Tanxo qirolicha
Taehyung xonaga kirdi. Qarasa Jungkook kiyimini alishtirayotgan ekan
Taehyung sekin borib orqasidan quchoqladi. Jungkook bu inson kimligini bildi. Axir Taehyungdan boshqa kimning ham Jungkookni quchoqlashga qurbi yetadi?!
Jk: biroz sevgilim. Siz ham uxlaysizmi? Axir bugun doʻstingiz kelishiga siz ham koʻp tayyorlarlik koʻrdingiz
Ular yotoqga yotishdi. Har galgidek Taehyung Jungkookni quchoqlab yotardi
Jk: nega sendan boʻlak hech kimim yoʻq degansiz? Doʻstinlaringiz, hamkorlaringiz, davlatingiz, joriyalaringiz borku
Tae: doʻstlarim xotinimga koʻz olaytiradigan darajada pastkash! Hamkorlarim mendagi bor narsaga oʻch shoqollar! Davlatim mensiz ham boshqariladigan joy! Joriyalar mening mansabim uchungina sevadigan bir ifloslar! Sen esa meni har qanday holatimda ham sevadigan, menga mehr beradigan, xiyonat qilmaydigan va menga yolgʻon gapirmaydigan olmosimsan. Mening tanxoyimsan. Tanxo qirolichamsan. Esingda tut! Sen mening tanxo qiriolicham boʻlib qolasan! Sendan boʻlak hech kim mening jondan ortiq sevgan qirolicham boʻlolmaydi
Jk: nega meni saroydan tashqariga chiqarmaysiz? Ayniqsa oʻrmonga?!
Tae: seni mendan olib qoʻyishadi. X seni mendan olib qoʻyadi. U 3 yil oldin ham olmoqchi edi.
Tae: X mening hamkorim edi. 3 yil oldin men qoʻshni mamlakatdagi qirollarni taklif qilmay senga uylanganman. U esa meni koʻrish uchun kelgan. Ammo oʻshanda bogʻda seni koʻrib qolgan va seni berishni soʻragan. Evaziga oʻzining yerlaridan 1/3 qismini va har qaysi dardga davo boʻladigan giyohni berishini aytgan. Ammo men seni bermaganman. X bilan shundan keyin dushmanga aylandik. U seni oʻgʻirlash uchun oʻrmonga va shaharga aygʻoqchilar qoʻygan. Sen oʻrmonga borishing bilan uning odamlari seni oʻgʻirlaydi. Seni tutib kelgan insonga ogʻirligingdan 3 barobar koʻproq oltin berishni vada qilgan. Shu sababli hamma seni izlaydi. Men seni bekorga saroydan chiqarmayman. Ammo sen doim mendan xafa boʻlasan
Jk: kechiring....men bilmagandim. Ammo men kuchlimanku
Tae: sen kuchlisan ammo ular ayyor. Tuzoqlar bilan seni tutib olishadi. Manavi Dante ham uncha yoqmayapti. Senga taqinchoq olib kelibdi. U odatda biror insonga oʻz qoʻllari bilan sovgʻa bermaydi
Ular ikkisi uyquga ketdi. Yarim tun..soat tahminan 3. Jungkook sekin oʻrnidan turdi va kiyimini kiyib Dantening xonasiga yoʻl oldi.
Dante qattiq uxlab yotardi. Oldiga esa bir joriya ham uxlardi. Jungkook sekin Danteni koʻtarib oldi va derazadan oshib tushdi. Bu yaqin orada soqchilar ham kam. Jungkook hammasini oldindan reja qilgan va Dante uchun shu xonani tanlagan.
Jungkook Danteni koʻtarib oʻrmonga yoʻl oldi. Jungkook kampir bergan uzukdan soʻng kuchi 3 barobarga ortgandi va bir insonni ham koʻtarib olib yugura olardi.
Ular oʻrmonga yetib kelishgandan soʻng Jungkook Danteni yerga otib yubordi. Dante bundan uygʻondi. Ammo qarshisida ajaldan ham qoʻrqinchi boʻlib Jungkook turardi. Dante qanday qilib bu oʻrmonga kelib qolgani va qarshisida Jungkook turganiga aqli yetmasdi.
Dn: bu nima qilganing? Sen men bilan ketmoqchimisan? Shuni sekin, muloyimlik bilan aytsang boʻlardiku
Jk: men sen bilan ketmayman. Seni boshqa joyga yuboraman
Jungkook yana barmogʻini shaqillatdi va oʻsha ulkan yoʻlbarsga aylandi. Dante buni koʻrib yuragi tovoniga tushdi. Chunki u umrida bunchalik katta yoʻlbarsni va odam ham yoʻlbarsga aylanishini endi koʻrishi edi. Ammo Jungkook Dantega panjasi bilan hujum qildi. Panja katta boʻlgani uchun Danteni bosib qoldi va nafas olishi qiyinlashdi. Dante bor ovozi bilan baqirdi. Jungkook esa kimdir kelib qolmasin deya Danteni yeb yubordi
Jungkookning yoʻlbarsligi tutib Danteni yeb qoʻydi. Hattoki suyagi ham qolmadi. Jungkook yana odamga aylandi
Jk: Taehyungga xiyonat qilish va sevgilimni psix deyishning oqibati shu. Taehyungim doʻstlarim pastkash deb aldamagan ekan. U aslida menga hech qachon yolgʻon gapirmagan va yomonlikni tilamagan. Men ahmoq esa tushunmaganman
Jungkook shunday deya yana yugurib ketdi. Jungkook ancha oʻzgargandi. Avvalgidan kuchliroq, chaqqonroq va vaxshiyroq boʻlib qolgandi. Bu uzukning asorati edi. Jungkook haq. Taehyung unga aslo yolgʻon gapirmagan va yomonlik tilamagan edi. Qafas esa Jungkookni olamdan emas unga yomon koʻz bilan qaraydigan, uni Taehyungdan olmoqchi boʻlgan, Jungkookka hirs va chiroy uchun oʻziniki qiomoqchi boʻlgan pastkash va nomardlardan asrash uchun Taehyung yasattirgan. Ammo buni hech kim tushunmagan, rafiqasini jonidan ortiq sevgan qirolni psix deya atashgan. Ammo buning maʼnosi umuman boshqa edi
Jungkook oʻzining xonasiga yaqinlashar, qarasa hamma oyoqqa turgandi. Jungkook Taehyung Danterni yoʻqligini bilib qoldimi deya oʻylab, qoʻrqardi. Ammo bir joriya yugurib keldi
J: tanxo qirolicham...tezroq qirolning oldigs boring. Sizni jinnidek qidirib yuribdi. Ancha soqchini ham oʻldirdi. Tezroq boring
Jungkoon tezda Taehyungni oldiga bordi. Qarasa rostan ham yoʻlakda 20 ta soqchini kallasi yotardi. Ularning qarshisida Taehyung qilichini ushlab, usti qonga belangancha turardi. U boshqalarga baqirardi
Tae: SENLAR QAYOQQA QARADING? QIROLICHAM QAYOQQADIR YOʼQ BOʼLIB QOLGAN BOʼLSA...SENLAR NIMA QILIB TURIBSAN? NEGA HECH BIRING UNI KOʼRMAGANSAN? YONIMDA YOʼQKU..QAYERGA KETADI?
Jungkook shunsay deyishi bilan Taehyung unga qaradi. Qarasa Jungkook soppa-sogʻ holda undan sal uzoqda edi
Taehyung qilichini tashlab Jungkookning olsiga yugurdi va uni quchoqladi. Shunchalik quchoqladiki bundan qoʻrqgani va qattiq xavotir olganini bilsa boʻlardi. Taehyung Jungkookni yuzidan ushladi va
Tae: qayerda eding? Nega yarim tunda ketib qolding? Qoʻrqib ketganimni bilasanmi? Yaxshimisan? Senga hech narsa qilmadimi?
Jk: ha yaxshiman. Chanqagandim..suv ichish uchun ketdim. Mana qaytdim...men yaxshiman. Xavotir olmang
Tae: qoʻrqitub yubordingku tanxoyim
Taehyung shunday deya Jungkookni koʻtarib oldi va xonaga qaytdi. Tanxo qirolichaning qaytgani ancha insonni hayotini saqlab qoldi. Soqchilarning qolgani oʻlib ketaman deb oʻylagandi ammo Tanxo qirolicha kelib ularning umri uzaydi va hamma oʻz ishiga qaytdi
Ular xonaga kirishdi. Jungkook Taehyung nimadir qilishini sezar ammo u nima qilishini bilmasdi. Taehyung Jungkookni yotoqqa yotqizdi. Jungkook ham qoʻrqgancha indamay yotaverdi
Jungkook ancha oʻzgardi. Taemin balki rost aytgandir. Oldingi Jungkookdan asar qolmadi. Lekin Taemin aytgan ishni hech biri boʻlmadi. Taehyung Jungkookni qafasga solmadi, kishanlamadi. Uni urmadi, xafa qilmadi. Balki gap Jungkook Taehyungga yaxshi gapirishidadir?! Taehyung Jungkookni qoʻlini arqon bilan bogʻladi va oʻzining boʻynidan oʻtkazib yotdi. Oyogʻini esa oʻzinikiga qoʻshib bogʻladi. Bu holatda Jungkook chiqib keta olmaydi
Jk: heyy TaeTae! Nega unday qildingiz?
Tae: sen yana ketib qolmasliging kerak. Men oʻlib qolay dedim. Boshqa unday qilma! Yuragim yorilib oʻlganimda nima boʻlardi?
Jk: siz oʻlmaysiz. Agar oʻlsangiz men oʻzgasini qirolichasi boʻlaman
Tae: yoʻq! Oʼlmaslikka qaror qildim..albatta sendan oldin
Jk: men birinchi oʻlsam nima boʻladi?
Ular shu bilan uxlashdi. Erta tong hamma yoq yana shovqin. Bundan Jungkook uygʻondi. Qarasa Taehyung hali ham uni quchoqlagancha uxlardi. Jungkook Taehyungni mehr ila oʻpib uygʻotdi
Jk: TaeTae nimadir boʻlyapti? Hamma yer shovqin
Taehyung Jungkookni qoʻlini va oyogʻini yechdi. Tashqariga chiqsa Dantening odamlari uni qidirib yurishardi
Taehyungni baqirishidan hamma tinchlanib joy-joyiga turishdi
O:Shaxzodamiz xonalari yoʻq. Butun saroyni koʻrdik...uni topa olmadik
Jk: TaeTae tinchlaning...balki ketgandir
O: qirolicham...u bizsiz ketmaydi. Oti ham joyida turibdi. Narsalari ham ammo oʻzi yoʻq
Butun kun davomida hammq Danteni qidirdi. Oʼrmonda juda ham koʻp qon toʻkilgan va Dantening kiyimlari ayni oʻsha yerda edi. Jungkook shoshilganidan bu yerni tozalashni unutgandi
Jkpov: ahh men ahmoq. Tozalashni unutibmanku. Taehyung sezib qolsachi
O: bu shaxzodamizning libosi ammo u yirtilgan
Taehyung libosga qarar ekan libosda katta tirnalgan iz bor edi. Taehyung oʻrmonda qandaydir mahluq paydo boʻlganini bilardi ammo hech kim uni koʻrmagandi. Lekin oʻsha mahluq burnini tagida ham emas, quchogʻida yashardi. Bu mahluq Jungkook edi. Mahluq ham emas, shunchaki yoʻlbarsga aylanadigan odamzot edi
Tae: bu oʻsha mahluq! Mening saltanatimda qandaydir mahluq paydo boʻlgan. U Dante ham yeb ketibdi
Hamma qoʻrqib qoldi. Bu haqida hamma bilardi, ammo mahluq endi qoʻrqinchi boʻlib qoldi
Oradan kunlar oʻtardi. Dantening odamlari ham tinchlikni buzmay ketishdi. Taehyung oʻsha mahluqqa qiziqardi. U qanday koʻrinishdaligi uni oʻylantirardi. Ammo rafiqasi Jungkook uni doimi hursand qilardi
Bu tun Jungkook Xning oʻsha odamlarini ovlash uchun chiqdi. Qorongʻu oʻrmonda yoʻlbars unchalik koʻrinmasdi. Jungkook endi hujum qilmoqchi edi ammo....