December 28, 2025

We will meet again

1-qism

Erta tong. Jungkook oʻzining hashamatli hayotidan mamnun holda uygʻondi, oʻzining kattakon yotoqxonasida koʻzini ochdi

Yuvinib oʻz kiyimini kiyib pastga tushdi.

U uchun maxsus nonushta tayyor edi.

Oilasi chet elda yashar va unga har oy katta miqdorda pul yuborishardi. Jungkook juda erkin edi. Nimani xohlasa shu ishni qilardi. Ammo oʻziga yarasha tarbiyasi ham bor.

Taehyung ham uygʻondi. Devorda osilib turgan suratga qaradi. Dunyoni kezib shu insonni izlardi. Ammo u oʻylamasdi, balki shu inson burnining tagidadir. Ammo bu uning hech hayoliga kelmasdi. Teskarisi, olislardan uni izlardi

Taehyung suratga yaqin keldi keldi va shu suratdagi insonni labidan oʻpdi va siladi

Tae: seni 100 yildan buyun qidiraman yagonam. Sensiz juda qiynalyapman jufti halolim. Seni albatta topaman. Hattoki qarib qolsam ham, sen qarib qolsang ham. Bu hayotdagi soʻngi kunimda ham seni izlashga sarflayman. Seni albatta topaman mening goʻzallikda tengsiz rafiqam. Seni oʻldirgan hammani oʻldirdim. Hattoki avlodigacha ammo hech senga zigʻirchalik oʻxshaydigan insonni topolmadim. Sendagi gʻurur, mehr, gʻazab hech kimda yoʻq

Taehyung shunday deya kiyinib u ham ketdi.

Bundan 20 yil oldin u kompaniya ochdi va avvalgidan ham boyib ketdi. Dunyoning har bir davlatdagi eng mashhur kompaniyalari bilan shartnoma tuzardi. Ularga ham srafiqasining suratini berib shu insonni topishni iltimos qilardi. Hamkorlari ham uning bu iltimosini yerda qoldirmay unig rafiqasi Jeasonni izlashardi. Hamkorlari bu kim desa ukam u yoʻqolib qolgan topa olmayapman derdi. Ammo 20 yildan beri Jaeson topilmasdi. Ammo hammaga qiziq boʻlgani Taehyung aslo qarimasdi. 20 yil oldik qanday boʻlgan boʻlsa hozir ham ana shunday edi

Kompaniyaga qaysi qiz ishga kelsa hech biri oshiq boʻlmasdan qolmasdi. Hattoki eri va bolasi borlar ham. Taehyung oʻz kompaniyasiga bordi. Eshikdan kirar ekan kompaniyada Taehyungning tuflisi tovushlari aks-sado bera boshladi. Hammayoq suv quygandek jim-jit edi. Ammo 100 lab ishchilar bor

Taehyung xonasiga kirdi va coffeesini buyurtirdi.

Koʻp oʻtmay uni qoʻlida 3 yildan beri ishlaydigan Serena kirib keldi. Har doimgidek ochiq libosda

Sr: Xush kelibsiz Janob kim. Mana qahvangiz

Tae: qoʻyda ketaver

Dedi boshidan telefonini koʻtarmagan holda. Taehyung Serena kabi qizlarni hatto undan chiroylilarini 1000 marotaba koʻrgan. Serena kim boʻlibdi

Sr: haligi Janon Kim...

Tae: maqsadga oʻt chaynalmay

Sr: bugun poyga bor. Menimcha poygalarga qiziqsangiz kerak. Balki borarmiz. Eshitimcha Jeon Jungkook ham keladi. Uni hech kim yenga olmaydi deb eshitganman

Tae: poygani menga qizigʻi yoʻq oʻsha Jungkookni ham. Men yillardan buyon ukam Jaesonni qidiraman. Jungkookni qizigʻi bormi menga?

Sr: axir Janob Kin yaqinda Jeonlar bilan shartnoma tuzdingizku. Kelajakda Jeonlarni kompaniyasini Jungkook boshqaradi. Doʻst boʻlib olsangiz yomon boʻlmaydi. Jungkook bilan hamma ham doʻst boʻlib ketavermaydi deb eshitganman

Tae: demak hamkorimning oʻgʻli. Rasmi bormi oʻsha Jungkookni?

Sr: ha hozir topib koʻraman

Serena shunday deya koʻrsatdi. Jungkook ha poyga bir bahona edi. Uning niyati Taehyung unga gapirishi va u bilan vaqt oʻtkazishi edi. Taehyung bularni allaqachon bilardi ammo hamkorini oʻgʻli bilan tanishib qoʻyish ham yomon boʻlmasdi. Axir Janob Jeon qarib qolgan

Sr: mana Janob Kim. Jeon Jungkookning surati

Taehyung suratga qaragan edi hamki qotib qoldi. Axir 100 yildan buyon izlab yurgan rafiqasi burnining ostida ekan. Ammo nega ismi Jungkook? Axir u Jaeson ediku, qanday qilib u Jungkook boʻlib qoldi? Ammo bu endi ahamiyati yoʻq. Muhumi u topildi

Tae: hoziroq! Hoziroq uchrashuv belgila

Sr: Janob Kim ammo Jungkook bilan uchrashuv belgilashni deyarli imkoni yoʻq. Buning uchun oldindan uchrashuvni belgilab kutish kerak ekan

Tae: NEGA KUTAMAN? UCHRASHUVNI BELGILA DEDIMMI BELGILA. BUGUNGA BELGILA SHU UCHRASHUVNI. ASABIMNI BUZMA MENI. KOʼPROQ PUL TOʼLAYSANMI NIMA QILASAN ISHIM YOʼQ. BELGILAYSAN SHU UCHRASHUVNI

Taehyungning bu baqirishi deyarli hammaga eshitildi. Serenani oyogʻi qaltarib, yuragi qoʻrquvga toʻlib xonadan chiqib ketdi. Jungkook bilan uchrashuv tuzish uchun uning yordamchisini raqamini topib bogʻlandi. Yordamchiga juda ham koʻp pul toʻlashini va uchrashuvni bugunga belgilashni aytdi. Serena Taehyungning hisobidan 200 000 000 mln wonni olib bu haqida Taehyungga aytib uchrashuvni belgiladi

Tae: yaxshi 200 000 000 mln ketsa ketar. Ammo achinmayman. Uchrashuv qachon?

Sr: bugun kechki soat 19:00 da uning restaranida ekan

Tae: ah tayyorlanish kerak. Men kettim uyimga stilistimni yubor hoziroq. Uni ishi meni qiziq emas

Sr: men ham siz bilan boray Janob Kim

Tae: nima deding?

Sr: men ham boray dedim

Tae: asabimni buzma ishlarni qilib tur muammo chiqsa kallangni uzaman

Taehyung shunday deya ketdi. Jungkook nonushtasini allaqachok qilib boʻlgan va mashinasiga minib Koreyadagi kampaniyasiga bordi. Uning ham oshiqlari kam emas hattoki Taehyungnikidan koʻp

Xonasiga borar ekan uning yordamchisi Beakjin kutib turardi. Bugungi Taehyung bilan uchrashuvini aytish uchun

Na Beakjin -25 yoshli yigit. Jungkookning oʻng qoʻli. 5 yildan buyon unga ishlaydi. Jungkookning eng sodiq odami

Bk: Xush kelibsiz Janob Jeon

Jk: xush vaqt boʻl nima gaping bor Beakjin? Bugungi kunim qanday boʻladi? Majlis deganlaridek

Bk: yoʻq bugun majlis yoʻq ammo uchrashuv belgilangan

Jk: kim bilan?

Bk: Otangiz bilan yaqinda shartnoma tuzgan Kim Taehyung bilan

Jk: kim u? Malumot ber oldin. Kimligini bilay?

Bk: Kim Taehyung - Kim Corparationning egasi. 20 yil oldik bu kompaniyani ochgan. Yoshi 37 da. Yaqinda otangiz bilan shartnoma tuzgan. Mana sirati

Beakjin shunday deya Taehyungning suratini koʻrsatdi. Jungkook bu odamni qayerdadir, qachondir koʻrgan ammo eslay olmadi. Bazida shunga oʻxshash odamni tushlarida koʻradi, ovozini eshitadi. Tushidagi kimsa unga har doim Jeason yagonam derdi. Ammo Jungkooj bu shunchaki tush deya oʻzini ishontirgan. Axir uning ismi Jaeson emas Jungkook

Jk: yaxshi qachon uchrashuv?

Bk: kechki soat 19:00 da sizning restaraningizda

Jk: qaysi restaranimda? Xuddiki 1 dona restaranim bordek gapirasan

Bk: Har doim hamkorlar bilan uchrashadigan restaraningizda

Jk: yaxshi bor hujjatlarni olib kel ungacha ishlarni qilib turay. Sen boraver

Bk: hoʻp Janob Jeon

Beakjin xonadan chiqib ketdi. Jungkook oʻz ishlarini qila boshladi. Ammo Taehyungning mabisoli qasr uyida urush boʻlyotgandek edi

Taehyung chiroyliroq koʻrinishga karakat qilsa uning stilisti hozir moda deb Taehyungga yoqmagan kiyimlarni kiydirardi

Tae: hoʻp buni koʻylagi qani. Ichidan nima kiyaman?

St: Janob Kim bu oʻzi shunday. Modasi boʻyicha hech kim kiymaysiz ichidan. Kiysangiz uslubi buzulib qoladi

Tae: Modangga tupurdim. Jungkook koʻrib kiyishga kiyimi yoʻqmi demasin dumbulqoʻzi

St: Janob men dumbulqoʻzimasman nafsoniyatimga tegmang

Tae: boshqa joyinga tegaymi? Asabimni buzma meni!

St: unda buni kiying bu sizga yoqadi

Taehyung buni ham kiydi. Yana asabi buzula boshladi. Chunki u har doim classic uslubda kiyinib oʻrgangan edi. Ochiq va tor narsalar unga yoqmasdi

Tae: gapir! Qaysi oyogʻim bilan tepay? Chapi bilanmi oʻngi bilanmi? Ikkalasi bilan ham yaxshi tepaman

St: endi nima uchun? Chiroyli turibdiku