Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim
Kim Taehyung - 36 yoshli Lider. Shavqatsiz va takabbur. Hech kimga boʻysunmaydi va qalbida mehr hissiyoti yoʻq. Oiladagi hamma unga etibor bersada hech kim unga yoqmaydi. Onasining etibori uni jigʻiga tegadi. U uchun hamma narsa va har bir kishini sotib olsa boʻladi. Yuragida hech kimga joy yoʻq va sevolmaydi
Jeon Jungkook - 28 yoshli yigit. Otasi Liderning yordamchisi va doʻsti. Oilada yagona farzand. Otasi uni kuchli qilib katta qilgan. Chunki bu mamlakatda zaiflarni ezib tashlashadi. Yuragi toʻlla mehr ammo koʻrsatmaydi.
Bu mamlakatni Lider boshqarardi. Mamlakat koʻp davlatlar bilan urushardi, Lider esa oʻsha urushni boshligʻi boʻlardi. Uning xalqi shunchalar sodiq ediki dushman qoʻliga tushishsa tilini chaynab tashlashardi. Chunki Liderni sotib qoʻyishlari mumkin edi. Bu yerda erkaklar yuqori pogʻonada turadi ayollar esa keyingi. Ammo bir ayolning mansabi baland boʻlsa u oʻzidan mansabi kichik erkakka buyruq bera oladi. Bu yersa chiroy mansab bilan teng oʻrinda turadi. Ayollar va yigit omegalarni eng chiroylilarini mansabdor erkaklar oʻzlariga xotin qilib olishadi. Bu yerdagi hohlagan qiz yoki yigitni Lider oʻziniki qila oladi. Hamma Liderga boʻysunadi. Ayrim qizlar yoki yigitlar Lider uchun bir martalik nam salfetka. Bir marta ishlatildimi qaytib uni ishlatmaydi. Bu yerda raqs tushadiganlar eri oʻlgan yoki foxishalar. Erkaklar chiroyli boʻlishi kerak va shunga qarab unga mansab berishadi
Ammo Jeon Jungkookning taqdirini tugʻulmasidan avval hal qilishdi. Jungkookning va Taehyingning ota-onasi doʻstlar edi. Janob Kim va Kim xonim Jungkook onasining qorniligida uni Taehyungga unashtirishdi. Hali bu dunyoni koʻrmagan yosh va chiroyi butun mamlakatga yoyiladigan yigitni xabari yoʻq edi. Janob Jeon va Jeon xonim ularning oldida ojiz qolishgan. Janob Jeonning yuragi bir narsani oldindan sezgan holatda Jungkookni 5 yoshidan karate va boskga bera boshlagan. Jeon xonim esa dugonasi boʻlmish Kim xonimdan qattiq ranjigan. Chunki yillar oldingi dugonasidan asar ham yoʻq edi. Boylik va mansab uning koʻzini koʻr qilgandi.
Jungkook ham aqlliy edi. U yosh boʻlishiga qaramay koʻp narsalarga aqli yetardi. Ammo uning shu jarangdor ismini otasi yoki onasi qoʻyishmagandi....