July 10

Stay with me

8-qism

Jungkook tuni bilan uxlolmadi. Taehyung esa uxlab qoldi. Jungkook Taehyungga qarar ekan Taehyung unga bu ishni qilmasligiga ishonardi. Nega? Chunki Jungkook unga qirollardek hayotni berdi, koʻzlarini katta pul evaziga davolatdi, singlisiga vada qilib tegmadi. Taehyung esa Jungkookka shu ishni qilsa....bu toʻgʻri boʻladimi? Yoʻq! Aslo yoʻq!

Erta tong! Bugun Jungkookning Koreya vaziri bilan uchrashuvi bor. Jungkook yuvinib boʻldi va kiyindi. Negadir shu tushdan keyin yuragi gʻalati boʻlib qoldi. Ammo u hech qachon unday boʻlmaydi, bu oddiy tush deya yuragini tinchlantirardi

Taehyung esa hali ham uxlardi. Jungkook uni yuzidan oʻpib chiqib ketdi. Hovlida Minho uni kutib turardi

Jk: Minho restaranimga hayda. Vazir bilan uchrashishim kerak

Mh: hoʻp

Jungkook mashinaga mindi. Minho mashinani haydadi. Minho oynadan Jungkookka qaradi. Koʻzlari beʼjo va harakatlari gʻalati edi

Mh: Xoʻjayin tinchlikmi? Bugun boshqachasiz

Jk: yomon tush koʻrdim Minho. Tushimda Taehyung boshqa qiz bilan turmush qurardi. Sen esa mening qoʻlimdan tutib turarding. Taehyung menga xuddi mensimagandek qarardi. Ertalabgacha uxlolmadim

Mh: xoʻjayin...tushingiz doimo rost keladi. Ortidan odam qoʻyaymi?

Jk: shunday qilchi. Axir uni sevaman

Mhpov: nega har doim u? Men 10 yildan beri shu yerdaman Kook

Jungkook restaranga keldi va vazir bilan uchrashdi. Jungkook VIP xonaga kirishi bilan Vazir oʻrnidan turib Jungkookka taʼzim qildi! Kimsan Koreyaning Vaziri Jeon Jungkookka tazim qildi. Holbuki Jungkook uni bolasidan ham kichkina. Ammo undan boy

Vz: xush kelibsiz Janob Jeon

Jk: xush vaqt boʻling Vazir Hwan. Nima sababdan uchrashmoqchi edingiz?

Vz: eshitishimcha sizni boʻlajak eringiz bor ekan. Siz bilan biz boshqacha kelishgan edik chogʻi. Bu nimasi Janob Jeon?

Jk: birinchidan, men uni sevaman va u ham meni sevadi. Ikkinchidan men aytgan gapimda turib sizni vazir qilib tayinladim, qizingizni esa oʻsha mafiadan qutqardim, oʻgʻlingizni esa qamoqdan ham men chiqardim. Vazir Hwan....Koreya...mening hududim. Unda istaganimni qilaman. Hattoki prizident ham boʻlishim mumkin ammo kerak emas. Menga oʻgʻlingiz Hyunjinni qizigʻi yoʻq! Iltimos qilganingiz uchungina yordam berganman. Iu ni esa rahmim kelganidan qutqardim. Hohlasam yana uni qoʻliga topshiraman. Meni bilasiz, shundaymi?

Vz: bilaman Janob Jeon ammo...

Jk: agar yana bir marta men Taehyung haqida yomon gaplarni eshitsam....ohiri yaxshilik bilan tugamaydi. Iuni ham Hyunjinni ham kerak boʻlsa sizni ham xor qilaman. Meni Jeon Jungkook deyishadi. Keling...oramiz buzulmasin

Vazir ham Jungkookning qoʻlidan nimalar kelishini bilar va u bilan orasini yaxshi saqlashni istab indamadi. Chunki bilardi! U Jeon Jungkook! Jeon Eunjining vorisi! Onasining xuddi oʻzi! Otasiga zigʻircha ham oʻxshamasa-da onasiga oʻxshaydi. Onasi ham xavfli ayol boʻlgan

Taehyung uygʻondi. Qarasa Jungkook ketgandi. U ham kiyinib ketdi

Taehyung kompaniyaga keldi. Jungkookning xonasiga bordi. Ammo Jungkook yoʻq edi. Deyarli butun binoni koʻzdan kechirdi hamki Jungkookning izi ham yoʻq. Keyin unga qoʻngʻiroq qildi

Tae: Kookieyim qayerdasan?

Jk: azizim vazir bilan uchrashuvim bor edi. Hozir chiqdim. Boryapman

Tae: nega uchrashasan?

Jk: men bilan uchrashishni istagan ekan.

Tae: sendan boshqasi bilan uchrashsa boʻlmasmikin? Senda nima ishi bor?

Jk: rashk qilmang azizim. Kompaniyaga kelib qoldim

Tae: tez kel kookieyim

Jungkook 5 daqiqa oʻtib kompaniyaga kirib keldi. Hamma har doimgidek unga egilib hurmat koʻrsatdi. Ammo bir inson koʻzida rashk bilan uni kutib oldi

Jungkook xonaga kirgandi hamki Taehyung ikki qoʻlini beliga tiragancha uni kutardi

Kompiniyada va boshqa kiyimda

Jk: azizim?

Tae: sen qayerlarda yuribsan? Nega menga aytmay ketding? Vazir Hwan bilan nega uchrashasan? Anavini orqasi qichib qolganmi sen bilan uchrashishni istaydi?

Jk: azizim. Men unga koʻp yordam berganman. Shu uchun rahmat aytish uchun chaqiribdi

Tae: shu rahmatini telefon orqali aytsa boʻlmasmikin?

Jk: bunday rahmatlar odatda uchrashib aytiladi. Bizda shunday azizim

Tae: keyingi safar rahmatini telefon orqali ham aytaversin. Osmon uzulib yerga tushmaydi

Jk: voy oʻzimni rashki erimdan

Jungkook shunday deb Taehyungnu yuzidan chimdib qoʻydi. Taehyung ham erib kulib oʻsha yuzini shishirdi.

Bu tomondan Vazir Hwan asabiylashib oʻtirardi. Alami ustun kelardi. Ammo Jungkook haq edi. Uni vazir qilgan Jungkook! Qizini mafiadan qutqargan Jungkook! Bolasini qamoqdan chiqargan Jungkook! Ammo vazir Hwan oʻgʻli Hyunjin bilan Jungkookni toʻyini istagandi. Jungkookdek hurliqo uning kelini boʻlishini istagandi. Axir kim ham Jungkook uning kelini boʻlishini istamaydi? Jungkook Vazir Hwanni kelini boʻlsa Vazir Hwan Koreyani boshqaradi degani edi. Bu boshqalarnign nazlida shunday. Jungkook aslo boʻyin egmaydi.

Hyunjin ham Jungkookni sevardi ammo uning yoʻliga Taehyung toʻsiq boʻldi. Ammo uning chiroyli singlisi bor. Iu har qaysi erkakni oʻziga jalb qila oladi. Biroq bu Jeon Jungkookka oʻtmagan

VzHwan: oʻgʻlim! Jungkookka oʻsha yetimchasi qiziq shekilli. Endi nima qilamiz? Sen uni sevasan! Men ham u meni kelinim boʻlishini istayman

Hw: Jungkook oʻsha yalangayoqni oldida menga oʻq uzdi va yerga urib baqirdi.

Iu: Uni oʻsha yalangayogʻini oʻzim bilaman nima qilishni. Shunday qilamanki Jungkook uni koʻchaga haydaydi. Qanday qilib ossonlik bilan Vitsaprizident lavozimiga koʻtargan boʻlsa xuddi shunday qilib sharmandasini chiqarib ishdan haydaydi. Keyin men ham umi tashlab ketaman. Qarabizki oʻsha yetimcha yana oʻz holiga qaytadi. Hech vaqosiz qoladi. Jungkook borligi uchun shardek shishib turibdi. Jungkook boʻlmasa oʻrnini biladi

VzH: balosan qizim balosan. Mayli! Rejangni boshla. Axir akang baxtli boʻladi. Men ham obroʻli inson boʻlaman. Oilamiz uchun harakat qil

Ammo Iu nimani reja qilganini oʻzidan boʻlak hech zot bilmasdi.....