsa. Nima u jinnimi? Men boʻlganimda allaqachon rozi boʻlgan boʻlardim

X1: uni ovozi juda ham chiroyli. Dunyoda unikidek ovoz yoʻq. Oshiqlari son-sanoqsiz. Balki sevgani bordur. Lekin bizni qiroligimizdagi hammani rad qildi. Uni kim kelin qilmasdi. Vazirlar, boy insonlar, eng goʻzal yigitlar Jungkook hammani rad qildi

X2: ey bizga nima biz ishimizni qilaylik

Taehyung bu gaplarni eshitib hayron qoldi. U Jungkook haqida bilmoqchi boʻldi. Vazirlariga u haqida malumot topishni buyurdi

Tae: Topdingmi?

V: ha qirolim. Jeon Jungkook. Yoshi 25 da. Chiroyi butun qirollikka yoyilgan. Aqlli, chiroyli, samimiy va biroz qoʻrqoq. Hech kimga yomonligi yoʻq. Ammo negadir hammani rad qiladi. Yetim ham ekan. Qoʻshiq kuylaganda ovozi juda ham ajoyib. Dunyoda bu ovoz bitta

Tae: uni koʻrgim kelib qoldi. Naxot shunchalar chiroyli boʻlsa. Rasmini chizib kelishsin

V: bosh ustiga qirolim

Vazir shunday deb rassomni oldiga ketdi va buyruqni yetkazdi. U ham Jungkookni rasmini chizdi

Vazir bu rasmni Taehyungga berdi

Tae: bu qanday goʻzallik? Aytishganicha bor ekan. Umrimda bunday chiroyli yigitni koʻrmagandim. Mendan ham chiroyli. Otlarni tayyorlang oʻrmonga boramiz

Taehyung shunday deya oʻrmonga yoʻl oldi va albatta yonida 30 ta askari bilan.

Taehyung oʻrmonga kirib borar ekan bir mayin tovush quloliga chalinardi. U otdan tushdi va boshqalarga ham ovoz chiqarmaslikani buyurdi. Taehyung biroz yurgandan keyin qoʻshiq kuylayotgan bir yigitga koʻzi tushdi. Uni qomati ajoyib edi, sochlari qora, boyi tahminan 1.70, oppoq koʻylak kiygan bir tana turardi

Jungkook qoʻshiq kuylar ekan tayoq singan tovushini eshitib choʻchidi va ovoz kelgan tomonga qaradi

Taehyung ehtiyotsizlik qilib choʻpni sindirib qoʻygandi

Jk: bu yerda kim bor? Bu yerga chiqing

Taehyung hamma askari bilan chiqdi va Jungkook bu qirol ekanligini bilib tazim qildi

Tae: sen Jungkookmisan?

Jk: ha menman ( yoʻq enangni eri)

Tae: sen men bilan ketasan

Jk: nega? Siz kimsiz? ( bunda odam miyyasini oʻrniga tovuqniki qoʻyib qoʻyishganmi?)

Tae: men shu yerning qiroliman. Kim Taehyung sen esa men bilan ketasan boʻlmasa yomon boʻladi

Jk: avval tutib oling

Jungkook shunday deya yugurib qochib ketdi. Jungkook juda ham tez yugurardi

Tae: HOY NEGA QAQQAYIB TURIBSANLAR? USHLA UNI!

Taehyung shunday deb baqirdi va askarlari Jungkookni izidan quvishdi. Jungkook tez yugurardi, bu yoqda esa Taehyungni bazi askarlari charchadi. Ammo Jungkook quyondek yugurib ketardi. Taehyungni yonida oti ham yoʻq edi. U ham yugurardi. Bu yugurishda Jungkookdan boshqa hamma charchadi va bir yerga oʻtirib oldi. Taehyung anchadan buyon bunday yugurmagani uchun oyoqlari ogʻrib qoldi. Shunda Jungkook kelib miyigʻida kuldi va

Jk: Charchab qoldingizmi qirolim? Men bilan yugurishda tenglashmang. Balki saroyingizga ketarsiz

Tae: sen...sen qanday.....qilib charchamading?

Jk: koʻproq yugurib turish kerak. Sizni esa bunga vaqtingiz yoʻq. Hullas men ketdim. Agar meni tuta olsangiz siz bilan ketardim lekin siz ham meni tuta olmadingiz

Tae: shoshma!

Jk: labbay?

Tae: senga hohlaganincha pul beraman. Obroʻ va etibor topasan! Men bilan ket. Qirolichalardek yashaysan. Hohlaganingni muhayyo qilaman.

Jk: menga pulni keragi yoʻq. Men shunday ham yaxshi yashayapman. Qornim yoʻq, ustim bud, sogʻlomman. Menga yana nima kerak? Hammasi yetarli. Ortiqchasi shart emas. Mana bu suvni ichib oling. Chanqagan boʻlsangiz kerak

Tae: meni xotinim boʻlsang dunyolar seniki boʻladi. Yaxshilikcha men bilan ket majburlasam ohiri sen uchun yaxshi boʻlmaydi

Jk: siz hali oʻz juftingizni topasiz qirolim. Sizni charchatgan boʻlsam uzur soʻrayman

Jungkook shunday deya yana yugurib ketib qoldi. Taehyung Jungkook ossonlikcha rozi boʻlmasligini tushundi

3 kundan soʻng

Jungkook koʻlda choʻmilayotgan edi. Taehyung buni yaxshilab kuzatar ekan uni tanasiga koʻzi tushdi. Hattoki qizlardagi yoʻq qomat, oppoq teri, ingichka bel. Hattoki tanasida tirnalgan yoki chandiq ham yoʻq edi. Mukammal tana

Bu Jk chomilgan koʻl

.

Bu esa uni oʻzi