Stay with me
Misu Jungkookning qora uyiga yetib keldi. Axir u bu uyni bilardi. Bu uy - uy emas. Azob maskani, Jungkookning jahannami. Bu uyga faqat Jungkookka boʻysunmaganlar kelardi
Mspov: yoʻq yoʻq yoʻq! Jungkook unday qilolmaydi. Jungkook gapida turadi! Bunday qilolmaydi
Qoʻriqchilar ham mashina kelib toʻxtaganini koʻrishdi
Misu qochmoqchi edi ammo tutib olishdi. Misu baqirish ham befoydaligini bilardi. Bu yer faqat Jungkookning maskani, Jungkookning hududi, Jungkookning yerlari edi. Hattoki qush ham undan soʻrab uchardi
Misuni ichkariga olib kirishdi va polga uloqtirishdi. Misu zarb bilan yiqildi va Minho keldi. U qoʻriqchilarga qarab
Mh: uni aqlini kiritinglar! Janob Jeonga shart qoʻydi. Uringlar ammo boshqasi boʻlmasin! Janob Jeonning boʻlajak erini singlisi boʻladi. Biroz aqli kirsin
Ular Misuni qoʻliga nima ilinsa oʻsha bilan urishdi. Misu Jungkookni gapiga kirmaganiga afsuslandi. Axir u bilardi! Jungkook aytdi, ammo asabiylashsa aytgan gapidan qaytadi. Hattoki akasi ham unga yordam berolmaydi. Misu akasi yordamida qudratli Jeon Jungkookni boʻysundirmoqchi edi, ammo Jungkook u oʻylaganchalik zaif emas edi. Misu bu aqli bilan Jungkookka bas kelolmasligini bildi
Mspov: Akam yordamida Jungkookni boshqaraman deb oʻylagandim. Ammo chuchvarani xom sanabman. Jungkookni yengish qiyin. Chek beraman ket deganidan nega ketmadim? Ketganimda balki bu azobni koʻrmasdim. Bilaman akam uchun meni oʻldirmaydi ammo oʻlimgacha olib boradi
Oradan 2 soat oʻtdi. Misu holdan toydi. Qoʻriqchilar uni shunchaku kaltaklashdi, ammo hali hammasi oldinda edi. Bir qoʻriqchi qizitilgan temirni uni koʻkragiga bosdi. Misu bundan qattiq qichqirdi. Axir temir juda ham qaynoq edi, yana Misuda yaralar koʻp va ayrim yerlariga tuz sepishgandi. Misu jahannam azobini koʻrdi. Ammo Taehyungni singlisi deya uni sal ayashdi. Shu payt Jungkook kelib qoldi.
U Misuni ahvolini koʻrib kuldi va unga engashdi
Jk: iye...Misu honim! Sizga nima qildi? Uyimda tilingiz 5 qarich ediku. Tilingiz kesilib qoldimi? Misu....meni bilardingku. Shartni men qoʻyaman Misu! Qolganlar shu shartga boʻysunadi....mayli...yana senga imkon beraman. Senga yana pul beraman va ketasan! Ammo sevgilimha churq etadigan boʻlsang sen bir umr shu uyda qolasan...kelishdikmi?
Misu ha deya boshini qimirlatdi. Jungkook unga 100.000$ chek yozib berdi. Qoʻriqchilar Misuni shifoxonaga olib ketishdi. Jungkook esa shunchaki sevgilisini oldiga ketdi. Jungkook uyga kirarkan Taehyung hovlida edi. Jungkook borib Taehyungni quchoqladi
Jk: ertaga sizni koʻzingizni davolash uchun Amerikaga ketamiz
Tae: nega sarflayapsan? Amerikaga borish uchun ham eng kamida 3000$ pul kerak
Jk: eh sevgilim...bu pulni oldida oyoq kiyimim qimmatku. Yana bu mening burchim. Sizni davolatishimiz kerak. Bilasizmi ikkimiz ham juda chiroylimiz!
Taehyung qizib uning yuzini ushlab koʻra boshladi. Haqiqatdan ham Jungkookning yuzi chiroyli edi. Taehyung buni koʻrmasa ham ushlab koʻrib sezardi
Tae: haaa....sen rostan ham chiroylisan. Buni sezyapman
Jk: siz ham chiroylisiz. Yuring...sizga shirinlik olib keldim. Ular juda ham mazali
Jungkook va Taehyung oshxonaga kirishdi. Jungkook Taehyungga yoqar deya shokolatdi tort va qulupnayli ichimlik olib kelgandi
Taehyung ham ogʻzini ochdi. Jungkook sekin tort boʻlagidan soldi. Taehyung esa chaynay boshladi, bu taʼm unga yoqdi
Jungkook shunday deya qulupnayni millshakeni ogʻziga yaqinroq olib bordi. Taehyung esa ichdi, bu ham unga yoqdi
Taehyung jilmayib aytarkan Jungkook uning yuzidan oʻpib qoʻydi. Taehyung bu narsalarga oʻrganib qolgandi. 1 oy ichida Jungkook doimo yuzidan oʻpardi
Jkpov: Misuni hal qildim. Endi hech kim yoʻlimga toʻgʻanoq boʻlolmaydi. Otamni ham hal qilganman. Ammo Taehyung men bilan qolishi kerak. Taehyung ham meni tashlab ketsa keyin men nima qilaman. Axir akam, opam, oyim, ukam va singlim ham meni tashlab ketishgan. Men ularni qutqara olmaganman. Ammo Taehyungni himoya qilaman. Axir u menda bor boʻlgan yagonam
Jungkook oilada 3 farzand edi. Ular aslida 5 ta edilar. Jungkookning akasi Jihoo, opasi Jiwoon, ukasi Junghyung va singlisi Jisoo. Ammo ularni oʻldirishgan. Jeon xonimning dushmanlari oʻldirgan. Bularning barini 8 yoshli Jungkook shkaf ichida yigʻlab, ammo ovoz chiqarmay tomosha qilgan. Mehribon onasi, suyanchoq boʻlgan akasi, chiroyda tengsiz opasi, shoʻx-shodon ukasi va erkatoy singlisi Jungkookning koʻz oldida oʻlgan. Ular Jungkookni tashlab ketishgan
Jungkookka otasi qiziq boʻlmagan, Janob Jeonga ham Jungkook qiziq boʻlmagan. Ammo xotini va 4 ta bolasi oʻlgan. Hamma meros, mol-mulklar, pullar, koʻchmas mulklar va kompaniya Jungkookka qolgan. Bobosi hammasini Jungkookka bergan. Janob Jeon aslida kambagʻal va pulga oʻch inson boʻlgan. Xotini Jeon Seraga ham pul uchun uylangan. Xotinim va bolalarim oʻlgach hamma narsa menga qoladi deb oʻylagan biroq Jungkook hali tirik edi
Shundan soʻng Janob Jeon oʻgʻliga soxta mehr bera boshladi. Jungkook ham unga nimadir berishi uchun. Ammo soʻngi qilgan ishi uni necha yillik xarakatlarini bir zumga barbod qildi. Jungkookning sevgilisini xafa qilish Janob Jeonga qimmatga tushdi
Kech tushdi, Jungkook va Taehyung kechlik qilishardi
Jungkook oʻzi yemasa ham sevgilisiga yedirardi. Ammo chaqirilmagan mehmon kelib qoldi
Hwan Hyunjin - 29 yoshli boyvachcha erkak. Jungkookning yana bir oshigʻi. Jungkookka 3 yildan beri oshiq. Ammo hech rozilin ololmagan. Taehyungni eshitib Italiyadan uchib keldi
Hj: mana bu kim? Seni oldingda nima qilyapti? Qaysi goʻrdan topding buni?
Jk: Hyunjin! Ogʻzingga qarab gapir! Qarshingdagi boʻlajak erim! Agar yana bir marta erim haqida shunaqa gaplaringni eshitsam...bilasan ohiri yaxshi boʻlmaydi. Bu yer mening hududim. Hohlaganimni qilaman. Seni gumdon qilish menga muammo emas....yoki unutib qoʻydingmi? Eslatishim kerakmi?
Hj: senga mana bu yalangayoq arzimaydi. Nima qilasan bu koʻr...
Hyunjinni gapi ohiriga yetmadi. Nima qilasan bu koʻrni demoqchi edi lekin ohiriga yetmadi. Jungkook ovoz chiqarmaydigan toʻpponcha bilan Hyunjinning qoʻliga otdi
Jungkook oʻrnidan turdi va Hyunjin tomon yurib keldi. Taehyung hech narsani koʻrmasa ham sezib turardi. U ham Jungkookni seva boshlagan ammo bu ikki sevishganlarga qarshi inson koʻp edi. Taehyung bazan oʻzini Jungkookka teng koʻrmasdi. Men unga loyiq emasman deb oʻylardi, lekin Jungkook farishta emas. Bir vaqtlar farishta boʻlgan
Jungkook bor kuchi bilan Hyunjinni ogʻziga qarab tepdi. Hyunjinning ogʻzidan qon oqib tushdi. Ammo Jungkook uni urishdan toʻxtamadi
Jk: senu ogohlantirmadimmi? Erim haqida oʻylab gapir demadimmi? Sen qaysi aqling bilan menga tenglashyapsan? NEGA HAMMANG SHU KUNLARDA OʼZINGNI MENGA TENG KOʼRYAPSAN? OʼZINGCHA MENGA SHART QOʼYASAN! QOʼRQIRMOQCHI BOʼLASAN! KIMSAN OʼZING? BU YER MENING HUDUDIM. HOHLAGANIMBI QILAMAN HYUNJIN! HECH BIRING ERIM HAQIDA BUNDAY DEYISHGA HAQQING YOʼQ! NAFAQAT SEN...BALKI SENDAN KUCHLILARI HAM
Jungkook toʻxtadi va Taehyungga qaradi. Taehyungni gʻazabi yuzidan malum edi
Jungkookning odamlari Hyunjinni olib chiqib ketishdi. Jungkook joyida jin qolaverdi. Taehyung stoldan turdi va yoniga oʻtdi
Jungkook sekin Taehyungni oldiga keldi va kelganini bildirish uchun kiyimidan tortib qoʻydi. Taehyung esa
Tae: balki men ketarman. Senga ham menga ham yaxshi boʻlardi. Hech kim bilan urishmasding
Jungkookni koʻzi yalt etib Taehyungga qaradi. Koʻzlaridagi yosh asta sizib chiqdi va boʻgʻilgan ovozda
Jk: sen...sen ham meni tash...tashlab ketasanmi? Sen ham ulardek mendan kechasanmi? Senga ham kerak emasmanmi?
Jungkook yigʻlab xonasiga chiqib ketdi. U otasi ha kerak emasdi. Ammo Taehyungga kerak boʻlib qolarman deya hamma narsani qilardi. Lekin xato oʻylagan ekan