Mine
U hech ham Jungkook oʻz hoxushi ila quchoqlashini oʻylamagandi. Ammo har kecha tushlarida koʻrardi. Tushida Jungkook uni quchoqlagan, oʻpgan va mehr koʻzi bilan qaragandi.
Taepov: Ey hudoyim Jungkookim meni quchoqladimi? U meni oʻz xoxushi bilan quchoqladi shundaymi? 8 yildan beri kechasi bilan uxlamay qilgan duolarim ish berdimi? Agar shunday boʻlsa men har kecha duo qilaman. Meni sevib qolishi uchun
Jkpov: men uni quchoqladim. Unga rahmim keldi. Balki rost aytgandir. Men xudbinlikka berildimmi? Ammo shunday qilmasam boʻlmasdi. Taehyungni quchogʻi katta va iliqqina ekan. Koʻkraklari qaynoq va yumshoq. Har qanday qiz va yigitning orzusi. Ammo nega men nozlanyapman? Shunday odam meni sevib, 8 yil kechalari bilan duo qilib telbaga aylansayu men nega bunday qildim? Vincenzodagi muhit menga ham tasir qildi shekilli. Men tan olishni yoqtirmayman ammo Taehyung rostan ham chiroyli
Barchasi mukammal. Benuqson yaratilgan asardek. Uni qoʻllari belimni oʻrab oldi. Men uni oldida sal kichikman
Taehyung Jungkookni quchoqlab olgandi. Taehyungga qolsa bu lahza abadiy davom etsin. Ammo Jungkook uni quchogʻidan chiqdi va koʻzlariga qaradi
Taehyung ham bir soʻz demay uning koʻzlariga tikildi. Taehyung 8 yil oldin koʻrgan koʻzlar yoʻq. U koʻrgan koʻzlar yoqimtoy, quyonchaga oʻxshaydigan va porloq.
Ammo hozirgisi tungi osmonni eslatadi. Birorta ham yorqinlik yoʻq.
Jungkook Taehyungni koʻzlariga tikildi. Bu koʻzlar sevgidan boshqa hech narsa demasdi. Sevgi, mehr va etibor hohlardi. Bundan boshqa narsa kerak emasdek edi. Ammo yuzidagi gʻazab buni yashirar edi.
Tae: nnn....niii....nimmmaaaa?
Jk: kechir! Men xudbinlashib ketdim
Tae: kechirim soʻrama! Meni yetarlicha jazolading. Men avvallari xudbin edim. Seni hoxushingni soʻramay oʻgʻirlab olib keldim, ketmoqchi boʻlganingda gʻazabdan urdim. Lekin boshqa meni bunday jazolama! Men 8 yil oʻlib tirildim. Agar meni butunlayga tashlab ketsang men oʻlaman. Sensiz yasholmayman. Meni hohlaganingdek jazola ammo sensizlik bilan jazolama! Bunga chidolmayman, kuchim yetmaydi. Seni endi topdim! Yana yoʻqotishga bardoshim yetmaydi. Sen meni hayotimsan. Kun kelib sen va men birga baxtli boʻlishimizga ishonaman.
Taehyung rost aytdi. Ammo hamma gapini yerga qarab aytdi. U qanchonki rost aytganda va hissiyotga berilganda yerga qaraydi
Jk: kettik ovqatlanishga boramiz
Tae: sen avval bu kiyimingni alishtir! Boʻlmasa oʻpib olaman
Taehyung bu gapni soxta jahl bilan aytdi
Jungkook esa bu soxta jahlni koʻrib kuldi
Jungkook endi gapirmoqchi edi ammo unha qoʻngʻiroq boʻldi
Jk: nima boʻlardi? Yagona singiljonim yana ishkal chiqargan. Shu qiz yaqinda meni jinnixonaga tiqadi
Jungkook shunday deya ketdi. Kiyimiga ham etibor bermadi. U hozir xavotirda edi balki singlisi ham zarar koʻrgandur deya. Taehyung ham uni ortidan chiqdi. Mashinaga minib Melisseni oldiga borishdi. Melisse politsiya mahkamasida edi