Tanxo qirolicha
Taehyung shularni oʻylar ekan Jungkook yana uyquga ketdi. Aslida Taehyung Jungkookni shahar aylanishiga qoʻyardi ammo oʻsha qirolni oʻyladi. X Jungkook uchun saroyning durdonasi boʻlgan va har qanday dardga davo boʻladigan giyohni berishini aytgan.
Bundan 3 yil oldin. Taehyungning toʻyi boʻlgandan soʻng
Taehyung Jungkookka uylanishga shoshilganidan hech kimni aytmagandi. Ammo qoʻshni mamlakatlar buni eshitin qirolichaga qimmat sovgʻalar yuborishgandi. Koʻp oʻtmay oʻsha X ham keldi. U Taehyung bilan saroy bogʻida gaplashardi
X: uylanganingizni eshitib men hursand boʻldim. Sizga baxt tilayman
Tae: rahmat! Siz qachon uylanasiz? Yoshingiz men bilan teng ammo hamon uylanmadingiz?
X: bir koʻrishdayoq yurakni jiz etadigani chiqmayapti. Shu sabab. Meni hech kim oʻziga qiziqtira olmayapti
Ular shunday gaplashishar ekan X bir yigitga koʻzi tushdi. X shu zahoti toʻxtab oʻsha yigitga qaradi. Taehyung ham buni payqadi va
Tae: u mening qirolicham! Mening rafiqam!
Tae: ha u! Endi esa boshqa masalaga oʻtsak
X: uni menga bering! Davlatimning 1/3 sizga beraman. Bilasiz yerlarim katta. Siz ham foyda olasiz. Sizga oʻz mamlakatimdagi giyohni ham beraman. U har qanday dardga davo
Taehyung endi chidab turolmay Xni yoqasidan ushladi va
Tae: jonimni bersam ham rafiqamni bermayman! Yoʻqol koʻzimdan...qaytib bu yerga qadamingni bosma!
Taehyung shunday degach uning yoqasini qoʻyib yubordi. X ham gʻazablangancha ketdi. Taehyung shu voqeadan soʻng Jungkookni qafasga qamadi. Agar Jungkook qochsa va X uni koʻrib qolsa nima boʻladi deya. Ammo hamma buni notoʻgʻti tushundi. Qirolni hamma psix deya oʻylay boshladi. Lekin Taehyung shunchaki Jungkookni berishni istamadi xolos
Taehyung qoʻshni mamlakatlar ichida kuchlisi. Taehyung har qaysi jangda gʻalaba qozonadi shu jumladan X ham. Ular bir-biridan aslo qoʻrqmaydi. Ular bir-biri bilan hamkor edi ammo dushmanga aylanishdi
Tae: tanxoyim men aslida psixopat emasman. Shunchaki seni yoʻqotishni istamadim xolos! Men seni yoʻqotishni xohlamaganim uchungina seni oʻsha lanati qafasga qamadim. X seni mendan olishidan qoʻrqdim. Yaxshiyamki uning odamlari seni koʻrishidan oldin men yetib bordim.
Taehyung gapirar ammo Jungkook eshitmasdi. Chunki u uyqusi chala boʻlgani uchun uxlab qolgandi. Taehyung esa bunga odatlangan. Ammo bu payt Xning saroyida
X: sen rost aytyapsanmi? Jungkook saroydan chiqdimi? Taehyung uni hech qayerga chiqarmasdi
O: eshitishimcha Tanxo qirolicha Xitoy bilan bitim tuzibdi.
X: Xitoyning oʻsha tirik afsonasini men yenga olmadim. Tanxo qirolicha qanday yengsin?
O: Qirolim men ham shunday eshitdim. Tanxo qirolicha juda ham oʻzgarib qolibdi. Oldingidek qoʻrqoq va yumshoq supurgi emas, magʻrur, erka, hohlagan odamiga hohlaganidek muamola qiladi. Juda ham kuchli boʻlibdi. Hattoki Qirol Kimning boʻyniga pichoq tirab qoʻlini qayiribdi
X: boʻlishi mumkin emas. Taehyung Jungkookni qoʻrqitib qoʻygandi. Jungkook Taehyungni koʻrsa zir titraydi...qanday qilib boʻyniga pichoq tirab qoʻlini qayirishi mumkin? Bu boʻlmagan narsa! Jungkook aslo unday qila olmaydi
O: qirolim men ham shunday deya eshitdim. Bugun Tanxo qirolicha oʻrmonga sayr uchun chiqibdi. Ammo ulgura olmadim. Qirol Kim kelib Tanxo qirolichani olib ketdi.
X: qiziq...Jungkook qanday qilib 1 kunda bunchalik oʻzgara oldi? Xitoy bilan bitim tuza oldi...Taehyungni oʻziga qaram qila oldi...bu boʻlmagan narsa. Ketaver
Xning odami bosh egib chiqib ketdi. X yana oʻsha hayollar ila qoldi. Yana oʻsha kun, yana oʻsha Jungkook, yana oʻsha rejalar bilan qoldi
Xpov: oradan yillar oʻtdi Jungkook. Sen esa hali hamon mening yuragimdasan. Seni oʻsha psixdan qanday olsam boʻladi? Seni qanday qilib oʻzimniki qilsam boʻladi? Lekin biz bir-birimizga mosmiz. Sen ham men ham juda chiroylimiz. Taehyung esa oʻrtamizdagi toʻsiq. Men oʻsha toʻsiqni albatta olaman va biz baxtli yashaymiz
X uylandi ammo manfaat uchun. Sevgani uchun emas! Uning yuragini Jungkookdan oʻzgasi egallay olmaydi, xuddi Taehyung kabi. Ammo farqi shundaki Taehyung Jungkookdan oʻzgasiga uylanmadi va istamadi. Shu payt qirolicha kelib qoldi
Q: sizni bezovta qilmadimmi qirolim?
Q: nega meni sevmaysiz? Tanxo qirolichadan nima kamim bor? Nima ayb ish qildim? Sizni sevamanku
X: sen!....sen aslo Jungkook boʻlolmaysan! Unga oʻxshashga urunma ham! Sen uning soch tolasiga ham tenglasha olmaysan! Agar oʻsha Taehyung boʻlmaganida Jungkook allaqachon meniki boʻlardi. Seni esa shunchaki oʻldirib yuborardim. Seni menga keraging yoʻq! Sen hech oynaga qaraganmisan? Manavi it ham qaramaydigan turingga qaraganmisan? Senga uylanganimga shukur qil! Mendan oʻzgasi senga hattoki boyliging uchun ham uylanmasdi. Hamma Jungkookni istaydi. Sen esa hech kimga kerak emassan. Hattoki oʻsha otangga ham!
Xning bu gaplari qirolichaga qattiq botdi va yigʻlagancha chiqib ketdi. Qirolicha ham goʻzal edi ammo hech kim Tanxo qirolicha boʻlolmaydi! Axir u Tanxo qirolicha.
Ammo hammaga bolasi shirin. Qirolichaning otadi sovuqqon odam boʻlsada bolasini baribir yaxshi koʻradi. X esa qirolichaga manfaat uchun uylangan.
Qrpov: nega men emas? Nega oʻsha Jungkook? Jungkookdan nima kamim bor? U oddiy bir qul....men esa malika boʻlib tugʻulganman. Meni onam ham otam ham malika va shaxzoda edi. Ammo u bir yetimchaku. Nega hamma oʻsha Jungkookni istaydi? Eri uni olamdan yashiradi, mening erim ham unga oshiq! Lekin menchi? Men ham ozroq mehr istayman
Qirolicha qattiq yigʻladi. Axir u ham mehrga muhtoj edi. Ammo uni hech kim tushunmadi. X bilan majburan turmush qurdi, lekin uni sevib qoldi. X esa Jungkookdan boshqasini oʻylamasdi. Har kecha va kunduz faqat va faqat Jungkook...hammaga qiziq boʻlgan Tanxo qirolicha. X uning yuzini eslab qolib suratini chizardi.
Xpov: eh qulupnayim sen qachon meniki boʻlasan oʻzi a? Sensiz umrim menga tatimayapti....oʻsha lanati Taehyungni tezroq nozik joyini topishim kerak. Seni saroydan olib chiqishning iloji yoʻq. Har kecha Taehyungni quchogʻidasan!
X shularni oʻylasa gʻazablanardi ayniqsa uning sevgan insoni boshqa birini quchogʻidaligini oʻylasa gʻazablanob ketardi
Taehyung esa Jungkookni quchogʻidan qoʻymasdan ishida davom etdi. Jungkook taxtda, erining quchogʻida uxlab qoldi.
Hali hech bir qirolicha taxtda oʻtirmagan. Ammo Jungkook birinchi va yagonasi. Qirolliklar davrida qiroldan boshqa hech kim qirolning taxtida oʻtirmagan. Lekin bu Jungkookka mumkin. Taehyung uchun hech narsa Jungkookdan ustun emas, hattoki qandaydir taxtadan yasalgan taxt ham
Oradan vaqt oʻtdi. Vazirlar kelishdi. Hamma bu axvolni koʻrib hayratlandi. Hali hech kim bunday voqeaning guvohi boʻlmagan.
Bsh.V: zoti oliylari...balki qirolichani xonasiga olib borarmiz? Axir u...
Tae: nega olib borishimiz kerak? Koʻrmayapsizmi u uxlayapti!? Uyqusidan bezovta qilganlarni yoqtirmaydi. Yana u bu taxtda istaganicha oʻtirishi mumkin! Kim bunga qarshilik qiladi? Chiqsin qarshimga koʻrib qoʻyay kim ekan?!
Qirolning gaplaridan hamma jim boʻldi. Ular bir narsani unutishdi. Tanxo qirolicha haqida gap ketsa qirol undan boʻlak hech kim va hech narsani oʻylamaydi. Ular shuni unutishdi...bir lahzaga unutishdi ammo qirol eslatib qoʻydi! Tanxo qirolicha muhumligini eslatib qoʻydi. Bu yigʻilishga Taemin ham kirib olgandi. Chunki Taemin Taehyungga nisbagan yaqin boʻlib qoldi. Taehyung Jungkook haqida Taemindan juda ham koʻp narsani bilib olayotgandi
Tae: bugungi masala nima haqida?
Bsh.V: Biz yangi va zamonaviy qurollardan foydalanmoqchimiz. Ammo bizda zamonaviy qurollar yoʻq
Tae: buni albatta koʻrib chiqamiz
Tm: qirolim...Jungkookdagi 21 asr qurollari. Undan foydalansak boʻladi ammo Jungkookning qurollari juda kam. Butun boshli qoʻshinga yetmaydi. Ammo qoʻl uchun moslashganlarini yasasak boʻladi. Masalan temirdan
Tae: Taemin dahosan, daho. Tanxoyimning qurollarini olib kelchi
Taemin oʻzining yonidagi sklet qoʻllarni chiqardi. Buni oddiy temirdan ham yasasa boʻlardi. Buning uchun esa qolip kerak xolos
Tm: ha janob Vazir! Bu sklet qoʻllar. Bu bilan raqibni ursangiz oddiy qoʻlga nisbatan qattiqroq tegadi va dushmanni bir necha zarbada qulatish mumkin. Jungkook raqibini odatda shu bilan uradi. Keyin esa oʻsha raqibning yuzi tanib boʻlmas axvolga keladi. Jungkookdan bunaqa qurollar juda koʻp ammo oʻzi bilan ozginasini olib kelgan
Tae: Tanxoyim bunaqa narsalar ishqibozimi?
Tm: ha u bunga oʻxshash narsalardan koʻp yigʻladi. U qanday yasashni ham biladi
Taemin taxtga yurib keldi-da Jungkookni sekin turtdi. Axir qanday yasalishini soʻrash kerak
Jungkook uygʻonish oʻrniga erining quchogʻiga battar kirib oldi. Taeminning ham sabri tugab
Tm: TUR OʼRNINGDAN MOLDEK YOTMAY
Taeminning bu baqirishidan hamma hayratda qoldi. Axir u kimsan tanxo qirolichaga baqirdi. Jungkook ham uygʻonib ketdi
Jk: qulogʻimni tagida baqirib balo bormi? Nima boʻldi yana?
Tm: balki davlat ishlarida eringga yordam berarsan! Har holda siyosatni tushunasan Jungkook. Biz hozir sendagi sklett qoʻllar haqida gaplashdik. Sen esa uni qanday yasashni temirchilarga oʻrgat
Jk: shuni uygʻonganimdan keyin aytsang osmon uzulib yerga tusharmidi?
Jk: bor memga sharbat olib kel
Jk: yoʻq katta xolam. Senda ahmoq senga aytganimdan keyin!