May 7

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

1-qism

Katta mamlakat. Ammo bu yerdagi qoidalar, bu yerning koʻrinishi odamni larzaga solardi. Urushdan qolgan qoldiqlar, yani kulga aylangan oʻrmonlar bor edi. Baland minora tepasida Jungkook atrofni tomosha qilardi. U minoraning tom qismida edi, salgina notoʻgʻri harakat va pastga qulardi. Lekin bular Jungkookni qoʻrqitolmasdi

Jkpov: bu qanday joy oʻzi? Qanday mamlakat? Qoidalar nega bunday? Ammo otamga rahmat, agar meni yoshligimdan shugʻullantirmagida balki boshqalarni axvoliga men tushardim. Bu mamlakatda kuchli, chiroyli va boy boʻlish kerak. Menda hammasi bor ammo boy emasman. Chiroyim mamlakatga yoyilgan. Meni sevuvchilar koʻp ammo otam meni hech kimga bermaydi. Buni sababi nimada? Qani edi men ham osmonda ucha olsam. Xuddi mening sirli farishtam Suga singari. Men uni oldiga har tunda boraman. U meni koʻtarib osmonlar ichida uchuradi. Bu juda ham zavqli. Ammo men Sugani sevaman. U ham meni sevadi. Men bir kun u bilan baxtli boʻlaman.

Jungkook shularni oʻylar ekan yoniga doʻsti Kai keldi. U Jungkookni qoʻrqitmoqchi edi ammo Jungkook u kelganini allaqachon sezgandi

Jk: xush kelibsan, Kai

K: ha yaramas bola. Qoʻrqitmoqchi edim yana sezib qoldinga

Jk: ha yana sezdim. Bilasanmi yuragim notinch?! Nimadir boʻladigandek

K: seni yuraging bekorga notinch emas. Balki yana urush boʻlar?!

Jk: men urushdan qoʻrqmayman. Bilasan koʻp marta urushdan tirik qaytganman

K: ha bilaman. Sen kuchlisan. Seni yoshingda men daydi edim

Jk: Hey nega Lider yuzini koʻrsatmaydi? Nima u xunukmi? Yuzida chandigʻi bormi? Yoki kuyganmi?

K: hey Lider haqida unaqa dema! U kelishgan erkak. Ammo haliyam uylanmagan. 36 yoshda

Jk: ha u tengilarni 2 ta bolasi bor

K: yana mish-mishlar bor ekan. Uning ota-onasi yoshligida kimgadir unashtirib qoʻyishgan ekan. Sobiq lider oʻzini doʻstini oʻgʻliga. Ammo Sobiq liderni doʻstlari koʻp edi. Aynan kimligini Sobiq lider, va uning xotini bilarkan. Yana oʻsha yigitga Lidermizning oʻzi ism bergan ekan

Jk: boʻlishi mumkin emas. Yoshlikdan unashtirilish bu ahmoqlik. Sevmagan odam bilan oila qurib boʻlmaydi. Lider hech kimni sevmaydi endi boʻlajak xotinini oʻylab koʻr. Onasini etiborini yoqtirmaydigan odam qanday qilib bir insonni sevishi mumkin? Bu qip-qizil ahmoqlik

K: masalan seni ham oshiqlaring koʻpku. Lekin otang seni ularga bermaydi. Senga hatto General ham sovchi boʻlib kelgan. Otang unga ham yoʻq degan. Lekin men qiziqadigan narsa General qanday qilib indamadi? U hohlaganiga erishadigan odam edi

Jk: bilmasam menga qiziq emas. Mayli men ketdim

Jungkook shunday deb ketdi. Bu payt Janob Jeon 28 yil oldingi voqeani eslardi

28 yil oldin. Jungkook onasining qornida

Lider, uning xotini va Janob jeon Jeon xonimni xonadan chiqishini kutishardi. Ular orasida boʻlajak lider Kim Taehyung ham bor edi. U otasining quchogʻida edi. Otasi esa shunchaki uni boshini silardi. Vanihoyat Jeon xonim chiqdi

K.x: nima boʻldi, dugonajon? Qizmi oʻgʻilmi?

J.x: jinsini koʻrib boʻlmayapti ammo doctorlar uni chiroyli deyishdi

J.k: Doʻstim endi farzandingni oʻgʻlimga berasan. Kelajakda ular turmush qurishadi. U oʻgʻlimga tegishli

Tae: dada u menga tegishlimi?

J.k: ha oʻgʻlim. U hozirdanoq senga tegishli. Kelajakda ham hozir ham u senga tegishli

Bu gaplardan Janob jeon va Jeon xonim hayrayda qolishdi. Jeon xonim 3 yil kutgan bolasini berish niyati yoʻq edi. Ayniqsa Taehyungga. Chunki u otasidan oʻtgan yovuz edi

K.x: oʻgʻlim u senga tegishli boʻlmaydi. Xotining boʻladi

Tae: demak u menga tegishli. Xotinim boʻlar ekan u menga tegishli boʻladi. U qoʻgʻirchoq

J.x: nega qoʻgʻirchoq deyapsan?

Tae: chunki u chiroyli. Chiroylilar esa qoʻgʻirchoqqa oʻxshaydi

Janob kim oʻgʻlining gaplaridan mamnun jilmaydi. Ammo Jeonlar oilasi qattiq xavotirga tushdi. Ammo shu payt Jeon xonim gap boshladi

J.x: bolamni bermayman!

K.x: axir dugonajon yoshligimizda quda boʻlishni orzu qilganizku. Nega unday deysan? Hali u bola. Shunday deyaveradi

J.x: orzuyingga tupurdim. 3 yil kutgan bolamni aslo bermayman. Sen tushunmaysan Sera! Ering lider boʻlgani uchun senga hamma narsa mumkin. Lekin bolamni bermayman. Meni bolam oʻgʻlingga qoʻgʻirchoq emas. Avval ering bilan bolangni tarbiya qil. Keyin menga gapirasan.

K.x: menga yoʻq deya koʻrma! Baribir bolang oʻgʻlimniki boʻladi. Biz buni hal qildik

Jeon xonim hech narsaga etibor bermay ketib qoldi. U dugonasi boʻlmish Seradan ranjidi. Serani koʻzlarini boylik qamrab olgandi. Eri unga bergan narsalardan koʻzlari koʻr edi. Sera va Soyun yoshligidan birga oʻsgan qalin dugonalar edi. Sera yumshoq koʻngil va juda chiroyli edi. Soyun ham xuddi shunday edi. Ammo Sera Liderning xotini boʻldi, Soyun esa uning yordamchisini xotini boʻldi. Oradan vaqt oʻtgani sayin boylik va mansab Serani koʻzini koʻr qila boshladi

Jungkook tugʻuldi. Janob jeon va Jeon xonim ism tanalyotgandi. Ammo shu yerda turgan Taehyung

Tae: ismi Jungkook boʻladi

J.j: nega aynan Jungkook?

Tae: chunki bu ism menga yoqadi. U menga tegishli. Shuning uchun shu ismni qoʻyamiz

Ular yana ojiz qolishdi. Jungkook 5 yoshga toʻlganida Janob Jeon uni kuchli qilish uchun karate va boskga berdi. Jungkook eng mukammali edi. Lekin taqdiri tugʻulmasidan oldin belgilanganligini bilmasdi. Bu yetti uxlab tushiga ham kirmagandi

Janob Jeon shularni oʻylarkan jonidan aziz oʻgʻli uyga kirib keldi

J.j: kel oʻgʻlim

Jk: keldim dada

J.j: oʻgʻlim sendan bir iltimos. Hech qachon Lidrrga yaqin yoʻlama! Uning oilasiga ham

Jk: nimadir boʻldimi? Hamma Liderga yaqinlash, yoqishga hakarat qil desa siz buni aksini aytasizmi, dada?

J.j: oʻgʻlim. Menga sening mansabing muhum emas. Tinchliging va xavfsizliging muhum. Vada ber. Hech qachon Liderga va uning oilasiga yaqin yoʻlamaysan. Men 28 yil seni ulardan yashirdim. Endi qoʻlimdan kelmaydi. Aslo ularga yaqin yoʻlama!

Jungkook otasining bu gaplaridan hayratga tushdi va xavotirlandi. Qolgan otalar bolasiga Liderga yoqishga harakat qil, mansabdor boʻlasan derdi. Ammo Janob Jeon bunday deb turibdi. Jungkook bir narsani sezdi, otasi bekordan-bekorga bunday demaydi.

Jk: dada nima boʻldi? Tushintirib gapiring

J.j: vada ber oʻgʻlim! Oying ham shuni istagan. Ularga yaqin yoʻlama

Jk: hoʻp dada. Yaqin yoʻlamayman. Mansabga berilmayman

Jungkook oddiy askar edi. Urushdagi oddiy askar. Lekin Generaldek mahoratli edi. Ammo buni otasi istamasdi. Hamma Janob Jeonga ahmoqqa tikilgandek tikilardi. Otalar oʻgʻlini Jungkookdek boʻlishini istashardi. Jungkook istasa General ham boʻla oladi ammo otas buni istamaydi. Chunki Jungkookning mansabi yuqori boʻlsa Taehyung uni bilib qolishi mumkin. Janob Jeon va Jeon xonim yolgʻiz oʻgʻlini shu paytgacha yashirib keldi.

Ammo bu payt Lider Kim Taehyung oʻsha Jungkookni suratiga qarardi

Taehyung har kun xoxlagan insoni bilan birga boʻlardi va tongda ularning oʻligi chiqardi. Ammo Taehyungni qondira oladigan bir shaxsiy foxishasi bor edi va u Bogum edi. U Taehyingni qattiq sevardi ammo Taehyung uni sevmasdi. Taehyungga hattoku ota-onasi ham qiziq emasdi. U faqat oʻzini oʻylardi. Har bir tagida yotgan insonni qoʻgʻirchoqdek koʻrardi. Xuddi bundan yillar avval Jungkookni qoʻgʻirchoq degandek

Jungkookdagi koʻzlar va lablari Taehyungga yoqardi. Lekin bularni faqat suratda koʻrardi. Taehyung Jungkookni oldiga borishga botinolmas edi. Chunki Jungkook sovuq edi va ayrim insonlar unga gapirgani ham qoʻrqardi

Taepov: sen bilan qachon uchrashamiz qoʻgʻirchogʻim. Seni qoʻlimda oʻynatgim kelyapti. Chiroying butun mamlakatga yoyilgan lekin bularning bari meniki. Sen mening qoʻgʻirchogʻimsan, xotinimsan. Menga tegishlisan. Bilaman sen buni hali bilmaysan. Lekin ishon men seni sevmayman ammo seni sevadira olaman. Yuraging meni sevadi. Men shunchaki meni sevishlarini istayman. Sevilish yaxshi sevishdan koʻra. Sen ham meni sevasan ammo seni ham Bogumga qilgan muomulamni qilaman. Oz qoldi meniki boʻlasan