March 22

Lucifer

28-qism

Yoongi shunday deb qoʻli bilan Jiminni boʻyniga bir urdi. Jimin umuman buni kutmagan edi va chap berolmadi. Yoongi Jimin yiqilishidan oldin uni quchiqlab oldi va koʻtarib yotoqga yotqizdi. Tunda uygʻonib yana bir nimani boshlamasligi uchun qoʻl va oyoqlarini kamari bilan bogʻlab qoʻydi. Yoongi Jiminni boshini oʻzining koʻkragiga qoʻydi va bir qoʻli bilan ochiq yelkalarini ushlab uxladi

Hoseok esa endi yuvinib chiqdi va yotoqga yotdi. U yoshligini esladi. Yoshligini bilgan odam hozir bunchalik mehribon, doim kuladigan va oq koʻngil ekanligiga hayron qolardi

Bundan 14 yil avval Jung Sunoning qoʻrgʻoni

Hoseok u paytlar 6 yoshda edi. Uning bir oʻgay akasi bor edi. U akasini oʻgay boʻlsa ham oʻz akasidek yaxshi koʻrar edi. Uning oʻgay akasi Tae Moo ham uni yaxshi koʻrar edi. Akasi Tae Moo 8 yoshda edi. Ammo vaqt oʻtgani sayin Hoseokning otasi va onasi Hoseokni unutishar va Tae Mooga koʻproq etibor berishar edi. Hoseok akasini yaxshi koʻrar edi toki oʻsha voqea boʻlmagunicha.

Yarim tun!!!

Hoseok qoʻrqinchli tush koʻrib yigʻlab uygʻonib ketdi va onasini quchogʻida tinchlanmoqchi boʻldi. U ayiqchasini koʻtarib, biroz yigʻlagan holatda ota-onasining xonasiga bordi. U eshikni ochdi va

Hs: oyi siz bilan uxlasam maylimi? Qoʻrqinchi tush koʻrdim

Ona: Hoseok bor oʻgʻlim oʻzing uxla! Yosh bola emassanku. Men charchadim dadang ham charchagan

Hoseok bir soʻz demay juda qattiq xafa boʻlganicha va ovossiz yigʻlaganicha xonasiga ketdi. U endi ichkariga kirmoqchi edi qarasa Tae Moo ham uning ota-onasi bor xonaga ketyapti. U sekin nima boʻlishini kuzatdi. Tae Moo ham xuddi Hoseok aytgan gapni aytdi ammo uni haydashmadi

Ona: Kel oʻgʻlim. Tae Moo qoʻrqma kel biz bilan uxla

Onasining bu gaplari Hoseokgacha yetib keldi. Hoseokni qalbi shishadek sinib ketdi. Onasining bola ajratishi uni qattiq xafa qildi. Axir Tae Moo ularni haqiqiy farzandi emas Hoseok ularni bolasi. Ammo Hoseokni haydab Tae Mooni quchogʻiga olishlari uni qattiq ranjitdi. Hoseok xonasiga kirib tun boʻyi yigʻladi. U xonasini eshigini qufladi. Tongda yigʻlaganicha uxlab qoldi. Janob Jung va Jung xonim Tae Mooni maktabga olib ketishdi ammo Hoseokni unutishdi. Hattoki ertalabgi nonushtaga chaqirishmadi, xonasiga borishmadi. Kunlar oʻtgani sayin Hoseok ota onasi undan kechirim soʻrar deya kutdi ammo unday boʻlmadi

Hoseok oʻsha voqeadan soʻng deyarli gapirmadi. Tae Moo bilan ham gaplashmadi. Otasi va onasi undagi oʻzgarishni sezishmadi. Faqat Tae Mooga etibor berishdi. Tae Moo Jung xonimni dugonasini oʻgʻli edi. Dugonasi oʻlimi oldi bolasini omonat qoldirib ketandi. Jung honim Tae Mooga shunchalik etibor beradiki Hoseok xuddi keraksizdek boʻlib qolardi. Hoseok oʻshandan soʻng onasiga ham otasiga ham umuman sirini aytmadi. Hattoki onasi Hoseok nimani yoqtirishini bilmaydi. Chunki oldiga nima qoʻyilsa indamay yer edi

Tae Moo unga gapirsa ham aniq javob berar, oʻzi haqida hech narsa aytmas edi. Bazan kun boʻyi ham gapirmay yurar edi. 14 yoshda eshikni qulflab uxlaydigan boʻldi. Hoseok xonasiga kirishi bilan xonani eshigini qulflar edi

Kasal boʻlsa ham aytmasdi. Baribir etibor berishmaydi deb oʻylardi. Dorilar ichib biroz uxlardi. Keyin kasali ham oʻtib ketardi. Maktabni ham alo baholarga bitirdi ammo oilasi uchun doim Tae Moo eng yaxshisi boʻldi. Hoseok oilasi unga biroz etibor berishi uchun hamma narsani qildi. Maktabda alo baholarga oʻqidi, koʻp marta musobaqlarda 1 oʻrinni egalladi, faxriy yorliqlar, medallar, kubglar ammo hech biri oilasini unga biroz etibor berishiga sabab boʻlmadi. Tae Moo qaysidir musobaqada 3 oʻrinni olsa ham tabriklashar edi. Hoseok esa hech narsa demay bir chetda oʻtirar edi. Hoseok 15 yoshidan keyin alohida ovqatlanadigan boʻldi. Onasi va otasi uchun hissiyot eshiknlarini butunlayga qufladi. Ammo atrofdagilarga mehribon va oq koʻngil inson boʻlin yetishdi. Hech kimni xafa qilmadi. Tae Mooni esa yomon koʻrib qoldi

Ammo Jin, Jimin va Jungkookni uchratganidan keyin ularga mehr qoʻydi. Hoseok ularda boshqa boy yigitlarnikidek kibr, oliftagarchilik va manmanlik yoʻqligini sezib ularga yuragini ochdi

Ammo bir kuni Hoseokni mashina urib ketdi. Shifoxonaga hamma yetib keldi. Otasi, onasi va Tae Moo. Shifokor Hoseokni axvoli yomonligini aytdi

Jung xonim: nega axvoli yomon boʻladi? Tuppa-tuzuk ediku!

Dc: yoʻq u qattiq stress holatida. Hissiyot eshiklarini qulflagan

J.J: bu nima deganingiz?

Dc: oʻgʻlingiz qachondir sizlarga sirini yoki shaxsiy hayoti haqida aytganmi?

J.H: u aytmagan

Dc: u juda ham yolgʻiz. Unga etibor bering. Yoqtirgan taomlarini olib keling balki ishtaxasi ochilar

J.J: unga qanday ovqat yoqadi?

J.h: bilmayman

Dc: siz qanday onasiz? Bolangizga nima yoqishini bilmaysizmi? Hech bolangizga etibor berasizmi? Balki sizga aytadigan dardi bordur, kasaldir, mehrga muhtojdir, oʻzini yolgʻiz his qilayotgandir. Sizchi? Siz? Ota boʻlib bolangiz bilan parkga muzqaymoq yegani chiqganmisiz? Yoqtirgan oʻyinchoq mashinasini olib berganmisiz? Shuncha vaqt davomida oʻgʻlingizni kulganini koʻrdingizmi?

Jung honim yigʻlab yubordi. Chunki doctor haq edi. U qanday ona? Hattoki oʻz bolasiga nima yoqishini bilmaydigan darajada qanday beetibor ona?! Janob Jung ham yigʻladi. Chunki Hoseok bilan hech qachon parkga bormagan. Ular har doim Tae Moo bilan borishgan. Har safar borishganida Hoseok buni istamaga. Chunki u yerda ham Tae Mooga etibor berishlarini sezgan va bormagan. Ular ham majburlashmagan. Janob Jung va Jung honim faqat Hoseokni tugʻulgan sanasini bilishadi. Chunki Hoseok endi katta boʻlib nimadir yoqishni boshlaganida hammasidan koʻngli sovugan

Dc: hayf sizdek ota-onaga! Meni bolam yoʻq, farzandga muhtojman ammo sizlar oʻz oʻgʻlingizni qadriga yetmaysizlar. Ketavering oʻzim qarayman. Baribir ovunishga boshqa oʻgʻlingiz bor ekan

Tm: ukamni koʻrmoqchiman

Dc: Janob, siz qachon ohirgi marta ukangiz bilan gaplashdingiz?

Tm: Bundan 2 hafta oldin. Uy ishidan yordam soʻraganman

Dc: iltimos ketinglar. Hozir urib tashlayman. Bemorga oʻzim qarayman

Hozirgi vaqt. Hoseok yigʻlab yubordi

Hspov: Men bir bora etibor berishingizni istagan edim. Meni ham tirikligimni, oʻgʻlingiz ekanligimni bilishingiz hohlagan edim, menga ham oilamni mehri va etibori kerak edi. Ammo Tae Moo mendan uni tortib oldi. Tae Moo seni yomon koʻraman. Agar sen boʻlmaganingda bunday boʻlmas edi. Men mehrga toʻyar edim. Mana endi mashhur boʻlganimda ularni bitta emas ikkita oʻgʻli borligini eslashdi. Menga endi ular kerak emas. Ammo men bolalarimga bunday munosabatda boʻlmayman. Men qancha harakat qilmayin etibor bermadingiz. Kasal boʻlsam ham, sogʻ boʻlsam ham, xafa boʻlsam ham, hursand boʻlsam ham. Hammaning etibor menda boʻlgan vaqtda oilamni etibori Tae Mooda boʻldi. Men koʻp narsa istamadimku. Shunchaki mehr, etibor va ikki ogʻiz shirin soʻz istadim. Dunyolarni istamadimku. Balki bir kuni oʻlsam qadrimga yetishar. Aytishadiku oʻlsang qadringga yetishadi deb. Balki meni ham oʻlganimda oilam borligimni bilar, qadrimga yetar.... nimalar deyapman oʻzi, oʻlsam ham baribirku. Ularga Tae Moo sogʻ va omon boʻlsa yetadi. Men bilan nima ishi bor? Hattoki kasalxonaha tushganimda ham doctor menga qaragan. Eh Hoseok bir kun kimgadir kerak boʻlib qolarsan. Qani edi oʻsha doctor meni otam boʻlsa. Juda ham mehribon edi

Hoseok shularni oʻylab yigʻlab-yigʻlan uxlab qoldi. Hoseok 14 yildan buyon oilasi mehrini olmadi. Har kun maktabdan kelganida " yaxshi keldingmi? oʻtirib ovqatlan " deb aytishar edi. Hoseok indamay yer edi. Ammo 18 yoshida unga qandaydir koʻp gapirib boshlashdi. Balki Hoseokni xafa qilganini bilishgandir. Ammo Hoseokni koʻngli allaqachon sovub ketgan edi. Unga eng kerakli vaqtdagi mehr boshqasiga berilgan edi. Hoseok oilasi oldida juda ham jiddiy odamga aylanar edi. Deyarli gapirmas edi