Tanxo qirolicha
Taehyung endi oʻzini ushlab turmadi. Jungkookni koʻtarib oldi va xonaga olib bordi. Jungkookni yotoqga yotqizdi va uning kiyimlarini yecha boshladi. Jungkook esa unga qarshilik qilardi
Jk: tegma menga.....tegma dedim..haqqing yoʻq bunga
Tae: nega haqqim yoʻq ekan tanxoyim? Sen mening xotinimsan
Jungkook nima qilishni bilmay ohiri piqqilab yigʻlay boshladi. Buni Taehyung eshitdi va jim qoldi. Axir bu yigʻi ovozini anchadan buyon eshitmagandi. Jungkook aslida juda ham kam yigʻlardi ammo hozir nima boʻlishini oʻylab yigʻlayapti. U aloqa qilardi, ammo u Taehyungni tanimaydi. Bilgani u qirol ekanligi. Boshqasini bilmaydi. Ammo Taehyungga farqi yoʻq. U Jungkook bilan baribir aloqa qildi.
Jungkookning koʻzyoshlari yostiqni hoʻl qildi, ohir-oqibat jim qoldi. Jungkook birinchi marotaba shu xolatga tushishi edi. Xattoki oyisi oʻlganda ham bunday boʻlmagandi. Taehyung esa uni yuvintirib boʻlib quchoqladi
Tae: tanxoyim menga boshqa bunday muomula qilma! Uning ohiri shunday boʻladi, uqdingmi?
Jungkook gapirishni ham istamay qoldi. Taehyung bilgan Jungkook hech boʻlmasa boshini qimirlatardi. Ammo Jeon Jungkook esa Taehyungga qayrilib ham qaramadi. U Taehyungga chappa qarab yotib oldi. Taehyung bilgan Jungkook esa aslo bunday qilmagandi. Taehyungni bundan qalbi ogʻridi
Taepov: qaniydi....qaniydi meni ham oz boʻlsada sevsang. Senga nima boʻldi? Oldin bunday emasdingku. Balki bir kun sevib qolarsan. Nega menga kulib qaramaysan? Nega bir ogʻiz shirin soʻz gapirmaysan? Nega meni sevmaysan? Meni nimam kam edi? Qirolman, boyman, chiroyliman, sendan oʻzgasiga qayrilib ham qaramayman, seni oʻlarchasiga sevaman. Lekin nega? Meni nimam yoqmaydi senga? Men koʻp narsa istamadimku....faqat meni sevishingni istadimku tanxoyim. Sening bu munchoqdek koʻzlaringda men mahluq boʻlib koʻrinaman. Balki hamma ayb oʻzimdadir. Balki oshirib yuborarman. Ammo men seni yoʻqotishni istamayman xolos. Men sensiz yasholmayman, tanxoyim. Sen esa meni sensizlikda qoldirib jazolaysan. Sen bilasan! Sensiz gʻirt telba boʻlishimni, sensiz qiynalishimni bilasan. Sen atayin shunday qilasan. Sochlaringni juda ham yoqtirardim. Ular qora va uzun edi. Ammo kesib tashlabsan. Mayli yana oʻsadi. Bilasanmi men har doim sening bu goʻzalligingdan hayratlanganman. Ammo hozir ham juda chiroylisan. Bu mamlakatda sendan oʻzgasi qirolicha boʻlmaydi.......boʻlolmaydi
Taehyung ham Jungkookni quchoqlagancha uyquga ketdi. Taemin esa xavotirdan oʻlay dedi. U Jungkookni doʻst sifatida koʻradi lekin Jungkook emas. U shunchaki uning xizmatini qiladigan malaydek koʻrardi
Tmpov: ey hudo Jungkook yaxshimikin? Anavi psix qirol unga nima qildi ekan? Jungkookni yigʻi ovozi eshitildi. Men hech qachon Jungkookning yigʻlaganini koʻrmadim ham eshitmadim ham. Jungkook har doim kuchli edi. Nima boʻldi ekan? Yaxshilikka boʻlsin.....Jungkookni oddiy narsa sindirolmaydi ammo u roʻl oʻynay oladi. Balki roʻl oʻynagandir
Taeminni shu savollar yeb bitirdi. Vaqt kechlikka yaqinlashdi. Taehyung uygʻondi, Jungkook hamon uxlardi. Taehyung uni sochidan oʻpib kiyinib chiqib ketdi. Bugun ham majlisi bor edi. Taehyung majlisga keldi
Bosh vazir: hazirati oliylari Xitoy bilan bitim oʻrnatish uchun ularning qiziga uylanishingiz kerak. Shunda biz ulardan mahsulot ola olamiz
Qolganlar: ha toʻgʻri....qoʻshilamiz
Taehyung esa kuldi. Shunday kuldiki xonada undan boʻlak hech kimning ovozi chiqmadi
Tae: sizlar meni uylanmasligimni bilasizlar. Menga faqat Tanxo qirolicham qiziqligini...faqat uni istashimni bilasizlar, shundaymi?.....LEKIN NIKOH MAVZUSI NIMASI? HAMMANG OʼLISHNI ISTAYAPSANLARMI?
Taehyungning bu baqirishidan hamma jimip qoldi. Ammo bundan boshqa chorasi ham yoʻq edida. Bitim tuzishning yagona yoʻli shu edi
Tae: kelinglar hammamiz yaxshilab oʻylaymiz.....men ularning qiziga uylandim ham deylik. Oradan yillar oʻtadi...qarasaki ularning qizi homilador emas, farzandi yoʻq. Keyin nima qiladi bilasizlarmi? Qizini olib ketadi va bitimni buzadi. Mamlakat hozirgi axvolidan battar axvolga tushadi. Xalq bosh koʻtarishni boshlaydi. Mamlakat parokanda boʻladi.......yoki yolgʻonmi?
Ammo bu ham rost edi. Xitoy imperatorining qizi qiroldan farzand kutmasa qizini olib ketishadi. Va mamlakat hozirgidan battar axvolga tushadi. Taehyung uylangan taqdirda ham aslo unga teginmaydi
Tae: Mening tanxo qirolicham bilan toʻyimiz boʻlganiga qancha boʻldi?
Tae: 3 yil...men shu 3 yil ichida undan boshqasini qabul qildimmi? Undan boshqasini istadimmi? Ungan boshqasini mamlakat qirolichasi deb elon qildimmi?
Tae: bundan keyin ham shunday boʻladi. U Chosonning tanxo qirolichasi boʻlib qoladi. U mening yagona va birdona qirolicham boʻlib qoladi. Buni hech kim esidan chiqarmasin
Buni tashqarida Taemin eshitib turardi. U eshikni taqillatib ichkariga kirdi
Tm: Qirolim Xitoyga Jungkookni yuboring. U toʻysiz ham bitimni tuzib keladi. Jungkook istagan odamiga soʻzini oʻtkazadi.
Tae: uni hatto saroydan tashqariga chiqarmaganman. Xitoyga joʻnatamanmi? Esing joyidami....oʻylab-oʻylab gapiryapsanmi?
Tm: menga ishoning. Jungkookni 4 yildan beri bilaman. U hohlaganiga erishadi. U toʻysiz ham Xitoy imperatorini koʻndiradi. Bunga 100% ishonchim komil. Istasangiz u bilan oʻzingiz ham boring
Tae: mayli...ertaga yoʻlga tushamiz. Sen borib Jungkookni uygʻot...ovqatlanib olamiz
Taemin ketdi. Ammo negadir Taehyung Jungkookni yuborgisi kelmasdi. Balki rashk, balki xavotir. Balki ikkisidir. Taemin xonaga kirdi. Jungkook xuddi oʻlik kabi yotardi. Tanasini koʻrpa bilan yopilgan edi va jim yotardi. Taemin uni sekin turtdi
Tm: Jungkook uygʻon...uygʻon Jungkook
Jungkook gʻinshib turdi va Taeminga qaradi
Tm: kechlik qilamiz. Keyin ertaga Xitoyga boramiz. Men qirolga seni Xitoy imperatori bilan bitim tuzishga koʻndiradi dedim
Jk: nega unday deysan? Men qanday tuzaman
Tm: agar tuzolsang senga yaxshi...shaharni koʻrarding
Jk: senga kunim qolmasin. Sumkamni ichidan kiyimlarimni olib ber
Taemin Jungkookka sumkasini ichidan kiyimlarini olib berdi va oʻzi chiqib ketdi. Jungkook ham kiyinib chiqdi