April 7

Stalk

4-qism

Jungkook Taehyungni mashinasiga mindirdi va oʻzi ham minib kasalxonaga ketdi.Taehyungning koʻzi Jungkookning shimiga tushdi. Shimi juda kalta edi, yani shortik edi.Taehyung Jungkookni oyogʻini ushladi va unga rashkdan yonayotgan olov ko'zlari bilan qaradi.

Taehyung: Jungkook

Jungkook: Ha nimadir bo'ldimi axvoling yaxshimi hozir kasalxonaga boramiz ko'rasan hammasi yaxshi bo'ladi.

Taehyung: Yo'q menimcha biz u yerga bora olmaymiz.

Jungkook: Nega o'zingni yomon his qilyabsanmi biroz chida

Taehyung: Yo'q gap bunda emas sen bu axvolda kasalxonaga bora olmaysan. Boshqalar seni bu axvolda ko'rganlaridan ko'ra men o'lganim ancha yaxshiroq

Jk: nimaga? Nima boʻldi? Tinchlikmi?

Tae: oyoqlaring koʻrinyapti! Avval uzunroq shim olasam keyin boramiz kasalxonaga!

Jk: hoy sen jinnimisan? Orqangdan chelak-chelak qon oqyapti sen meni shortigimni gapirasan

Tae: rashkim bilan oʻynashma Jungkook. Bu kiyimda bormaysan dedim

Jungkook Taehyung battar boʻlmasin deya avval uzun shim oldi. Ammo qarasani ustidagi kiyimga bu mos emas. Ustiga ham mosroq qilib sotib oldi

Mashinaga mingach Taehyungni yuzidan nur yogʻilib turibdi. Jungkook hayron

Jkpov: orqasidan qon oqayotgan odam ham kuladimi hech zamonda?

Jkpov: orqasidan qon oqayotgan odam ham kuladimi hech zamonda?

Tae: mana bu boshqa gap. Endi hayda yoʻqsa oʻlib qolishim mumkin

Jk: joningdan poʻlatdan ekan oʻlmaysan. Oʼlsang seni qayerga koʻmaman?

Tae: labing va yonogʻing oʻrtasida kulgich degan joy bor. Ana shu yerga meni koʻm

Jk: u yer band

Taehyungni kulgan yuzi birdan oʻzgardi. Jungkookni jagʻidan mahkam siqdi va jal aralash soʻradi

Tae: kim bor u yerda? Sevgilingmi?

Jk: birinchidan qoʻyib yubor meni! Ikkinchidan kimni sevish sevmasligimni sen hal qilmaysan!

Tae: u kim?

Jk: qiziqma! Yaqinimni kulgichimga emas qalbimga koʻmganman

Jungkook zarb bilan Taehyungni qoʻlini olib tashladi. Taehyung joni ogʻrigan boʻlsada Jungkookning qalbidan joy egallagan odam kim ekanligiga qiziqdi. Ammo bilardi! Jungkook ossonlikcha sevib qoladigan inson turi emas. Axir u kimsan Jeon Jungkook. Oʼzidan oʻzgasi qiziq boʻlmagan, har doim aytganini qildirgan, buyruqlari soʻzsiz bajarilgan oʻsha erkatoy. Ammo xafa boʻlsa juda jim boʻlib qoladi. Gapirish oʻrniga bosh silkiydi. Etiborsizlikni yoqtirmaydi

Ular kasalxonaga yetib kelishdi. Hamshira va doctorlar chopib kelishdi va Taehyungni operatsiyaga birgan olib kirib ketishdi. Jungkook kutishni istamas ammo Taehyung tez chiqib qolsachi degan oʻy bor edi va shu sabab qoldi. 2 soat deganda doctorlar chiqib kelishdi. Jungkook bamayli xotir oʻrnidan turib gapirdi. Ammo oʻzini bu xolatga keltirish uchun 1 soat urundi. Oʼzini beetibordek koʻrsatish uchun

Kasalxonada bu kishim

Jk: nima boʻldi? Axvoli yaxshimi?

Dc: axvoli yaxshi lekin parvarish kerak. Kimdir unga har doim qarashi kerak. Juda kuchi inson ekan narkozda ham qoʻrqmadi. Nimadirni oʻylab bir nuqtaga qarab yotdi

Jk: ha mayli men unga hamshira yollayman. Sizlarda ortiqcha hamshira bormi?

Dc: ha albatta bor. Bemorni oldiga kirsangiz boʻladi. Palataga olamiz hozir

20 daqiqadan soʻng Taehyungni palataga olishdi. U yuzini yostiqqa berib jim yotar va Jungkook kelishini kutardi

Uxlamayapti va yuzi yostiqqa qaragab

Jungkook kirib keldi va stulga oʻtirdi

Jk: koʻpi bilan 2 haftada tuzalasan. Senga hamshira yolladim. U senga qaraydi. Meni ishlarim bor 1 oydan keyin kelaman. Dekan bilan oʻzim gaplashaman sen xavotir olma. Meni uyimda qolishing mumkin agar istasang oʻz uyingga bor

Tae: ketmaysan! Senga ruhsat bermadim!

Taehyung qiynalsa ham oʻrnidan turdi

Jk: menga hukmingni oʻtkazma. Ishim bor dedim. Yana seni ruhsating menga kerak deb oʻlaysanmi? Meni qutqarib qolganing seni aytganingni qilishimni anglatmaydi!

Tae: odatda koʻzlar aldamaydi deyishadi. Seni koʻzing tilingdan ham battar yolgʻonchi, shuni bilasanmi? Yarim soat avval yigʻlayotgan koʻzing bilan hozirgi hissiz koʻzingni farqi bor sevgilim

Jungkook Taehyungga qanday javob qaytarishga biroz o'ylanib qoldi, chunki uning so'zlari haqiqat edi.

Jungkook: Nima nima men hech qachon kim uchundir yig'lamayman tushundimgmi. Menimcha sen alaxsiragan ko'rinasan ha ha bu aniq shuncha qon yo'qotgach bunday bo'lmagan narsalarni ko'rdim deb o'ylashing tabiy hol. Shunday ekan dam ol. Yo'qotgan qoningni tiklab olishing kerak ekan men esa ketdim.

Jungkook yurib xonadan chiqib ketar ekan Taehyung uni qo'lidan maxkam ushlab oldi. Taehyungni jaxli chiqgan holatda

Taehyung: Sen ketishing mumkin emas.

Jungkook: Nima qilishimni menga o'rgatma

Jungkook Taehyungdan qo'lini tortib olib uni ortga itardi. Shu payit Taehyungning yuzidagi reaksiya qo'rquv aralash kuchli havotirga almashdi. U Jungkookning oldiga tezlik bilan yaqinlashdi. Taehyungning bu ishidan Jungkook hatto qo'rqib ketdi. Taehyung tezda Jungkookni oldiga kelib uni ko'tarib oldi.

Jungkook: N-nima qilayabsan ahmoq meni yerga qo'y

Taehyung unga quloq solmay uni kravat ustiga o'tkazdi va o'zi xonadan chiqib ketdi. Jungkook nima bo'lganiga tushunmay ham qoldi.

Jungkook: Nima u rostan ham telbami?

Taehyung xonaga qo'lida birinchi yordam qutisi bilan qaytib keldi. U Jungkookni oldiga kelib uning chap qo'lidagi ko'ylagining yengini yuqoriga ko'tardi. U yerda kichik oyna bo'lagi tegishidan paydo bo'lgan arzimaga jaroxat bor edi, ammo bu Taehyung uchun bu katta fojiya edi. U Jungkookni yarasini tozalab bog'lay boshladi Jungkook esa juda hayratda edi qanday qilib shuncha jaroxat olib ham og'riq sezmagan odam kichik bir yara uchun shunchalik hafa bo'lishi mumkinmi? Jungkookning hayotida hali hech kim u uchun Taehyungchalik qayg'urmagandi. Bu esa Jungkookda ayibdorlik hissini kuchaytirar edi.

Jkpov: yoʻq yoʻq yoʻq bu narsaga men uchmayman. Ammo aniq bildimku bu sogʻ emas. Balki shirin gapirilgan yolgʻonga uchar. Sinab koʻrish kerak.

Jungkook ikkinchi qoʻli bilan Taehyungni yuzidan ushladi. Taehyung joyida qotib qoldi. U buni juda istardi axir. Taehyung unga qaradi

Jungkookning yuzida nim kulgu. Ammo Taehyungning Jungkookka boʻlgan telbalarcha sevgisi koʻzidagi ayyorlikni koʻra olmadi

Jk: Taehyung sen men haqimda koʻp qaygʻurding. Meni kechir seni koʻp xafa qildim bilaman. Qara xattoki sen mendan koʻp jarohat olgan boʻlsang ham mening kichik yaram uchun juda qaygʻuryapsan. Sen oldin ham shunday eding. Nima istasam bajargansan. Men sening menga boʻlgan mehribonchiligingdan sal erkalanib ketdim, buni bilaman. Ammo nima qilay? Sen kabi hech kim men haqimda qaygʻurmagan. Boʻldi endi erkalik qilmayman. Senga ham yuk boʻlmay asabingga tegib

Jungkook ohirgi gaplarida koʻziga yosh toʻlib gapirdi, xuddiki hozir yigʻlaydigandek

Taehyung bu soʻzlardan erib ketdi va Jungkookni quchib oldi.

Yelkalaridan silab, sevgisi oshib yuzidagi mehr-muhabbatni yashirmasdi

Tae: yagonam sen hohlagan erkaliklaringni menga qil. Men hammasiga chidayman. Men sen haqingda har doim qaygʻuraman. Sen esa yigʻlama maylimi? Bu men uchun fojiya. Qara senga yaxshi qaray olmaganimdan jarohat olibsan, bu yaxshi emas. Endi doim birga boʻlamiz. Sen va men, ikkimiz.

Jk: ammo buni iloji yoʻq. Bizni birga boʻlishimizni aslo iloji yoʻq Taehyung. Dadam meni boshqasiga bermoqchi. Fikridan qaytara olmadim. Balki tahdid qilsam bu fikridan qaytar deb oldiga bormoqchi edim ammo sen qoʻymayapsan

Tae: dadangga Kim Taehyung siz bilan boshqacha gaplashadi degin, maylimi?

Jk: Kim Taehyung senga kim? Seni Lee Taehyungsanku

Tae: men oʻsha sen eshitgan Kim Taehyungman. Men oʻzimniki boʻlgan insonni boshqasiga bermayman

Jkpov: reja oʻxshamadi! Bu Koreyalik millioner Kim Taehyungni oʻziku. Endi nima qilaman? Ildizi juda kuchli shaxs boʻlsa. Boyligini shilib olib oʻzini xor qilaman desam. Ammo Kim Taehyungni psixopat deyishadi

Taehyung aslida hech qanday psixopat emasdi. U shunchaki Jungkookni qattiq sevuvchi oddiygina telba oshiq edi holos. Shu paytga qadar barcha Taehyungning faqat qorong'u va sovuq tarafini ko'rgan chunki u o'zining asil sevgisini muhabbatini faqatgina Jungkookga ko'rsatadi holos. Taehyungni nazlida uning bor sevgi va muhabbati faqat Jungkookga tegishli bo'lishi kerak. Taehyungning boyligi qanchalik cheksiz bo'lmasin Taehyungga buning ahamyati yo'qday unga yagona kerakli narsa bu Jungkookning sevgisi holos. Jungkook agar uni sevsa Taehyung u uchun hamma narsani qilishga tayyor. Jungkook Taehyungning asil sevgisini anglagandak bo'lsada hali buni to'liq anglab yetmagandi. U shunchaki Taehyungdan foydalanishni o'yin kulgu qilishni istardi. Shu sababli u bir ayyorlikni boshladi.

Jungkook: Taehyung sen chindan ham Kimsan to'g'rimi? Lee yoki Kim buning menga farqi yo'q Taehyung otam meni boylik va obro' uchun qurbon qilmoqchi lekin men bunday hayotni istamayman menga sevgi kerak boylik emas. Ammo men otamga qarshi chiqa olmayman meni to'g'ri tushun

( me: qarashi chiqa olmasmish😒 yaramas huddi biror martta ota onanga quloq solgandak gapirasana yaramas aktyor)

Taehyung: Yo'q yo'q Jungkook bunday bo'lmaydi seni mendan hech kim ola olmaydi. Bunga yo'l qo'ymayman. Otanga boylik kerakmi bu haqida o'ylamasang ham bo'ladi ertaga u bilan uchrashib barini hal qilaman.

Jungkook: Buni juda istayman lekin Taehyung otam va onam chet elda axir

Jungkook pov: Xix ota onam sen bilan gaplashush uchun kelishmaydi ajoyib reja Jk

Taehyung: Bu muammo emas ertagayoq bo'lajak qaynona qaynotamni Korega olib kelishlarini aytaman.

Jungkook pov: Jin ursin reja ish bermadiku. Naxotki bu telbaning qo'llari Amerikaga ham yetsa

Jk: Taehyung avval men ularni oldiga borib sen haqingda aytay boʻlmasa aytmaganim menga minusga ishlashi mumkin. Ular togʻam yoki bobomga aytishsa men tamom boʻlaman. Ularni sen bilan uchrashishga koʻrdirganimdan keyin ularni Koreyaga olib kelaman yoki sen Amerikaga borasan. Hammasidan oldin togʻam xabar topsa shu xonada qayerimdir singa xolda yotaman

Tae: Togʻang seni uradimi?

Jk: ota-onam ketishgandan soʻng togʻam meni katta qildi. 4 yil oldin esa ish yuzasidan Italiyaga ketgan va hali ham ishi tugamagan. Ammo ishi juda koʻpayib ketyapti. Bobomga aytishsa hassasi bilan boshimga uradi

Tae: seni urushlariga yoʻl qoʻymayman. Sen baribir meniki boʻlasan. Hoʻp togʻang va bobong kim? Men taniymanmi?

Jk: Bobom Jeon Jungwoon togʻam esa Min Yoongi

Taepov: ehhe juda xavfli shaxslarku. Endi chunarli Jungkookim nega bunday shavqatsiz ekanligi. Qush uyasida koʻrganini qiladi

Tae: ha ularni taniyman. Mayli sen Amerikaga borib oilangni men bilan uchrashishga koʻndir keyin men boraman sevgilim

Jk: unda men bugunoq Amerikaga uchaman. Ota-onamga esa mening shiringina boʻlajak turmush oʻrtogʻim haqida aytaman

Jungkook kulib qarab shu gaplarni aytdi va Taehyung erib ketdi. Jungkookni yonogʻidan oʻpib qoʻydi

Jk: endi esa ustimdan tush men narsalarimni yigʻib uchib ketaman. Bu xabarni otam eshitsa kimsan Kim Taehyung uni kuyovi boʻlishidan xursand boʻladi

Jungkook kulib tursa ham ichidan dod solib baqirayotgan edi. Chunki rejasi chippakka chiqdi. Rejasi mutlaqo teskari keta boshladi

Jungkook ketdi. Tashqariga chiqishi bilan rangi oqarib ketdi. Tezda Jiminga qoʻngʻiroq qildi va uyiga kelishini aytdi. Jimin ham tezda yetib keldi

Jimin: nima boʻldi?

Jungkook boʻlgan voqeani aytib berdi. Jimin shockda. Lee Taehyung aslida Millioner Kim Taehyun ekanligini shock qildi

Jimin: Jungkook janozang qachon?

Jk: nafasingni issiq qil xoromi. Endi nima qilaman? Bilib qolsa oʻldirib qoʻyadiku

Jimin: yagona yoʻli bor. Togʻangga qoʻngʻiroq qilib hammasini ayt va bu yerlardan ket. Bobongga men aytaman. Hammasini hal qiladi

Jk: meni tiriklayin koʻmishadi esing joyidami sen bolani?

Jimin: unda Amerikaga borda oilangga ayt. Boshqa yoʻli yoʻq. Oʼz oyogʻingga oʻzing bolta urding men senga qil degan ishimni qilib buyogʻini oshirib yuboripsan.

Jk: men qayerdan bilay bunday boʻlishini?

Jungkook Amerikaga ketdi. Oilasiga hammasini aytdi va otasi unga yaqin kelib........