Mine
Bazmda Jungkookga nutq soʻzlashni berishdi va Jungkook qizi Semmini koʻtarib chiqdi va nutq soʻzlar boshladi
Jk: Oldindan hammaga yana bir bor salom. Men Koreyaga 8 yildan buyon kelmadim. Meni shu darajaga yetkazgan, hohushlarimni soʻzsiz bajargan va oʻzi bilgan hamma narsani oʻrgatgan marhum Vincenzo Cassaniga rahmat aytaman. U meni shu darajada boʻlishimga sababchi boʻlgan insonlardan biri. Meni shu darajaga kelishimga 3 kishi sababli. Birinchisi otam, ikkinchisi sizlar tanigan Koreyadagi eng kuchli mafia Kim Taehyung va soʻngisi Vincenzo. Men ularga alohida rahmat aytaman. Toʻgʻri hozir otam ham Vincenzo ham tirik emas ammo ular meni shu darajaga yetkazishdi. Men hozir baxtliman. Qizim bor, oʻzimga sevgan ishim bor. Hammasi men istagandek. Sizlar bilan tanishganimdan yana bir bor xursandman. Tinglaganingiz uchun rahmat
Taehyung bu gaplarni eshitarkan Jungkook nimani nazarda tutganini bildi. Agar otasi Taehyungdan qarz boʻlmaganida, Taehyung uni otasiga yana pul berib sotib olmaganida, Jungkook shu pullar bilan Italiyaga qochmaganida Jungkook hozir balki oddiy ishchi boʻlardi. Jungkook toʻgʻri aytdi. Bular eng muhum kishilar edi
Jungkook nutqini tugatdi. Pastga tushdi va Melisse yoniga kelib quchoqladi
Taehyungni bundan rashki qoʻzidi. Taehyung Melisseni Jungkookni sevgilisi deb oʻyladi. Melisse yoshiga nisbatan kattaroq koʻrinardi
M: aka uyga ketaylik. Hammamiz charchadek. Semmi ham hozir uxlab qoladi
Jungkook shunday qilib ketdi. Taehyung uyiga bordi va uyidagi hamma narsani buzdi. Jungkookni rasmlaridan boshqa hammasini buzdi.
Jungkookni bitta suratini qoʻliga olib psixlarcha gapirib boshladi va oʻsha rasm
Tae: BILASANMI MEN SENI 8 YIL QIDIRDIM?! SENDAN BOSHQA HECH NIMANI VA HECH KIMNI QALBIM ISTAMADI! AMMO SENI ENDI BOLANG VA XOTINING BOR. AMMO ULARNI SENI YONINGDAN QOLDIRMAYMAN. ULAR BU DUNYODAN KETISHADI. SEN MEN BILAN QOLASAN VA MENIKI BOʼLASAN. MENI BOLALARIMNI...BIZNI BOLALARIMIZNI TUGʼASAN. MENI UYIM SEN UCHUN QAMOQXONA BOʼLADI SENI QANDAYLIGINI BILMAGAN EKANMAN. OTANG ROST AYTGAN EKAN. SENI BOʼYSUNDIRIB BOʼLMAYDI AMMI ENDI ILOJI BOR. SENI BOLANG BU SENI OJIZ NUQTANG
Taehyung shunday deya baqirib psixlarcha kula boshladi. Ammo bu bola Jungkookniki emasdi va u xotinidek koʻringan qiz singlisi kabi inson edi
Bu payt Jungkook qizi Semmini choʻmiltirib qoʻygandi va uxlatishga harakat qilyotgandi. Koʻp oʻtmay Semmi uxlab qoldi va sekin Jungkook oʻrnidan turdi. Ish xonasiga kirib ishini qila boshladi va kechasi 2 da uxlab qoldi
Tongi soat 07:00 Jungkookni yuziga mitta qoʻlchalar urib uygʻotayotgandi. Albatta bu Semmi edi. Bu uyda faqat Semmi shunday qila olardi.
S: dadajon uygʻoning tong otdi. Nonushta qilishingiz kerak. Biz sizni kutyapmiz. Turing dada
Jk: qizalogʻim biroz uxlay. Kel sen ham yonimga
Semmi bunga qarshilik qilmasdi. U Jungkookni quchogʻiga kirib oldi va quchoqladi
Jungkook Semmini yuzidan oʻpib qoʻydi ular yana 1 soat uxlashdi. Keyin Jungkook turib yuz qoʻllarini yuvib dush qabul qilib chiqdi. Keyin Semmi bilan garderobiga kirdi Semmi unga kiyim tanlab berdi. Jungkook ham shularni kiydi. Har kuni Semmi Jungkookga kiyim tanlardi va Jungkook shu kiyimlarni kiyardi. Semmini didi juda ham yaxshi edi
Jungkook Semmini bogʻchaga tashlab qoʻydi va officega ketdi. Uning hamkori kim ekanligini bilish qiyin emas. Albatta bu Kim Taehyung. Taehyung Jungkookni soat 07:00 dan beri kutyapti. Ammo Jungkook bamaylihotir kelyapti
Jungkook officega kirib borar ekan hamma unga tazim qilib salom berishardi va kotibasi keldi
K: Janob Jeon sizning yangi hamkoringiz xonangizda kutyapti
Jk: oh ajoyib oʻlja oʻz oyogʻi bilan kelganini endi koʻrishim bizga ikkita muzli americano olib kel
Jungkook bugun boshqacha edi. Juda ham chiroyli kiyingandi. Oldingiday emas
U xonaga kirdi va Taehyung oʻtirganini koʻrdi
Jk: Salom Janob Kim kuttirgan boʻlsam uzur
Tae: Seni 8 yil kutdim. Bular hech nima emas
Jk: Menimcha siz menga yangi hamkorsiz
Tae: ha ammo nomzodlar koʻp edi
Jungkook shunday qilib ish haqida suhbatlashdi va hamkorlik hujjatlarini imzolashdi
Jkpov: Men kechagi bazmda uni koʻrdim. Meni shu darajaga keltirgan eng asosiy insonni. Ammo u qizimni koʻrib yuzida xafalik bor edi. Men qizimni ovqatlantirib oʻtirganimda Thailandlik mafia qiz kelin gap ota boshladi. Men bunday narsalarni yomon koʻrardim. Hattoki Vincenzo meni sevgan boʻlsa ham hech qachon menga teginmagan ammo u menga shunday deb turibdi. Men unga ketishini aytdim. Ammo u ketmadi. Men qizimni Changa berib uni bogʻib obroʻsini bir pul qiladigan gaplarni aytdim. Hammani koʻzi bizda edi. U menga hech narsa deyolmadi. Keyin menga nutq soʻzlashni aytishdi. Men ham nutq soʻzladim. Ammo yana oʻsha odam gʻalati edi. Men nutqimni tugatib pastga tushdim va meni singlimdek boʻlgan qiz yani Melisse kelib meni quchdi va ketishini hohlashini aytdi. Men ham biroz charchganim uchun rozi boʻldim va ketdim. Qizimni choʻmiltirib uxlatishga xarakat qildim. Qizim uxlagandan keyin oʻzim ishlarimni qildim. Ertalab meni qizalogʻim Semmi uygʻotdi ammo men u bilan yana 1 soat uxladim. Keyin yuvinib chiqdim va Semmi menga kiyim tanlab berdi. Semmini didi juda ham yaxshi edi. U menha nimani tanlasa hammasi menga yarashardi. Keyin nonushta qilib Semmini bogʻchaga tashlab oʻzim ishga ketdim. Kelganimda kotiba menga yangi hamkor kutayotganini aytdi. Men oʻsha odam boʻlsa kerak deb oʻyladim va toʻgʻri oʻylagan ekanman. Xonaga kirganimda u meni kutardi. Men kechikganim uchun uzur soʻray boshladi ammo u yana asabimni buzib qochib ketganimni shama qilib boshladi. Men mavzuni ishga burdim va biz uzoq suhbat qurdik
Taepov: Men ertalabdan oʻzimga qarab Jungkookni ishxonasiga yoʻl oldim. Uni xonasida kutdim. U 1 soatga kechikib keldi. U kechikgani uchun uzur soʻradi ammo bu 8 yilni oldida hech narsa edi. Men ham unga shuni aytdim. U esa mavzuni ishga burdi. Men uni tinglar ekanman hattoki eng tajribalilar ham Jungkookdek aqlli emasdi. U buncha narsani qayerdan biladi? Kim unga bu narsalarni oʻrgatgan? Mendan 10 yosh kichik sevgilim mendan aqlli!