May 20

Mafia world

2-qism

Bundan 10 yil oldin. Jungkook oʻsha kun poygaga keldi. Jungkook mahoratli poygachi edi. Uni poygalar qiroli deb atashardi. Hech qachon yutqazmagan poygachi edi. Shu kun poygaga Taehyung ham keldi. Taehyung koʻrgan ilk kishi bu Jungkook edi. Mashinaga suyangan, poyga kiyimida va meyoridan oshgan chiroy bilan. Uning chiroyi meyoridan oshgan edi

Taehyung shunda doʻstidan soʻradi

Tae: bu bola kim?

X: bu poygalar qiroli. Uning taxallusi Ace. Ammo uning ismini bilmaymiz. Lekin juda ham chiroyli va boyvachcha bola. Otasi dunyoning eng yirik biznesmeni. Boyligini tasavur ham qilolmaysan. Hattoki hokim ham u bilan oʻylab gapladi. Eshitimcha otasi kompaniyaning 10 % aksiyaga egalik qilar ekan. Qolgan 90 % Aceniki ekan. Balki haqiqatdir ammo buni koʻplar mish-mish deyishadi. Eng oddiy poygaga ham 10.000 $ tikadi. Ammo hech qachon yutqazmagan. Oshiqlarini sanasang hech tugamaydi. U boydir lekin inda kibr yoʻq. Mehribon va saminiy bola. U bilan koʻp suhbatlashganman. Yoshi 20 da. Oyisini va akasini yoshligida oʻldirib ketishgan ekan

Tae: nima? U shunchalar mashhurmi? Sen uni shuncha tariflading. Hech kimni bunchalik tariflamagansan

X: hoy axir bu Ace. Poygalar qiroli. Hech kim u meni sevgilim deb ayta olmaydi. U hammani rad qilgan.

Tae: u meniki boʻladi

X: tushingdami? Unga erishish ossonmi senga? Axir u oʻz nomi bilan Ace. Seni pisand ham qilmaydi

Tae: eh doʻstim meni yaxshi bilmaysan men...

X: seni yaxshi bilaman. Aceni ham. Ace sen kabi telbaga aslo rozilik bermaydi. U sen kabilarni yomon koʻradi. Sen mafiasan. U mafiani yoqtirmaydi. Demak u seniki boʻlolmaydi

Ammo Jungkook hammasini eshitib turardi. Jungkook eshitardi ammo oʻzini eshitmaganlikka olardi. Shu payt Jungkookning doʻsti keldi.

X: salom Ace

Jk: salom. Bugun yangilar bormi? Yoʻq boʻlsa ketaman

X: bittasi oʻzini doʻsti bilan kelibdi. Ortingda turibdi

Jungkook ortiga qaradi. Taehyung va uning doʻsti turardi. Jungkook Taehyungga ishira qilib

Jk: shumi?

X: ha. Men hozir gaplashib kelaman

Jungkookning doʻsti borib ular bilan gaplashishni boshladi

X: salom sen yangimisan?

Tae: ha. Sen gapirgan bola kim? Koʻrinishidan poygachiga oʻxshadi

X: u Ace. Uni yegolmaysan. Mayli hohlasang oʻynab koʻr. Qancha tikasan?

Tae: 15.000 $

X: ohho sen ham boyvachchamisan? Xuddi Acega oʻxshab. Mayli men Acega aytay

U shunday deya ketdi. Borib Jungkookka aytdi. Jungkook ham past ketgisi kelmay 30.000 $ ni tikdi. Jungkook raqibidan koʻproq pul tikadi. Bu u uchun odat

Poyga boshlandi. Jungkook va Taehyung bir- biridan oʻzishga urunishardi. Poyga juda ham qiziq edi. Ammo gʻolibni kim boʻlishini hamma bilardi. Bu safar ham Jungkook gʻolib boʻldi. Uni olqishlashdi. Jungkook Taehyung tikkan pulni olmadi. Chunki u mafia ekanligini bildi. Shu sababli ham olmadi.

Jk: men ketdim

Jungkook endi ketmoqchi edi Taehyung yoʻlini toʻsdi. Jungkook unga hayron qaradi

Tae: men Kim Taehyungman. Seni isming nima?

Jk: Ace...meni Ace deyishing mumkin. Meni hamma shunday chaqiradi, Taehyung

Tae: asl ismingni soʻradim? Men ham senga asl ismimni aytdimku

Jk: keyingi safar koʻrishganimizda aytaman. Hozir ketishim kerak

Jungkook shunday deya oʻzining qimmatbaho mashinasiga minib ketdi

Hozirgi vaqt!!!!!!

Jkpov: men hali hamon seni sevaman Taehyung. Ammo seni qilgan xiyonating oʻz oʻngimdan ketmaydi. Hamma narsani kechirishim mumkin ammo xiyonatni kechirmayman. Seni sevishim rost. Ammo nafratim, gʻururim shu sevgimni koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi. Sehunni aslo senga yaqinlashtirmayman. Sehun bilan meni boshqarishing, yana oʻzingga qautarishing mumkin. Men esa xiyonatkorlarga aslo qaytmayman. Qanchalik sevmayin qaytmayman. Chunki bir marta qilingan xiyonat yana qayta qilinadi. Hahahahhaha qanaqa bir marta. Sen bilan 2hafta ajralganimizda har tun 2 tasi bilan boʻlgansanku. Bir marta emish yana. Men boshida toʻgʻri oʻylagan edim, shunchaki foydalanadi deb. Toʻgʻri oʻylabman.

Jungkook shu oʻylar bilan xonasiga chiqdi. Sehunni quchoqlab uxladi

Lekin mafia olamining yana bir qiroli hamon uxlagani yoʻq. Taehyung mast holatda xonasidagi devorda osilib turgan Jungkookning katta suratiga qarab gapira boshladi.

Tae: yagonam...sen hursandsan a? Meni azoblab hursand boʻlyapsanmi? Nega meni tushunmaysan? Azir oradan 10 yil oʻtdi. Seni sogʻinmagan, seni oʻylamagan kunim boʻlmadi. Seni uchratgan ilk kunimdan beri sendan oʻzgasini oʻylamayman. Toʻgʻri nafsimga yengildim. Ammo bu degani meni tashlab ketish kerak degani emasku. 10 yil...10 yil boʻldi. Sen menga qarab biz endi sevishganlar emasmiz deganingga 10 yil boʻldi. Balki yetar?! Charchamadingmi? Ammo men charchadim. Juda charchadim. Men bir bora seni quchogʻingda uxlash uchun borimni beraman. Ammo seni...seni oʻgʻling bor. Sen meni yetarlicha azoblab boʻldingku. Bu bola ortiqcha edi. BU BOLA ORTIQCHA EDI. MENI AZOBLASH UCHUN ORTIQCHA EDI. BU KOʼPLIK QILDI. SENING FARZANDING MENGA KOʼPLIK QILDI. BOʼLDI BOʼLDI YETAR. BAS QIIIILLL....bas qil iltimos. Yana qachongacha chidayman?! Sen oldimdasan, ammo tega olmayman. Yuragim qattiq ogʻriydi Jungkook. Balki sen meni endi sevmassan, nafratlanarsan. Mayli sevma, ammo nafratlanma. Buni oʻylasam yuragim tinmay yigʻlaydi. Sen oʻshanda menga qarab sen telbasan deganding...HA HA TELBAMAN MENI TELBA QILGAN SEN. HAMMASI SENI AYBING. MENI TINCH QOʼY DEMAGANIMGDA BUNDAY BOʼLMAS EDI. MENGA AYBI YUKLAMA. SEN HAM OPPOQ EMASSAN. SEN KOMAGA TUSHGANINGDA SENI OLDINGGA KIRMOQCHI BOʼLGANIMDA MENI YOʼLIMNI TOʼSISHARDI. OTANG HAMMASI SENI AYBING SEN BOʼLMAGANINGDA YAGONA OʼGʼLIM BU HOLATDA BOʼLMASDI DERDI.....

Taehyung hamma narsani ostun-ustun qildi. Keyin esa telbadek kula boshladi. Kulgudan birdan toʻxtadida suratga yaqin kelib uni siladi

Tae: yagonam sen qoʻrqma! Men biroz asabiy edim. Sen mendan xafa boʻlma. Men senga ziyon keltirmayman. Qara bular oddiy narsalar, shishalar, taxtalar. Bular oddiy

Taehyung yana kula boshladi. Buni eshitgan xizmatkorlar esa qaltiragancha jim eshitardi. Ammo bir tomondan xoʻjayiniga rahmi kelardi. Bu yerda 20 yildan oshiq ishlaydigan bir xizmatchi bor edi. Taehyung uni hurmat qilardi. Taehyung unga hammasini soʻzlab berardi. Eng koʻpi esa Jungkook haqida. Taehyung bazan Jungkook bilan biroz xafalashib qolsa yoki Jungkook chet elga chiqishga majbur boʻlsa Taehyung horgʻin boʻlib qolar va hammasini oʻsha xizmatkorga aytardi. Xizmatkot ayol eshikni taqillatib ichkariga kirdi. Taehyung uni koʻrdi va koʻzidagi yoshga qaramay oʻsha ayolni quchoqladi

Tae: Sena xola...men qiynalib ketdim. Ayting nima

Tae: Sena xola...men qiynalib ketdim. Ayting nima qilsam Jungkook meni kechiradi?! Axir oradan 10 yil oʻtdi nega Jungkook oʻziga meni yaqinlashtirmaydi? Axir afsusdamanku

Sena ham Taehyungni quchoqlab yupatdi. Taehyung esa tinmay yigʻlardi

Sn: Taehyung bolajonim uni ham tushun. U senga xiyonat qilmadiku

Tae: uni...uni oʻgʻli bor xola

Sn: balki asrab olgandir

Tae: asrab olsa Jungkookka bunchalik oʻxshamasdi. Qarang bu Sehun. Jungkookning oʻgʻli

Taehyung shunday deb telefonidan Sehunni suratini koʻrsatdi. Sena ham hayron qoldi. Chunki rostan ham Sehun Jungkookka oʻxshardi

Sn: balki qasosdan shunday qilgandir. Taehyung esla unga erishish uchun nimalar qilding? Nimalarni boshingdan kechirmading? Sal qolsa oʻlarding.

Tae: xola ammo hammasiga oʻzim aybdorman. Nafsimni tiyganimda Sehun boshqasidan boʻlgan bola emas mendan boʻlgan bola boʻlardi. Jungkook mafiani yomon koʻrardi, ammo hozir mafialar qiroli. Odamlarni xafa qilishni istamaydigan odam hozir chaqaloqni kiprik qoqmay oʻldira oladi. Meni deb boʻldi

Sn: boʻldi bolajonim tinchlan. Ertaga Jungkook bilan gaplashaman sen yigʻlama

Tae: rahmat xola

Sn: qani hozir uxla. Ertaga ishga borishing kerak

Taehyung ham indamay yotib uxladi. Sena xonim yosh xizmatchi qizlarga uning xonasini yigʻishtirishni va oʻrniga yangi buyumlar qoʻyishni buyurdi

Q1: oʻsha Jungkook kim boʻlsa ham unga havas qilyapman! Uni kimdir jonidan ortiq sevadi

Q2: ammo janob telba. Jungkook unga chidolmasa kerak

Q3: Jungkook mafia qiroli. Jungkook janobimizdan battar

Shu bilan suhbatni yakunlab xonadan chiqishdi. Erta tong Taehyung boshi ogʻrib uygʻondi. Kecha koʻp ichgani uchun boshi yomon ogʻrirdi. Dori ichdi va kiyinib ketdi

Boshqa soqchi esa Senani Jungkookni oldiga olib bordi. Jungkook allaqachon ishda edi. Sena kelganini eshitin uni kiritdi. Chunki Senani tanirdi va yoshini hurmat qilardi

Jk: xush kelibsiz Sena xonim

Sn: xush vaqt boʻl Jungkook

Jk: Asak! Men Asakman!

Sn: ancha oʻzgaribsan. Men bilgan Jungkook qani?

Jk: hamma ham oʻzgaradi Sena xonim. Bir paytlar sendan boshqasini koʻzim koʻrmaydi degan inson 2 haftaga meni tinch qoʻy deganimda menga qilgan xiyonatini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Bir marta emas har kecha

Sena hayratda qoldi. Chunki Taehyung unga bularni aytmagandi. Xiyonat qilganini aytgandi lekin har kuni demagandi