February 14

Killer

Taehyung uygʻondi ammo koʻzini ochmadi. Qoʻli bilan yotoqni paypaslab Jungkookni qidirdi ammo yoʻq edi. Taehyung darrov koʻzini ochdi va butun uyni qidirdi. Jungkook uyda ham yoʻq ekan. Keyin soatga qaradi va allaqachon 09:00 boʻlganini koʻrib oʻzini yengil his qildi. Chunki Jungkookni maktabga ketgan deb oʻyladi

Taehyung yuvinib chiqgach unga qoʻngʻiroq boʻldi va javob berdi

X: Salom Kim Taehyung. Anchadan beri ishga chiqmading. Senga buyurtma bor

Tae: salom Suxo. Kimdan buyurtma, kim meni qurbonim va qancha pul toʻlashadi?

X: Bitta biznesman senga 10 000 000 dollar beradi

Tae: oxxo zoʻrku demak oʻlja ham shunga yarasha murakkab

X: Yoʻq u ayol kishi. Ismi Jeon Sena. Uni oʻgʻli ham bor Jeon Jungkook

Tae: Hoy iflos sen nega meni sevgilim haqida gapiryapsan? Jungkookga qoʻlingni uchini ham tekkizmaysan uqdingmi? Boʻlmasa qarindoshlaring bilan qirib tashlayman

X: hoy aqli past sening oʻljang Jungkook emas. Uni onasi. Onasi koʻp narsalardan xabardor. Uni oʻldirish kerak

Tae: kelishdik mijozga ayt pulni uyimga joʻnatsin yoki hisobimga tashlab qoʻysin

X: pul allaqachon yoʻlda 10 daqiqada uyingda boʻladi. Ammo Senani qiynab oʻldirishing kerak ekan

Tae: bunisini boplayman. Menga qoʻyib ber

Oradan 10 daqiqa oʻtib Taehyungni eshik qongʻirogʻi jiringladi. Eshikni ochganda bir yigit katta chemadanni berdi va ketdi.

Taehyung chemadanni olib kirib ichini ochsa toʻlla pul edi. Taehyung uni pul sanaydigan aparat yordamida sanadi. Pul toʻgʻri ekan va ichida soxtasi yoʻq ekan

.

Mazzamiya Tae

Taehyung pullarni olib seyfga solib qoʻydi. Seyfni kodi esa 19971995 edi. Yani Jungkook va Taehyungni tugʻulgan yillari edi

Taehyungi seyfi

Kech tushgach Taehyung mashinaga minib Jungkook oʻqiydigan maktabga yoʻl oldi. U biroz kutdi keyin hamma chiqa boshladi. Ular orasida Jungkook ham bor edi

Taehyung Jungkookni quchoqladi va peshonasidan oʻpib qoʻydi. Keyin mashinaga minib uyga yoʻl olishganda Taehyung Jungkookni qoʻllarini ushlab oldi. Jungkook oʻzi yoqtirgan shirinlik doʻkonini koʻrib qoldi va koʻzini uzmadi

Jk: Tete anavi shirinlik doʻkoniga kiraylik shirinlari juda ham mazali

Tae: hoʻp gulgʻuncham

Taehyung shunday deb toʻxtadi va Jungkook uni kutmay kirib ketdi. Taehyung doʻkonga kirganda hammani koʻzi Jungkookda ekanligidan yana gʻazablandi va jiddiy boʻldi

Jk: menga mana bu shirinlikdan bering

Jungkook aytgan shirinlik

S: sizdek kelishgan yigitga bepulga ham beramiz

Tae: mana karta pulni yechib ol. Jungkook oʻzing hohlaganingni tanla olamiz va ketamiz

Jungkook oʻziga yoqgan bir nechta shirinlik tanladi va Taehyung pulini toʻladi

Ular shirinlik doʻkonidan chiqishdi va Taehyung sotuvchini gumdon qilishni reja qildi. Taehyung hali ham jiddiy edi. Jungkook uni kuldirmoqchi boʻldi

Jkni yana bir shirinligi

Jk: Tete nega jiddiysiz? Nimadir boʻldimi yoki koʻp shirinlik olib yubordimmi?

Tae: Nima sen tushunmadingmi? Hamma senga qaradi anavi haromi foxisha sotuvchi esa senga hushomad qildi. Men bundan hursand boʻlishim kerakmi? Nega? Ayt nega bunchalik chiroylisan? Biroz xunukroq boʻlsang boʻlardiku. Balki bu senga ham yoqgandir. Nima menga xiyonat qilyapsanmi?

Taehyungni bu gaplaridan Jungkook xafa boʻldi va umuman gapirmadi. Taehyung hozir jahli chiqganligi sababli u ham gapirmadi. Ular uyga yetib kelishdi ammo hami hanuz Jungkook jim edi. Jungkook uyga kelishi bilan shirinliklarni muzlatgichga solib xonaga kirib ketdi. Taehyung keyin nimalar deganini tushundi va Jungkookdan kechirim soʻramoqchi boʻldi

Ichlariga kirganda yuzida xafalik emas hissizlik bor insonni koʻrdi. Jungkook yuzida xafalik emasdi u hissiz boʻlib telefon oʻynab oʻtirardi. Taehyung uni yoniga keldi, ammo Jungkook yonida xuddi hech kim yoʻqdek jim turardi

Tae: haligi sevgilim...men boya sal qizishib ketdim aslida men seni xafa qilmoqchi emasdim...meni kechir....hamma senga qaradi va sotuvchi gap otganiga meni biroz jahlim chiqdi...mittivoyim kechirgin men ahmoqni....boshqa bunday qilmayman...kechiraqoool..kechirdingmi? Afsusdaman gulgʻuncham

Jungkook hech nima demadi. Ammo bu Taehyungni asabiylashtirdi. Hozir baqiradigan vaqt emasdi. Baqirsa Jungkook battar boʻlib qolardi

Tae: sevgilim jim turma...mayli ur, baqir, soʻk ammo jim turma...nima desang ham mayli faqat jim turma seni ovozing men uchun eng ajoyib musiqa jim turma...nega jimsan? Men atayin qilmadim. Nimadir degin....har qanday narsa degin lekin menga bunday qilma...gapir....gapiraqool

Taehyung Jungkookni oyogʻini ushlab oldi va moʻltirab qaradi. Jungkook hech nima boʻlmagandek telefonini quvvatlagichka qoʻyib joyiga yotib uxladi