March 31

Casino Royale

Muallifpov: Borliqni jumbushga keltirgan nima?
Sengamas doʻstlikka koʻnglim ochardim
Tutqunlik odati axir senga xos
Erkinlik dardida sendan qochardim
Muhabbat ayt kimni baxtiyor qilding?
Topsam u haqida doston yozardim
Kimnidir oʻldirding, hokisor qilding
Agar shunday boʻlmasa darding olardim
8-qism

Jin ertalab uygʻondi. Telefoniga qarasa begona raqamdan 32 ta javob berilmagan qoʻngʻiroq boʻlgan. Jin odatda telefonini ovozsiz qilib qoʻyadi. Shu sababli eshitmagan. Jin u insonga qaytib chiqdi. U koʻp kuttirmadi. Xuddiki kutib turgandek

Jn: alo, kim bu?

Rm: sevgilim meni tanimadingmi?

Jn: iye uzur Namjoon. Uxlab qolibman keyin telefonimni ovozsiz qilib qoʻygan edim

Rm: ha mayli. Balki bugun menikiga oilaviy ovqatlanarmiz. Sen, ukang, men va meni ukam. Nima deysan my moon?

Jn: menku boraman ammo ukamni axvoli yaxshi deb oʻylamayman. Balki biznikiga kelarsizlar

Rm: nega?

Jn: uni nafaqaga chiqarishni buyurdim. Menimcha kecha kompaniya boshligʻi aytgan. Yoki bekor qildimmikin?

Rm: avval ukangni holatini kuzat. Yaxshi boʻlmasa yana idollikka qoʻyasan

Jn: ammo u 12 yildan beri idol. Butun umr idol boʻlolmaydiku. U meni ishimni oʻrganishi va oila qurishi kerak. Yaqinda 28 ga kiradi

Rm: eh my moon, meni ham ukam bor. 30 ga kirdi. Lekim hali ham uylangani yoʻq. Seni ukangni sevadi

Jn: nima?

Rm: ha bundan 1 oy oldin qayerdandir ukangni koʻrib qolgan. Keyin sevib qolgan, har doim ukangni kuzatib albomlari, atirlari, xullas ukangni gudzilaridan olib chiqdi. Hech biri qolmadi

Jn: ha tushunarli. Men ukamni oldiga bir kiraychi. Keyinroq qoʻngʻiroq qilaman

Rm: hoʻp

Jin yuvinib chiqib ukasini xonasiga kirdi. Qarasa Jungkook uxlab yotardi. Koʻzlarini tagi shishib ketgandi. Kechasi bilan yigʻlagani ayon edi.

Jin Jungkookni oldiga oʻtirdi va

Jn: ukajon bilaman xafasan. Ammo endi koʻnikishing kerak. Yetarlicha kareyera qilding. Endi oila qurib meni ishimni davom ettirasan. Har doim xoxushlaringni bajardim, sen bir marta meni aytganimni qilgin ukajonim

Jin xonadan chiqib ketdi va Namjooni oldiga bordi. Jungkook tushlik vaqtiga yaqin uygʻondi. U yuvinib, kiyimlarini alishtirib pastga tushdi. Xizmatkorlar qandaydir boshqacha edi. Hammasi nimagadir tayyorgarlik koʻryapti.

X: Hayrli kun Janob Kim! Ovqatlanasizmi?

Jk: yoʻq

Jungkook qandaydir hissiz boʻlib qoldi. Xonasiga kirib ketdi va eshikni qufladi. Xizmatkor tezda Jinga qoʻngʻiroq qildi

Jn: nima gap? Ovqatlandimi?

X: Janob, ukangiz hozir uygʻondi ammo hech narsa yemadi

Jn: axvoli qanday? Jahli chiqganmi yoki xafami?

X: yuzida ifoda yoʻq. Xissiz

Jn: mayli bugun mehmonlar boradi. Mazali taomlar tayyorlang

X: hoʻp Janob Kim

Suhbat tugadi. Jin ertalab kelganidan beri Namjooni oldida edi. Ukasini xolatini eshitib afsuslandi

Jnpov: Balki yana idollikga qoʻyarman. Ukam xech bunday boʻlmaganku. Yoki nafaqaga chiqarib xato qildimmi? Ishqilib hammasi yaxshi boʻlsin

Rm: nima boʻldi? Ukang yaxshimi?

Jn: jahli ham chiqmagan, xafa ham emas. Xissiz boʻlib qolibdi

Bu gapni eshitgan Taehyung gap boshladi

Tae: kelinaka xavotir olmang. Hali oʻz holiga qaytadi. Oldingidek kuladi

Jn: negadir ishonmayapman! Demak oldingidek kulmaydi. Yuragim bir narsani sezyapti. Aniq Jungkook oldingidek boʻlmaydi

Rm: xavotir olma. Hammasi yaxshi boʻladi. Kimnidir sevib qolsa oʻzgaradi. Mana meni ukam ham sevib qolmasidan oldin hayvondan farqi yoʻq edi

Tae: hey! Kim hayvon?

Rm: senda. Ertalab moldek uxlaysan, choʻchqadek ovqat yeysan, ishga ham toshbaqadek kelasan. Seni hayvondan farqing bormi? Hali ham sevib qolib sal oʻzgarding

Kech tushdi. Jin, Namjoon va Taehyung Jinning uyiga kelishdi. Ularni xizmatkorlar kutib oldi, hammasi yaxshi edi. Ammo Jungkook yoʻq edi

Jn: Jungkook qani?

X: tushlikka yaqin xonasiga chiqib ketganidan beri umuman xonasidan chiqmadi. Ovqatlanmadi ham

Jin oʻrnidan turib Jungkookni xonasiga bordi. Eshikni ochmoqchi edi ammo qulf ekan. Taqillatdi

Jn: Jungkook...tashqariga chiq. Uyda mehmon bor. Ukajon ovqatlanib olgin

Jungkook hech narsa demas edi. Yuragi hech narsani hohlamayapti. Oldingi hayoti, mashhurligi, muhlislari, har kunlik ishlarini bir kunga qolmay sogʻindi. Jin Jungkook eshikni ochmagach qoʻshimcha kalit bilan ochdi. Qarasa ukasi juda ham xissiz, xuddiki tanasi tirik ruhi oʻlgan odamnikiga oʻxshardi. Koʻzlari mayus edi

Jn: ukajon yur ovqatlanib ol

Jungkook hech narsa demay yotoqga Jinga chappa qarab yotib oldi. Jin uni xafa ekanligini sezdi

Jn: ukajon bilaman bundan xafasan ammo butun umr idol boʻlolmaysanku. Endi boshqa xayotda yashaysan. Oila qurasan, meni ishimni boshqarasan. Tur ukajon ovqatlanib ol

Jungkook yana jim edi. Xuddiki tildan qolgandek. Jin ukasini bu holatda koʻrib chidolmadi. Jungkook akasini oldida doim quvnoq edi. Jin uni urushsa ham, baqirsa ham, hamma alamini undan olsa ham Jungkook doim kulib turar edi. Ammo hozir xuddi oʻlikdek boʻlib qolgan.

Jin xonadan chiqib ketdi. Endi chidolmay koʻzidagi yoshlariga erkinlik berdi

Buni koʻrgan Namjoon va Taehyung uni oldiga borishdi

Rm: sevgilim tuzukmisan? Nega yigʻlayapsan? Ukangga nimadir boʻldimi?

Tae: gapiring Jungkook yaxshimi?

Jn: u...u juda ham xafa....umuman gapirmayapti. Bugun kuni boʻyi ovqatlanmagan ham

Taehyung Jungkookni oldiga kirdi. Koʻrgan manzarasidan yuragi juda ham qattiq ogʻridi. U koʻrgan quvnoq, ajoyib, doimo reaksiya bildiradigan, koʻzlari kulib turadigan Jungkook oʻlganu oʻrniga yangisi tugʻulgandek. Oldingi Jungkook bilan hozirgisini solishtirsak yer bilan osmonchalik farq bor edi