April 13

Billionaire is a psycho

2-qism

Janob Kim mashinaga mindi. Taehyung esa otasiga umid bilan qaradi. Xuddiki rozi boʻldimi degandek

J.k: ular rozi boʻlishdi

Janon Kim shunday deyishi bilan Taehyung uni mahkam quchoqlab oldi

Tae: rahmat dada, sizni yaxshi koʻraman

J.k: men ham seni yaxshi koʻraman oʻgʻlim

Taehyung otasini quchogʻidan chiqdi va kulib qaradi. Janob Kim bu kulguni soʻgʻingan edi. Taehyung onasi oʻlmasidan oldin shunday kular edi, onasidan keyin shunday telba boʻlib qolgan edi.

Tae: malikamni olishga boramizmi? Men uy ham tanladim, mana

Taehyung tanlagan uyini koʻrsatdi.

Ikki kishiga kattalik qilmasmikin? Men ham sizlar bilan yashay

J.k: u hozir otasini oldida ekan, kasalxonaga boramiz oʻgʻlim

Taehyung indamay ketdi. Mashina ham kasalxonaga yetib keldi. Bu payt Jungkook otasini oldida edi

Jk: dadajon men oʻgʻlingiz Jungkookman. Meni esladingizmi?

Jkdad: sen meni oʻgʻlimmisan? Meni oʻgʻlim hali chaqaloq

Jk: men katta boʻldim, dada. 18 yoshga toʻldim. Endi yoningizda boʻlaman, shu yerda ishlayapman

Jkdad: hey, bu yerda ishlama! Bu yerdagi odamlar yaxshi emas. Ishlama

Otasi jinni boʻlishi mumkin ammo u haqiqatni biladi. Shifoxonadagilar yaxshi insonlar emasligini biladi va oʻgʻliga shuni aytyapti

Jk: dadajon men ishlashim kerak, yana kelaman. Yaxshi oʻtiring

Jungkook shunday deya ketdi. U chelak va pollatta olib ishini boshladi. U polni juda ham toza artar edi, Jungkookdan oldingiz farroshlar nomigagina artgan boʻlsa, Jungkook etibor bilan artar edi. Buni uzoqdan Taehyung va Janob Kim kuzatib turishar edi

Tae: dadajon, ana meni malikam. Qarang chiroyliya?

J.k: ha oʻgʻlim, chiroyli ekan

Qoʻriqchilar Jungkookni oldiga borishdi. Jungkook biroz hayratlandi

Q: Janob Jungkook sizmisiz?

Jk: ha menman

Q: iltimos biz bilan yuring

Jkpov: bu yerda nimadir bor?! Bir amallab qochishim kerak

Jk: ha hoʻp. Men kiyimimni kiyib chiqay

Qoʻriqchilar ham indashmadi. Jungkook kiyinish xonaga kirdi. Xonada Jungkook sigʻadigan kichik deraza bor edi. Jungkook kiyimini kiyin, sumkasini olib oʻsha derazadan pastga sakrab qochdi. Jungkook tez yugurga oladi

Oradan 20 daqiqa oʻtdi hamki Jungkook chiqmas edi. Taehyung keldi va

Tae: nega chiqmayapti?

Q: janob Kim! U bizga kiyimimni alishtirib chiqaman dedi va kirgani boʻyi chiqmadi

Taehyungni oʻzi kirdi. Qarasa Jungkook xonada yoʻq edi. Taehyung gʻazab otiga mindi

Tae: QOCHIBDI! HAMMANG QIDIR UNI

Taehyungni bu ovozidan otasi yetib keldi. Qarasa Taehyungni gʻazabi chiqgan

J.k: oʻgʻlim nima boʻldi?

Tae: QOCHIBDI! JUNGKOOKIM QOCHIBDI

Qoʻriqchilarni hammasi uni qidirad edi. Bu payt Jungkook uyiga yetib keldi. Onasi buni koʻrib hayratda edi. Chunki Janob Kim Jungkookni oʻzi olib ketishini aytgan edi. Jeon xonim oʻgʻliga mazminlik bilan tushuntirmoqchi boʻldi

J.x: oʻgʻlim, senda gapim bu yerga kel

Jk: ha oyi

J.x: oʻgʻlim, bolajonim! Meni eshit. Balki hozir aytadigan gapimdan xafa boʻlarsan, ammo tushunishga urunib koʻr. Men seni turmushga bermoqchiman. Iltimos oʻgʻlim, yoʻq dema. Men uchun

Jungkook hayratdan qotib qoldi. Nima deyishni ham nima qilishni ham bilmas edi. U hali oʻqib ishlamoqchi edi ammo onasi bu gapni aytyapti. Jungkook turmush degan narsani hayolini bir chekkasiga ham keltirmagan yigit edi

Jk: oyi...siz nimalar deyapsiz? Boshingizni urib oldingizmi? Hali 19 ga ham kirmadimku

J.x: oʻgʻlim, u inson seni oʻqitishga va istaganingni qilishga vada berdi. Koʻrinishidan vadasini bajaradigan odamga oʻxshadi, oʻgʻlim dadangni ham davolatar ekan. Iltimos men va dadang uchun rozi boʻl

Jeon xonim endi koʻz yosh koʻtar edi, u ham oʻgʻlini berishni istamas edi. Ammo eri uchun majbur edi, Jeon xonim erini qattiq sevganidan oʻgʻlini kimga xotin qilib beryotganidan bexabar edi. Jungkook hamma narsaga chidasa ham onasini koʻz yoshlariga chiday olmaydi. Jungkook onasini quchoqladi va

Jk: hoʻp oyi. Roziman, faqat yigʻlamang

Jeon xonim oʻzini lanatlab-lanatlab kuldi. U ham oʻgʻlini baxtli boʻlishini istagan ayol edi. Ayol kishi yaxshi hayotda yashashni, baxtli boʻlishni va farzandlari ham baxtli boʻlishini istaydi, ammo eng muhumi sevilishni istaydi

Bu payt Taehyung yana jinniga aylanib qoldi. Janob Kim uni tinchlantirish bilan ovora edi

J.k: oʻgʻlim, tinchlan. Kelinim uyiga ketgandir

Tae: ha ha u uyiga boradi. Kettik uni uyiga

Ular Jungkookni uyiga yetib kelishdi. Jungkook allaqachon yigʻlab uxlab qolgan edi. Eshik taqilladi, Jeon xonim eshikni ochdi. Qarasa ertalab kelgan badavlat inson va yonida kelishgan yigit

J.k: kelinim shu yerdami?

J.x: ha u uxlab qoldi

Taehyung hech kim va hech narsaga etibor bermay ichkariga kirdi. Har bir xonani koʻzdan kechirdi va ohirgi xona qoldi. Taehyung oʻsha xonaga kirsa Jungkook shiringina boʻlib uxlab yotar edi.

Taehyung uni oldiga bordi va yuzidan siladi. Bu yuz, bu goʻzallik, bu lablari, bu qoshlar, bu koʻzlar jonni oladigan darajada chiroyli.

Taehyung Jungkookni asta koʻtardi. Jungkook koʻp yigʻlagani uchun hech narsani sezmadi. Taehyung uni koʻtarib pastga tushdi va mashinaga solib Kimlar qoʻrgʻoniga olib ketdi