June 12

Mafia world

7-qism

Jungkook komaga tushdi. Janob Jeon Taehyungni oʻgʻlini oldiga kiritmadi va oʻzi kirdi

J.j: bolajonim men otangman. Nega unday qilasan oʻgʻlim? Oying va akangdan keyin sen ham meni tashlab ketmoqchimiding? Sendan boʻlak kimim bor bolam. Sen ham meni tashlab ketsang keyin men nima qilaman.....oʻgʻlim iltimos koʻzlaringni och. Nima hohlasang ham yoʻq demayman. Ammo kechir bolam. Seni Taehyungga bermayman. Axir uni deb sen ahu koʻyga tushdingku. Mendan xafa boʻlma oʻgʻlim. Kun kelib ota boʻlsang meni tushunasan. Bolang uchun hammasiga tayyor boʻlib qolasan. Bola shirin

Janob Jeon yigʻlardi. Axir bittagina oʻgʻli qayoqdagi bir insonni deb shu lanati joyda yotar va qachin uygʻonishini hech kim bilmasdi. Jungkook koʻzlari yumuq va jim yotsada hammasini etishib his qilardi. Otasi yigʻlaganini eshitib u ham yigʻladi. Koʻzlaridan yosh sizib chiqdi. Otasi buni koʻrib uning yoshlarini artdi

J.j: bolam sen aslo yigʻlama. Men xafa boʻlaman. Bolam sen ketma hoʻpmi? Men eng yaxshi doctorlarni topaman. Sen bilan avvalgidek yashaymiz. Esingdami? Birga ovqat qilardik?! Bu safar sen uchun oʻzim pishirib beraman. Sen yoqtirgan ovqatingni qilib beraman bolajonim

Hozirgi vaqt!!!!!

Jk: sen bilmaysan! OʼSHANDA MEN SENI XIYONATINGNI OʼZ KOʼZIM BILAN KOʼRIB QAY HOLATGA TUSHGANIMNI BILMAYSAN! MEM HAR BIRINI OʼZ KOʼZIM BILAN KUZATIB BORDIM! BOSHQA BIROV AYTSA HAM ISHONMASDIM....AMMO OʼZ KOʼZIM BILAN KOʼRDIM....SEN ASLIDA BUNDAN BATTARIGA LOYIQSAN!

Jungkook u yerdan ketdi. Ammo rost aytdi. Jungkook Taehyungni xiyonatini oʻz koʻzi bilan koʻrganida ichidan nimalar oʻtganini bilmaydi. Bu xiyonatdan koʻra urib oʻldirgani ming karra yaxshi edi. Jungkook barini kechirardi. Ursa ham, ming hil koʻyga solsa ham. Ammo u xiyonatni kechirmaydi.

Jungkook xonaga kirdi va yana yigʻladi. U ancha vaqtdan beri yigʻlamagandi. Bu safar koʻz yoshiga erkinlik berdi

Jkpov: ishonmasligim kerak edi. Bir oʻlimdan qoldi deb vijdonim qiynalmasligi kerak edi. Nega? Negayam sevdim? Qaysi qilgan gunohim uchun xudo meni u bilan jazoladi? Qaysi biri uchun? Men bu darajada azoblaganadigan gunoh ish qilmadimku. Men yomon inson emasdim! Chaqaloqlarni ham oʻldira oladigan darajagacha kelgan vaxshiy emasdim. Men vaxshiy emasdim! Ammo majbur qilishdi! Yana shu xiyonatga uchramaslik uchun men vaxshiy boʻldim

Jungkook yigʻlar ekan xomaga Sehun kirib keldi. Jungkook tez koʻzyoshlarini artdi. Ammo Sehun sezdi

Sn: dadajon nega yigʻlayapsiz?

Jk: uygʻondingmi oʻgʻlim? Kel

Sehun borib otasini quchoqladi. Jungkook Sehun bilan tinchlandi

Sn: Dada siz yigʻlamang. Boʻlmasa men ham yigʻlayman! Siz eng zoʻr dadasiz. Men sizdan boshqa dadani istamayman. Sizni yaxshi koʻraman dada

Jungkook yana yigʻladi. Sehun uni mahkam quchoqladi. Jungkook Sehunni yoshligini esladi.

Juda ham kichkina va yoqimtiy edi. Kechalari yigʻlasa Jungkook uxlamay qarardi. U Sehun bilan ovunib Taehyungning ishlarini unutardi. Jungkook bir necha yilini ishi va oʻgʻliga sarfladi.

Jk: oʻgʻlim menga vada ber! Hech qachon kimgadir xiyonat qilmaysan! Birovni xafa qilmaysan! Bekordan bekorga insonlarga zarar yetkazmaysan!

Sn: vada beraman dada. Faqat siz yigʻlamang

Jk: hoʻp oʻgʻlim

Jkpov: hech qachon oʻgʻlim xiyonatga uchramaydi. Bolam men his qilgan azobni his qilmaydi. Sehunga zarar yetishiga yoʻl qoʻymayman

Jungkook Sehunni koʻtarib oshxonaga olib bordi va u uchun ovqat qilib berdi. Jungkook boshqalar uchun vaxshiy lekin oʻgʻli uchun dunyodagi eng mehribon ota edi.

Jk: mana oʻgʻlim sen yoqtirgan ovqat. Olaqol yeb ol arslonim

Sn: siz eng zoʻrisiz dada

Sehun ovqatlana boshladi. Bu vaqt Taehyung Jungkookni yana oʻylardi. Uning begʻubor koʻzlaru hayolidan ketmasdi. Hayolida uning gaplari aylanardi. Taehyung unga xiyonat qilmagnicha ular baxtli edi

Jk: Tete qara delfinlar....chiroyliya

Taehyung esa uning koʻziga qaragan va

Tae: ha juda ham chiroyli. Porloq va yorqin

Jk: Tete sochimni nima qilding?

Jk: nima? Rostan shunaqa boʻldimi?

Taehyungni xayolidan Jungkook ketmas va tinmay uni oʻylab u olib kelgan ovqatni sekin yer edi. Bu ovqatni Jungkook tayyorlagandi.

Taepov: seni juda ham sogʻindim Jungkook. Qaniydi vaqt ortga qaytsa...oʻlib ham senga xiyonat qilmasdim. Qaysi kalla bilan men shu ishni qilganman oʻzi? Men hayotim davomida uch insonni sevdim. Ace...Jeon Jungkook...Asak. Men shu 3 kishini sevdim. Ace - poygalar qiroli. Jeon Jungkook - milliarder bisnesmanning yagona oʻgʻli. Asak - mafialar olamining birinchi qiroli. Men shu 3 insondan boshqa hech kimni sevmadim.

Kunlar ketidan kunlar oʻtardi. Taehyungning odamlari uni qidirib yurishar Taehyung esa Jungkookning yertoʻlasidam chiqolmay ovora edi. Bugun yertoʻlaga Sehun kirdi ca Taehyungni qafasda koʻrdi

Sn: siz kimsiz?

Tae: dadangni sevganiman

Sn: dadamni sevgani yoʻq! Siz kimni aldayapsiz? Nega bu yerdasiz?

Tae: dadang olib kelgani uchun shu yerdaman. Sen Sehunsan, shundaymi?

Sn: ha Jeon Sehunman

Tae: Asakning yagona vorisi, oʻgʻli Jeon Sehun. Otangni oʻzisan Sehun

Sn: sizni dadamni ishxonasida koʻrganman. Siz hamkasbi edingiz! Sizni endi esladim

Tae: yaxshi. Sehun meni ozod qil

Sn: qanday?

Tae: eshik oldisa kalit bor. Shu kalitni olib ber

Shu payt Jungkookning odami kelib qoldi. U Sehunni koʻrib

Q: Kichik xoʻjayin. Siz bu yerda nima qilyapsiz? Katta xoʻjayin koʻrmasidsn bu yerdan chiqing

Sn: dadam menga hech nima demaydi. Bu odamni ozod qil

Q: unday qilolmayman. Katta xoʻjayinning buyrugʻi bor. Hohlasangiz otangsizdan soʻrang kichik xoʻjayin

Sehun indamay ketdi. Qoʻriqchi uni olib chiqdi

Tae: lanati...endi kalitni olayotgan ediya

Kech tusha boshladi. Sehun uxladi. Qoʻriqchilar Taehyungni olib chiqishdi. Uyning orqa tomonida Jungkook va uning qoʻriqchilari bor edi

Jk: boshlanglar

Shunday deyishlari bilan qoʻriqchilar Taehyungni ura boshlashdi. Taehyungni kuchi yetmadi. Chunki hammasi baravariga yopirilib kelayotgan edi. Ular Taehyungni qattiq urishdi. Taehyung ohiri yiqildi ammo koʻzlari Jungkookda edi. Jungkook hech qanday hissiyotsiz tomosha qilayotgan edi. Xuddiki Taehyung u uchun qadrli inson emasdek

Jk: yetar!

Jungkook yetar deyishi bilan qoʻriqchilar Taehyungni urishdan toʻxtashdi va saf tortishdi. Jungkook Taehyungga yaqin kelib sochidan tortdi va

Jk: bu senga ogohlantirish! Agar yana bir marta Sehunga yaqinlashadigan boʻlsang qoʻl-oyogʻingni mayib qilaman

Tae: men nimani istashimni bilasan!

Jk: meni ham qandayligimni bilasan...Leon

Qoʻriqchilar Taehyungni olib ketishdi. Taehyung yoʻlda hushidan ayirildi. Ular Taehyungni uyiga yaqinroq joyga tashlab ketishdi

Tongda esa Taehyungni topib shifoxonaga olib borishdi. Taehyung 4 soat deganda koʻzini ochdi

Q: boss yaxshimisiz?

Tae: hhaa

Q: nimadur yemoqchimisiz?

Tae: yyyoʻoʻqq

Q: haligi boss...sizni ikkala oyogʻingiz ham singan. Bur necha oy nogironlar aravachasida yurar ekansiz

Tae: mayli. Asakning oʻgʻli haqida malumot qidir! Sehun ismi

Q: boss? Bir narsa soʻrasam meni urushmaysizmi?

Tae: soʻra

Q: Asak sizga kim? U haqida koʻp malumoy qidirasiz. Har tun uni kuzatasiz.

Tae: sevgilim boʻlgan

Q: ASAKMI?

Tae: baqirma!

Q: kechiring boss....rostan ham Asak sizning sevgilingiz boʻlganmi?

Tae: ha bundan 10 yil avval. U hali hamon yosh va chiroyli. Ammo xarakteri juda ham oʻzgargan

Q: baxtli boʻling boss.

Qoʻrqichi shunday deya Sehun haqida malumot izlash uchun ketdi. Taehyung esa yolgʻiz qoldi

Taepov: ah jonim Jungkookim. Sen meni ursang ham baribir kelaveraman

Shu payt xonaga xavotir bilan bir inson kirib keldi....