September 2

Obsession

10-qism

Jungkook dasturxonga qarab vijdoni qiynaldi. Axir bularning hammasi u uchun edi. Lekin bugun nimalar boʻlishi faqat Taehyungga ayon edi. Axir Taehyung xiyonatni kechirmaydi. Boshqalar xiyonat qilsa chidashi mumkin, biroq Jungkookniki...uni qabliga xuddiki oʻzining chayondek nishini tiqqandek boʻldi. Jungkook bamisoli chayon! Va uning oʻsha xiyonati, aldashi va foydalanishi bu uning nishi! Shu nishini Taehyungning qalbiga sanchgan

Tae: Hyung qarang! Hammasi siz uchun

Jungkook bir narsani sezdi, Taehyung boshqacha ovoz bilan gapiryapti. Xuddiki nimadirdan ogohlantiryotgandek. Telbamisoli va kulgancha. Jungkook bu kulgu va ovozni bilardi. Taehyung shunaqa ovozda va yuzida telbamano kulgu bilan gapirsa nimadir boʻladi

Jk: Tete! Nima qilmoqchisan?

Tae: hech narsa Hyung! Men sizni ovqatlantirmoqchiman. Qarang...bularning hammasini siz yoqtirasiz. Atayin siz uchun tayyorlatdim....nima yoqmadimi? Boshqatdan tayyorlashsinmi? Yoki boshqa ovqat yeysizmi?

Jkpov: bugun nimadir boʻladi? Taehyung oʻzini gʻalati tutyapti

Jk: yoʻq yoʻq shuni yeyman

Taehyung Jungkookni qoʻyniga oʻtkizdi. Bu Jungkook uchun noqulay emas ammo ogʻriqli. Tanasida ogʻriqlari hali juda koʻp

Taepov: eh hyung hyung! Sizni qanchalik sevishimni bilmaysiz. Ammo siz men aytgan ishni qilmadingiz. Aldamang dedim! Aldadingiz! Xiyonat qilmang dedim! Uni ham qildingiz! Foydalanmang dedim! Foydalandingiz! Sizga qilmang degan ishimni doimo qilasiz Hyung. Ammo qiling deganimni qilmaysiz. Meni seving dedim...ammo sevmadingiz! Endi meni boshqa tomonimni ham koʻrasiz

Jungkook indamay ovqatlanardi. Taehyung esa oʻzining mukammal rejasini oʻylab hursand edi. Bu rejada koʻp ishlar bor. Ammo Jungkookka nima boʻlishini bilmaydi.

Tae: hyung siz ovqatlanavering! Siz uchun sovgʻam bor, hoʻpmi? U sizga yoqadi

Taehyung shunday deb oʻrnidan turib Jungkookni stullga oʻtkizdi. Jungkookning yuragi qoʻrquvga toʻldi. Axir u Taehyungni bilardi. Sovgʻa degani aslida sovgʻa emas! Boshqa narsaligini, ammo nima ekanligini bilmaydi.

Jkpov: Taehyung nimani rejalashtiryapsan? Seni bu holatda sovgʻa deganing sovgʻa boʻlmaydi bilaman. Ammo oʻsha nima? Nima narsa u?

Jungkook ovqat yeyishni unutdi. Taehyung bu vaqt Jungkook uchun maxsus stul olib keldi. Bu xuddiki nogironlar aravachasiga oʻxshardi. Bu aslida ham shu arava edi.

Jungkook buni koʻrib hayron qoldi. Taehyung esa hali hamon oʻsha jilmayishi bilan turardi

Jk: Bu nima Taehyung? Men yura olaman! Kerak emas bu

Tae: yoʻq hyung! Kerak. Qani oʻtiring!

Jungkook indamay oʻtirdi. U biladi! Bu holatda Taehyung bilan tortishish xuddiki kobra bilan urushishga oʻxshaydi. Ammo Taehyung Jungkookni ikki qoʻlini kishanlab qoʻydi. Jungkook esa asabiylashdi

Jk: Taehyung bu nima qilganing? Yech qoʻlimni! Jinni boʻldingmi? Nima boʻlyapti senga?

Tae: sizni ham sevganingiz sizga xiyonat qilib aldasin! Keyin koʻrama axvolingizni. Hozir esa indamay ketasiz

Jungkook jim qoldi. Taehyung uni yertoʻlaga olib tushdi. Jungkook uyning bu qismini koʻrmagandi. Bu qandaydir gʻalati edi

Taehyung Jungkookni oʻsha oppoq xonaga olib keldi. Jungkookning koʻzi sevgani boʻlmish Doyeonga tushdi. Uni ikki qoʻlidan osib qoʻyishgandi. Uning yonida har xil qiynoq uskunalari bor edi.

Jungkookning yuragi qoʻrquvga toʻldi. Hayoliga Taehyung nima qilmoqchiligi keldi! Ha Jungkook haq! Taehyung Doyeonga nimadir qilmoqchi. Aniqrogʻi oʻldirmoqchi. Jungkook buni sezdi

Tae: qarang hyung! Sizni mendan ustun qoʻygan sevgilingiz!

Taehyungning ovozi negadir qoʻrqinchli boʻlib qoldi. Jungkook bunaqasini oldin eshitmagan. Faqat Taehyungning oʻsha sevgiga toʻla mehrli ovozini eshitgan

Doyeon ham Jungkookka qaradi va kuldi. U oʻlimidan oldin boʻlsa ham Jungkookni koʻrishga rozi. Ammo Jungkookning koʻzlari allaqachon yoshlanib ulgurdi.

Jkpov: ey hudoyim iltimos! Doyeonga hech nima boʻlmasin! Yolvoraman axir men uni sevamanku. Taehyungdan hamma narsani kutsa boʻladi iltimos keyin boshimga nima tushsa ham rozi boʻlaman faqat Doyeonni asra

Taehyung Doyeonni qiynoq uskunalari bilan qiynay boshladi. Doyeon baqirar Jungkook esa Taehyungdan toʻxtashini istab yolvorardi. Jungkook kishanlangan holiga ham koʻp qimirlardi. Jungkookning qoʻllari qonadi. Taehyung hech narsaga qaramay Doyeonni azoblardi. Doyeon ohiri oʻldi!

Jungkook oʻsha nuqtaga qarab qotib qoldi. Joni ogʻriyotgani ham sezilmadi. Koʻzida Doyeonning unga sevgi bilan qaragan nigohi!

Taehyung Jungkook jinniga oʻxshab kulgancha qaragandi! U ham qotib qoldi. Jungkookning qoʻllari qonagan, oʻzi esa Doyeonga qaragancha qotib qolgandi.

Taehyung Jungkookni oldiga keldi va yuzidan ushladi....

Tae: Hyung koʻrdingizmi? Xiyonatning jazosi shunaqa boʻladi! Endi unday qilmaysiz, toʻgʻrimi? Siz menikisiz deb koʻp aytardim lekin siz ishonmadingiz! Qani aytinchi...Men senikiman Kim Taehyung dengchi!

Jungkook hech narsani eshitmasdi. Ikki koʻzi, qulogʻi va hayoli Doyeonda edi. Jungkook shu holatida qotib qolgandi. Taehyung bundan sabr kosasi toʻldi va Jungkookni siltalay boshladi

Tae: MEN SIZGA MEN SENGA TEGISHLIMAN KIM TAEHYUNG DEB AYTING DEDIM! NEGA JIMSIZ? U OʼLDI UNI OʼLDIRDIM. ENDI MEN BORMAN...BOSHQASI YOʼQ HYUNG

Taehyung qancha baqirib siltalamasin Jungkook hech narsa qilmas va hech narsa demasdi. Taehyung ohiri qoʻrqib qoldi

Tae: hyuung! Hyung! Hey...meni eshityapsizmi? Mayli bir uxlasangiz oʻzingizga kelasiz

Taehyung shunday deb Jungkookni qoʻllarini yechdi va koʻtarib oldi. Yoʻlanish oʻzgargan boʻlsa ham Jungkook bir nuqtaga qaragandi. Taehyung uni xonaga olib kelib yotqizdi va chiqib ketdi. Yana qaytib kelib Jungkookning qpliga malham qoʻyib ketdi. Jungkook shunda ham oʻzgarmagandi. Qanday oʻtirgan boʻlsa hamon shunaqa edi!

Uxlamayapti oʻtiribdi

Shu bilan yarim tun boʻldi. Taehyung xonaga kirdi. Jungkook hamon shunday oʻtirardi. Xuddiki qoʻgʻirchoqqa oʻxshab qolgandi. Taehyung oʻziga keladi deya indamadi va yolgʻiz qoldirdi. Ammo Jungkook kuni bilan hech nina yemagan va ichmagandi. U sevgilisini oʻlimini qabul qila olmayapti! Bunga yurak qarshi chiqyapti. Bu Doyeon emas deya ishonardi.

Tong ham otdi. Taehyung kelsa hali ham shunday. Taehyung endi qoʻrqa boshladi. Ammo Taehyung unga hech narsa qilmadiku

Tae: Hyung yaxshimisiz? Menga qarangchi

Jungkook bir ogʻiz ham gapirmasdi. Oradan shunday qilib 2 kun oʻtdi. Taehyung qanchalik koʻp gapirmasin Jungkook gʻing demasdi. Xuddiki qogʻirchoqqa oʻxshab qolgandek. Bir nuqtaga qaragan va qimirlamaydi, gapirmaydi, yemaydi, ichmaydi. Taehyung tobora qoʻrqib boshladi