Lucifer
Taehyung va Jungkook uyga kelishdi. Ular mashinadan tushib uyga kirishdi. Jungkookni biroz jahli chiqgan edi, u shunchaki jim edi. Ammo bu jimlik Taehyung nafratlanadigan narsa. Jungkook yonida boʻlganida u gapirishni istaydi
Tae: jannatim...meni kechir. Meni jahlim chiqib ketdi oʻzing bilasanku meni.... oʻshalar seni sotib olishini ham aytishdi. Men juda qoʻrqdim, ular seni sotib oladi va men sensiz qolaman deb oʻyladim. Meni kechir, afsusdaman
Jungkook Taehyungni holatini tushundi. Agar Taehyungni oʻrnida uning oʻzi ham boʻlganida balki Taehyungdan battar axvolda boʻlar edi. Jungkool borib uni quchogʻiga kirdi, Taehyung ham uni quchoqladi. Jungkookni boʻyi pastroq edi Taehyungga nisbatan. Taehyung 185 sm boʻlsa Jungkool 170 sm edi
Jk: men sizni tushunaman! Men sizga vada berganmanku sizni tashlab ketmayman deb. Men vadamni bajaraman Teteyim
Ular yotoqxonaga chiqib uxlashdi. Taehyung bu safar yuragining yarmi boʻlgan insonni koʻlragiga bosh qoʻyib uxladi. Bu xolatda Taehyung Jungkookning yurak urushini eshitar edi
Taepov: Jannatim bilaman sen vadangni bajarasan ammo u qizni tirik qoʻymayman. Sen toʻgʻri aytgan ekansan, odamni oʻldira olishni bilish kerak ekan. Sen uchun odamlar oʻlishini istamaysan ammo sen uchun koʻp insonlar oʻlgan, sen esa buni hech qachon bilolmaysan. Navbat endi oʻsha arab qizga, qizga achinaman, sal tilini tiyganida balki meni omborxonamda boʻlmas edi
Taehyung Jungkookka yomon niyatda boʻlgan, hirs koʻzi bilan qaragan, unga yaqinlashgan hammani oʻldirgan edi. Ammo Jin va Jiminga aslo tegina olmaydi. Sababi Jinni Namjoon, Yoongi esa Jiminni sevganida emas, balki ular oʻlsa Jungkook yerni tagidan boʻlsa ham qotil kimligini topar edi. Ipning boshi esa Taehyunga borib taqalardi. Toʻgʻri Jungkook Taehyungni oʻldirishga botina olmaydi ammo tashlab ketishi mumkin. Bu esa Taehyungdagi eng katta qoʻrquv. Axir Taehyungni oʻsha jahannam nomli hayotdan Jungkook olib chiqgan va jannat misoli hayot baxsh etgan. Shu sababli ham bazan Taehyung Jungkookni jannatim deydi. Bazmdagi oʻsha qiz esa hozir Taehyungni omborida edi. Taehyung mashinaga chiqishdan oldin qoʻriqchisiga buyruq bergandi. Ular ham qizni omborga olib borgan
Ular uxlab qolishdi. Yoongi ham tinch edi ammo bir juftlikniki endi boshlandi. Jin ogʻriqdan yigʻlab ketar edi, ohiri bu ovozga toqat qilolmay Namjoon mashinani bir chetda toʻxtatdi. Namjoonnu uyi uzoq boʻlgani uchun yetib borishiga vaqt kerak edi
Rm: nega yigʻlaysan? Qattiq ushlamadimku
Namjoon Jinning qoʻlini qoʻyib yuborgan edi koʻzi oʻzi ushgʻagan yerga tushdi. Namjoon shunchalik qattiq ushladimi? Jinning qoʻli koʻkarib ketgan edi
( Sua qachon Shattered Pathni tashlaysan. Ertaga tasha! Boʻlmasa bu ffni tragediya qilaman. Qilish qilmasligim senga bogʻliq😌. oʻylab koʻr)
Rm: kechir oqqushim... men bilmagandim
Namjoon Jinni quchoqlab oldi. Namjoon jahlda qanday ushlaganini sezmagan edi. Namjoon ham sevgisiga osson erishdi, agar Yoongi kabi qiynalganida edi. Jinning qadriga yetar edi. Jinning suyaklari qiyshiq boʻlgani sababli qattiroq ushlasa ogʻriq beradi. Otasi buni davolamoqchi boʻlgan ammo buni davosi yoʻq edi
Namjoon Jinni quchogʻidan chiqardi va koʻzlariga qaradi. Jinning koʻzi chiroyli edi, kipriklari uzun, oq va tiniq yuz sohibi, lablari misli gʻuncha, qoshlari kamon misoli edi. Namjoon bir xaqiqatga endi ishondi
Butun dunyoni yengan kuch, goʻzalikka yengilgan
Namjoon ham butun Koreyani qoʻlga oladigan darajada qudratli edi, ammo hech kim bilmagan Gangsterlar qiroli Kim Namjoon kun kelib idolni sevib qolishini
Namjoon mashinani haydab uyiga ketdi. Ular uyga yetib kelishdi. Bamisoli qasr kabi uy edi, ammo Jin bu kabi uylarni koʻrib oʻrgangan, agar oʻrnida oddiy bola boʻlganida hayron qolar edi
Namjoon Jinni koʻtarib uyga olib kirdi. Bu uy Namjooni shaxsiy uyi edi, nima qilsa ham shu uyda qilar edi. Namjoon dori qutisini olib Jinni qoʻliga malham surtib, bogʻlab qoʻydi
Jn: nega aynan meni sevgansiz? Dunyoda mendan ham yaxsh...
Rm: jim! Bu dunyoda men uchun sen eng yaxshisisan! Seni sevib qolishimga kelsak. Men seni ilk bor bazmda koʻrganman. Doʻstim bilan gaplashayotganimda bazmga 3 yigit kirib keldi. Ammo meni koʻzim senga tushdi. Sendagi goʻzallikka oldin duch kelmaganman. Oppoq va tiniq teri, gʻunchadek lab, uzun kipriklar, kamondek qoshlar, tun misoli qora sochlar egasini koʻrdim. Men koʻp yigitlarni koʻrganman ammo sen umuman boshqa eding. Men koʻrgan yigitlar yulduz boʻlsa, sen oy eding. Tanxo va ajralib turadigan. Men sen haqingda malumotlar izladim, idol boʻlganingni bilib jahlim chiqdi, qoʻrqdim. Men koʻp idollarni vafot etganini, sogʻlom emasligini eshitgandim. Shu sababli ham qoʻrqa boshladim, agar senga ham nimadir boʻlsa deb. Ammo sen, Jimin va Jungkook oʻylaganimdek sodda chiqmadingiz. Sizlar hammamizdan aqlliy edingiz, bizni hayolimizga kelmagan ishlar sizlarnikiga ossonlik bilan kelar edi
Jn: biz ham qachonlardir sodda boʻlganmiz, ammo hayot bizni shunga majburladi
Jn: Jiminni hikoyasini bilasiz. Ichimizda eng yaxshi hayot kechirgan bu Jungkook. Uni hamma qadrlaydi, hurmat qiladi. Erini sevgan, yagona xotini. Otasi yoki onasi unga qattiq gapirmaydi, jazolamaydi. Chunki uni oilada oʻrni bor. Xolam va amakimni toʻyidan 10 yil oʻtib u tugʻulgan, shuning uchun xolam va amakim uni kiprik ustida katta qilgan. Nimani hohlasa shuni qilgan, yomon ishlarini berkita olgan. Men zaif boʻlganim uchun uni yoki Jiminni himoyasiga muhtoj edim. Meni barmoqlarim kasal boʻlmaganida men ham kuchli boʻlar edim ammo taqdir bunga toʻsqinlik qildi. Men bazan Jungkookka havas qilaman, balki kun kelib meni ham pochcham kabi erim boʻlar. Kuchli, chiroyli, mehribon, meni sevadigan...menimcha menga taqdir kulmaydi
Rm: oqqushim mana men borman. Seni hammasidan ortiq sevaman. Menga bu dunyo yoʻq boʻlib ketsa ham qiziq emas, muhimi sen sogʻ boʻl, meni yonimda boʻl, meni sev, meniki boʻl. Qolgani men uchun qiziq emas. Har qanday holatda ham seni sevaman, bunga vada beraman. Hamma sendan yuz oʻgirsa, meni yonimga kel. Sendan aslo yuz oʻgirmayman