May 31

Twins

18-qism

Hamma oʻz uyiga ketdi. Edvan Junghyungni quchogʻidan qoʻymasdi. Ular uyga yetib kelishdi. Edvan Junghyungni koʻtarib uyga olib kirdi va yotoqga yotqizdi

Ed: hayotim meni eshit! Endi ishlamaysan. Nima kerak boʻlsa menga ayt, hoʻpmi? Seni yoʻqotishimga oz qoldi. Men boshqa buni koʻtara olmayman. Nima desang shu boʻladi ammo ishlamaysan

Jh: axir Jungkook bir oʻzi qiynaladi. U menga yoshligimizdan qaragan.

Ed: qiynalmaydi hayotim. Oldida hoʻkkizdek Evan bor

Junghyung bu gapdan kuldi.

Ammo rostan ham Evan hoʻkkiz misoli gavdali va katta edi

Me: shu gapni Tae eshitsa meni ikki buklab tiqadigan joyiga tiqadi

Bu vaqt Evan va Jungkook uyda edi. Ular telivizor koʻrishayotgan edi. Jungkook popkorn yeb tomosha qilsa, Evan qoʻlini uning qorniga qoʻyib olgandi

Tae: yagonam

Jk: hm?

Tae: farzandimizni ismini nima qoʻyamiz?

Jk: oʻgʻil boʻlsa Rowon...qiz boʻlsa Eunji

Tae: hoʻp boʻladi siz nima desangiz shu olam panoh

Jk: yaxshi qulbachcha

Tae: hey men seni eringman. Bu yerga kelchi

Taehyung Jungkookni ustiga chiqib oldi. Ammo qorniga zarar keltirmadi. Jungkookning ikki qoʻlini ushlab ikki yonga bosdi. Jungkook unga kulib qarab turardi

Tae: seni juda ham qattiq sevaman qirolicham

Taehyung shunday deb sevgan xotinini oʻpa boshladi. Taehyung Jungkookni oʻpmaganiga 2 kun boʻlgandi. Bu u uchun uzoq vaqt edi. Boshqalar oylab oʻpa olmasa ham chidashadi. Ammo Taehyung unday emas. Unga qolsa har kun Jungkook bilan birga boʻlsa. Taehyung oʻpishdan toʻxtadi va

Tae: seni oʻpmaganimga ham 2 kun boʻlibdi

Jk: boshqalar oylab oʻpmaydi. Siz 2 kun deysiz a

Tae: ular xotinini sevmaydi. Aa men boʻlsa jonimni, molimni, borimni beraman. Seni qanchalik sevishimni unutdingmi?

Jk: siz meni sevasizmi?

Jungkookning bu hazilidan Taehyung kuldi. Jungkook hazil qiladigan boʻlgandi. Taehyung uning yoniga yotdi va yuzidan siladi

Tae: ha sevaman. Sen uchun hamma narsani qilaman. Sevaman, himoya qilaman, rashk qilaman, sen uchun oʻlaman, borimni beraman, xafa qilmayman, sen men uchun eng muhumi boʻlib qolasan. Buni hech qachon unutma!

Jk: agar men boshqasini tanlasamchi?

Tae: uni ham oʻzimni ham oʻldiraman. Ammo senga ziyon yetkaza olmayman. Agar men oʻlsam ham ruhim seni taqib qiladi. Sen uchun himoya boʻlaman. Kechalari seni quchoqlayman, senga biror bir erkak yoki ayol suykalsa ularni qoʻrqitaman. Sen toabad meniki boʻlib qolasan. Sendan iltimos....meni yolgʻiz qoldirib ketma! Sensiz ado boʻlaman! Mendan oldin oʻlma, hoʻpmi? Sensiz soniya ham yasholmayman

Jk: oʻlimni gapirma! Biz birga farzandlarimizni katta qilamiz, nabiralarimizga ham qaraymiz. Biz bir umr baxtli boʻlamiz

Tae: bilasanmi men faqat qiz farzandim boʻlishini istayman?!

Jk: nega? Hamma oʻgʻil istasa siz qiz istaysizmi?

Tae: ha men qiz istayman. Men sening hayotingdagi yagona erkak boʻlishni istayman. Mendan oʻzgasi seni quchoqlamasin, seni oʻpmasin. Agar oʻgʻil tugʻulsa sen unga koʻproq etibor berasan, uni erkalaysan, uni quchoqlaysan, uni katta qilasan. Men esa bir chetda qolib ketaman. Men buni aslo istamayman. Men har doim seni etiboringni va mehringni istayman. Kun kelib sen menga etibor bermay qoʻysang men qattiq ranjiyman

Jk: xavotir olmang. Siz men uchun yagonasiz

Ular shunday qilib uxlab qolishdi. Yoʻlda charchashgandi.

Oradan kunlar oʻta boshladi. Lisaning sevgisi ortardi. Jungkook va Lisa doʻstga aylandi. Aniqrogʻi Jungkook uchun doʻst. Jungkook bilan koʻrishish uchun turli xil bahonalarni oʻylab topardi. Jungkook esa bunga etibor bermasdi. Jungkook va Taehyung farzandli boʻlishdi. Taehyung istagandek qiz emasdi. Jungkook oʻgʻil tugʻdi

Bitta shayton ikkita boʻldi

Kim Rowoon - Jungkook va Evanning oʻgʻli

Lisa bugun ham keldi. U toʻgʻri Jungkookning xonasiga bordi va

Ls: salom Jungkook

Jk: ha salom Lisa

Ls: bugun tugʻulgan kunim edi. Shunga sizni taklif qilaman. Kelsangiz boshim koʻkka yetardi. Mening koreyadagi uyimda

Jk: ha albatta boraman. Va tugʻulgan kuningiz bilan tabriklayman

Ls: rahmat

Lisa shunday deya ketdi. U ich-ichidan hursand edi. Ha bugun uning tugʻulgan kuni ammo u faqat Jungkookni taklif qildi. Chunki Jungkookdan boshqa yaqin insoni yoʻq.

Jungkook ham Lisa uchun alohida etibor qaratdi. U nima boʻlsa ham qiz bola edi. Etibor talab boʻlishadi. Jungkook Lisa uchun xuddi qirolichalarnikidek kiyim

Taqinchoq

Zirak

Uzuk

Tufli

Va tojni sotib oldi. Axir Jungkookning yagona doʻsti.

Kechki vaqt Jungkook tayyorlana boshladi. Kiyimlari oʻziga yarashgan. Jungkook har doim bazm va tugʻulgan kunlarga shunday chiroyli boʻlib kiyinib boʻldi

Shu payt uni Taehyung koʻrib qoldi. Jungkookning koʻylagini oldi ochiq va tor edi

Tae: Ha qirchangʻi bu nima kiyinish?

Jk: nima?

Tae: qayerga ketyapsan? Nega bunday kiyinding? Kim senga ruhsat berdi?

Jk: ha bugun hamkorim va doʻstimni tugʻulgan kuni...oʻsha yerga ketyapman

Tae: bor kiyimingni almashtir. Boshqasini kiy! Boʻlmasa bormaysan

Jungkook ham indamay xonaga chiqib ketdi va Taehyung

Taepov: qoyil hayotimda birinchi marta Jungkookka buyruq berdim. U esa indamay qildi. Ey hudo shu kunni qizil emas oltin kitobga qirgʻazaman

Jungkook boshqa yopiqroq kiyimni kiydi va ketdi

Jungkook Lisaning Koreyadagi uyiga keldi

Jungkook eshikni taqillatdi. Eshikni Lisa ochdi. Lisa juda ham chiroyli boʻlib ketgandi

Jk: Salom Lisa

Ls: salom Jungkook. Kir ichkariga

Jungkook ichkariga kirdi. Tugʻulgan kun uchun shar va tortlar bor edi. Ammo hech kim yoʻq edi

Jk: qolganlar endi keladimi?

Ls: men faqat seni taklif qilganman. Meni sendan boshqa doʻstim yoʻq

Jk: ha mayli. Qara senga sovgʻalar olib keldim. Olaqol

Lisa bulardan hursand edi. Ular ajoyib suhbat qurushdi. Ammo ularni bir inson kuzatib turardi. Yuragi, aqli, koʻzlari rashkdan koʻr boʻlgandi