April 10

Twins

2-qism

Jungkook va Junghyung uyga qaytishdi. Ular charchashgan edi. Yoongi, Jimin va ularni oʻgʻli Seho alaqachon uxlagan edi

Jk: juda ham charchadim

Jh: men ham

Jk: ertaga ham ishlaysan! Agar uyda qoldirsam seni anavi yirtqich akam gʻajib tashlaydi

Jh: u akamizku. Men uchun yaxshisi boʻlishini istaydi

Jk: u akamiz. Ammo oʻzini, xotini va bolasini oʻylaydi. Ukajon! Meni yaxshilab eshit! Nega akam meni urushmaydi? oʻylab koʻr! Biroz menga oʻxshashga harakat qil. Qoʻpol boʻl! Kuchli boʻl shunda sen birovga oʻlja boʻlaysan, ukajon. Akam oʻz yoʻliga. Yoongi egoist odam

Jh: u akamiz, u haqida unday dema!

Jk: bir kun shu mehribonliging boshinga balo boʻladi. Junghyung! Ortiqcha mehribonlik, soddalik, zaiflik, va qoʻrqoqlik yaxshi emas! Senga yangi uy olmoqchiman, qoʻriqchilar va xizmatkorlar boʻladi. Ertadan oʻsha yerda yashaysan! Bu yerda qolsang bilmayman axvoling nima kechadi

Jh: senchi?

Jk: meni oʻzimni uyim bor oʻsha yerda yashyaman. Akam ham oilali boʻldi. Bazan romantikasiga halaqit beramiz. Yaxshisi ketaylik

Jh: ha toʻgʻri aytasan

Jk: yaxshi qara men bir mechta uy tanladim. Senga qaysi yoqsa shuni olaman

...

...

..

..

Jh: shunisi yoqdi. Sen ham men bilan birga yashaysanmi?

Jk: yoʻq men bu uyni olishni reja qildim. Shunda yashayman. Mendan xavotir olma! Men yaxshi boʻlishga vada beraman

Jh: aniqmi?

Jk: men har doim vadamni bajarganman

Bu Jungkook u faqat ukasiga kuladi

Junghyung uni quchoqladi. Jungkook ham uni quchoqladi. Yoongi, Jungkook va Junghyungni onasi yoshligida saraton kasali oqibatida vafot etgan edi. Jeon xonim biznes lady boʻlgan. U Jungkookka Junghyungni ximoya qilishni vasiyat qilgan. Chunki Jungkook kuchli va qattiqqoʻl, Junghyung esa zaif. Onasini buni bilib Jungkookka shuni vasiyat qilgan. Jungkook shundan keyin egizagini Junghyungni qattiq himoya qila boshlagan. Ammalari, togʻalari, amakilari, xolalari xar doim Junghyungni zaifligi uchun kamsitishgan, ammo Jungkook jon-jaxti bilan egizagini himoya qilgan. Bunda Junghyung aybdor boʻladimi yoki yoʻq u har doim Junghyungni tarafini olgan. Chunki Junghyungni koʻngli nozik, onasidan keyin shunaqa boʻlib qolgan. Hamma uni kamsitaverganidan keyin sal narsaga ham yigʻlaydigan boʻlib qolgan. Jungkook buni bilgan va uni yigʻlatmagan. Jungkook ideal aka, Jungkook birinchi tugʻulgan. Jungkook yeyishga bir burda noni qolsa ham ukasiga beradi

Jkpov: oyijon havotir olmang! Bu hayotdagi soʻngi kunimda ham ukamni himoya qilaman. Men bor ekanman hech kim uni mana shu koʻzidan yosh oqqiza olmaydi. Men bu koʻzlarga qarasam sizni koʻraman, koʻzlaringiz uning koʻzlariga juda oʻxshaydi. Men esa oʻsha koʻzlardan yosh oqqizmayman. Men bu dunyodagi jamiyki yomon narsadan Junghyungni himoya qilaman, toki uni himoya qiladigan biri uchramagunicha. Meni oʻylamang oyi, men bir kunimni koʻraman. Ammo ukamni asrayman.

Jhpov: eh Jungkook Jungkook nega har doim meni oʻylaysan? Axir sen ham odamsan! Sen ham oʻzingni oʻylashing kerak. Oyimni iltimosini bu darajada bajarishing shart emas. Seni ham baxtdan kulganingni koʻrgim keladi. Ammo sen hech kimni sevmaysan. Nega bu hayot meni emas seni bunchalik qiynadi? Hayotga nima yomonlik qilgan eding? Bir kun sen ham baxtdan kulasan

Shunday qilib ikki egizak xonalariga kirib ketishdi. Jungkook vannadan chiqgach Junghyung tanlagan uyni online sotib oldi va yordamchisiga ertaga uyga xizmatkor va eng yaxshi qoʻriqchilarni qoʻyishni tayinladi, oʻzi ham uxladi

Yoongi ham ishdan keldi. Qarasa xotini uni kutib oʻtirgan ekan

Yg: farishtam uxlamadingmi?

Jm: qayerlarda yuribsiz? Ertaroq kelsangiz boʻlmaydimi? Xavotirdan oʻlay dedimku

Yoongi Jiminni quchoqlab oldi va yuzi, burni, koʻzi, peshonasi, yonoqlaridan oʻpdi

Yg: xavotir olma! Men kuchliman, menga hech kimni kuchi yetmaydi. Sen nega uxlamading?

Jm: sizni kutdim

Yg: aahh men qanday baxtliman!? Meni yarim tun boʻlishiga qaramay kutib oʻtiradigan sevgan xotinim bor

Jm: ha men shunaqaman. Qani uxlaymiz

Ular ham shunday qilib uxlashdi. Bu uyda aslida Jungkookni aytgani boʻladi, chunki u nima qilishni va kimni qandayligini biladi. Yoongi ham Jungkookdan qoʻrqadi ammo bilintirmaydi. Yoongi onasidan keyin egoist odam boʻlib qolgan. U oʻzini, xotinini va bolasini oʻylaydi. Hattoki ukalari ham bazan uni oʻylantirmaydi. Yoongi barcha alamini Junghyungdan oladi, Jungkookdan olishi uchun esa unga jasorat kerak. Jungkook mafia yoki gangster emas ammo ulardan battar. U ukasini himoya qilish uchun shunday inson boʻldi. Hattoki qarindoshlari ham undan qoʻrqadi, uni oldida faqat ammalari Junghyungni kamsita olishadi. Keyin esa Jungkookdna ikki ogʻiz shirin soʻzdan keyin ogʻizlarini yopishadi. Agar yopmasa Jungkook ularni nozik tomoni yani farzandlarini koʻzlaydi.

Ha Jungkook yovuz omega, ammo hayot bunga majburladi. Jungkook 20 yoshidan boshlab onasini ishini qildi. U juda ham yosh edi, u tengilar oʻynab yurgan zamonda u egizagi uchun harakat qildi. Ikki egizaklar bir-biriga juda ham mehribon. Junghyung kasal boʻlsa Jungkook tunlari uxlamay unga qarab chiqadi, Jungkook kasal boʻlsa Junghyung qaraydi

Ikki egizaklar har xil. Junghyung yigʻlasa kimgadir nimadir boʻladi. Jungkook kulsa undan battari boʻladi. Jungkook koʻp kulmaydi, ammo egizagidan boshqaga kuldimi aniq nimadir boʻladi.

Kim Taehyung Villasi!

...

Taehyungni Villasi

Taehyung 2 kun ichida rostakamiga jinni boʻldi. Sababi Jungkook bilan Junghyungni ajrata olmayapti. Ohiri nima qilishni bilmay yordamchisini chaqirdi

Y: eshitaman janob!

Tae: menga oʻrgatasan! Jungkookim va uni egizagidan qanday ajratishim mumkinligini oʻrgatasan! BOʼLMASA JINNI BOʼLIB QOLAMAN!

Y: hoʻp hoʻp janob! Asabiylashmang

Taehyung divanga oʻtirdi. Yordamchisi Jungkook va Junghyungni surtalarini doskaga olib koʻrsatdi

Y: qarang janob! Bu bizni boʻlajak kelinoyimiz Jeon Jungkook

Tae: Kim Jungkook

Y: kechiring adashdim. Bu bizni boʻlajak kelinoyimiz Kim Jungkook! Qoʻpol, koʻp kulmaydi, jiddiy, bosh egmaydi. Ammo eshitishimcha uni kulganida nimadir boʻlarkan

Y: bu esa Jeon Junghyung

Tae: yani?

Y: kelinoyimizni kulgani bir falokat boʻladi. Faqat u egizagiga nisbatan chin dildan kuladi. Buni uni qarindoshlaridan soʻrab bildim. Bu esa Jeon Junghyung! Koʻp kuladi, samimiy, qoʻrqoq, zaif va sodda! Ammo u yigʻlaganida nimadir boʻladi. Yani kelinoyimiz uni yigʻlaganini koʻrsa yomon boʻladi.

Tae: ikkalasini oʻrtasidagi farq shundami? Yigʻlagani va kulganidami?

Y: yoʻq janob! Hozir kelinoyimizni videolari ham bor. Ularni koʻring

Yordamchisi Jungkookni videolarini koʻrsatdi. Jungkookni aurasi kuchli edi. Jiddiy va kam gap, oʻtirishi ham boshqacha. Etiborini bir narsaga qaratadi, sovuq nigohli yigit

Tae: bu mafia emasmi?

Y: koʻrdingizmi janob? Kelinoyimiz sovuqqon ammo egizagi buni teskarisi. Faqat qora va classik uslubda kiyinadi

Tae: demak Jungkook classik uslubda kiyinadi va sovuqqon. Egizagi boʻlsa uni teskarisi. Soft uslubda kiyinadi, samimiy va koʻnglida kiri yoʻq?

Y: ha janob xuddi shunday! Ammo egizagini tanlay qoling. Tarbiyalab olasiz, u juda qoʻrqoq

Tae: Senga nechi marta aytay? Menga faqat Jungkook kerak deb? Bilasanmi menga ilk bora qoʻpol gapirgan u boʻladi?! Xoʻsh egizagini tanladim ham deylik, uni tarbiyalab ham oldim. Ammo bir kun Jungkook bilib qoladi. Kelib egizagini olib ketadi, keyin men Jungkookni koʻrmayman

Y: janob nima farqi bor? Ikkilasi ham bir xilku

Tae: hey ovsar gap qiyofada emas! Gap uni xarakterida. Men qachon zaif kishilar va narsalarni tanladim? Bu anavi zaifni himoya qilaman deb umrimni ketkazaymi? Yoʻq menga kuchlimari kerak. Jungkook ayni meni tipim. U ham meni sevib qolsa oʻzgaradi, sevgi insonni oʻzgartiradi. Qara men ham oʻzgardim, ebdi faqat Jungkookim bilan sevishib olsam bas. Keyin toʻyimiz boʻladi, undan keyin meni bolalarimni tugʻadi. Meni sevadi, meni rashk qiladi, meni quchoqlaydi, menga kulib qaraydi, meni erkalaydi. Undagi bor mehr va etiborni menga beradi

Y: baxtli boʻling janob. Keyin men ham sizni bolalaringizni bogʻchaga va maktabga olib boraman

Tae: aahh qani edi tezroq boʻlsa. Men ham ota boʻlardim, 5 ta bolam boʻladi. 4 oʻgʻil va bittagina qiz. Meni yuragimda Jungkookimdan keyingi oʻrinda turadi. Yuragimning birinchi sevgisi bu meni Jungkookim

Y: janob kelinoyimiz 5 tani tuqquncha asab kasal boʻlmaydilarmi?

Tae: nega unday oʻylaysan? Bolalarimga oʻzim qarayman! Undan esa faqat talab qiladiganim meni sevsin, mehr bersin va faqat meniki boʻlsin. Men undan boshqa narsani talab qilmayman

Y: janob meni bola qilin oling oʻzingizga

Tae: nima deding ovsar? Buyoqqa kel

Taehyubg shunday deb oyoq kiyimini oldi va otib yubordi. Ammo yordamchisi qochishga ulgurdi. Taehyung bundan kuldi. Taehyung anchadan beri kulmagan edi, yana joyiga oʻtirdi va

Tae: birinchi farzandim oʻgʻil boʻlsa ismini Sehun qoʻyaman, ikkinchi oʻgʻlimga esa Tae Moo qoʻyaman, uchunchi oʻgʻlimga esa Jungkookim ism qoʻyadi. Qizalogʻimni ismi esa Soyun boʻladi. Kim Soyun! Kim Taehyungning yuragini bir parchasi Kim Soyun

Taehyung shularni oʻylab uxlab qoldi