Tanxo qirolicha
Taemin sharbat olib kelish uchun ketdi. Jungkook oʻrnidan turib stolga yaqinlashdi. Stol ustida uning sklett qoʻllari turardi.
Bsh.V: tanxo qirolicham...bu narsani qanday yasashni bilasizmi?
Jk: ha bilaman. Buning uchun olovda eritilgan temir va maxsus qolip kerak. Eritilgan temirni maxsus qolipga quyiladi va sovuq suvga solinadi. Shu bilan sklett qoʻllar tayyor. Yana bularni bir-biriga yopishtirish uchun esa rezinka kerak yoki bira toʻla temir bilan bir-biriga yopishtiramiz
Hamma lol-u hayron edi. Qanday qilib 3 yil xonadan chiqmagan, qul boʻlib kelgan yigit buncha narsani biladi? Hammani shu savol qiziqtirardi. Ammo Bosh vazir oʻsha kun tanxo qirolicha qochib ketganida va qaytib kelganidan buyon gʻalati ekanligini sezgandi, bitta u emas. Hamma sezgandi ammo qanday qilib degan savol hattoki Taehyungni ham qiynardi.
Tanxo qirolicha qanday qilib bunchalar oʻzgardi? Qanday qilib Xitoyning sarkardasini yenga oldi? Qanday qilib bunchalar aqlli? Qanday qilib bunchalar jasoratli va kuchli? Qanday qilib?
Bu hammani qiynardi. Choson uyoqda tursin haligacha Xitoyning sarkardasi, imperatori va hattoki shaxzodayu malikasigacha oʻylantirardi. Ammo hammaning hayolida uning yuz chehrasi ketmasdi. Kalta va mallarang sochlari, qordek oq terisi, kamon misoli qoshlari, doe va munchoqdek chiroyli koʻzlari, qondek qizil labi. Bu Xitoyning qirollik oilasining hayolidan ketmasdi. Ayniqsa Sarkarda va Tanxo qirolichaning jangi, uning mohirligi, ayyorligi. Bu hech kimning hayolidan ketmasdi
Taemin ham bananli sharbatni olib keldi. Jungkook uni olib ichib qoʻydi va vazirlar qatoriga turib oldi. Taehyung bundan hayratda
Tae: tanxoyim....nega uyoqqa turib olding? Seni joying bu yerda!
Jungkook ham hozir Taehyungni jahlidan tushirmasa nima boʻlishini tushundi va ayyorlik yoʻliga oʻtdi. Qoʻllari bilan erining yuzini ushladi va oʻpib qoʻydi. Taehyung sal eridi ammo jahlidan tushmadi. Chunki bu oʻpishlar unga odatiy holdek boʻlib qoldi. Jungkook 3 oy ichida Taehyungning yuzidan koʻp oʻpdi va odatiy holga aylandi
Jk: u sizni doʻstingizku! Yomon odamga oʻxshamadi. Qolaversa u mehmon
Tae: sen hammaga kulasan! Mendan boʻlak
Tae: sen hammaga kulasan! Mendan boʻlak
Jk: zero men sizdan oʻzgasini xotini emasman. Kim meni Jungkook mening rafiqam deya boshqalarga ayta oladi? Hm?
Tae: buni tushunganing yaxshi. Lekin unga koʻp kulma
Jungkook erini quchoqlab qoʻydi va ichkariga u bilan kira boshladi. Jungkook yarim tunda oʻsha ulkan yoʻlarsga aylanar va oʻrmonni qayta-qayta oʻrganardi. Bazam qaroqchilarni va aygʻoqchilarni oʻldirardi. Oddiy odamlar esa bunday ulkan yoʻlarsga kuchi yeta olmay oʻlib ketishardi. Bugun esa yana bir odam oʻladi shekilli
Dante ichkariga kirganda u uchun moʻljallangan joyga oʻtirdi va Jungkookni kelishini kuta boshladi
Dnpov: bu tanxo qirolicha deganlari ofatijon ekanmi? Taehyung ham oʻziga yarasha jononni tanlagan. Eh qaniydi shu qirolicha meniki boʻlsa, shu goʻzallik meniki boʻlsa edi. Topay desam unga oʻxshagani dunyoda yoʻq. Balki shu sababli u Taehyungning tanxo qirolichasidir? Lekin men Taehyungdan chiroyli va boyman. U menga rozilik bersa kerak. Unga qimmatbaho taqinchoq olib kelganman
Dante choʻntagidan quti chiqardi va stol ustiga qoʻyib qoʻydi. Koʻp oʻtmay Jungkook va Taehyung kelishdi, oʻz joylariga oʻtirishdi. Xonada ulardan boshqa hech kim yoʻq edi
Dn: Taehyung...mamlakating ancha rivojlanibdi. Men bundan hursandman...ammo bu kimning gʻoyasi? Hali hech kimda yoʻq va antiqa qurollarni ishlab chiqyapsan
Tae: bu menign tanxoyimning gʻoyasi. Mamlakatda nima oʻzgarish sezgan boʻlsang hammasi qirolichamning zehni bilan
Jungkook sekingina miyigʻida kuldi. U allaqachon Dantening niyatini bilib boʻlgandi
Dn: toʻyingda kela olmadim. Bu mendan tanxo qirolichaga sovgʻa
Dante oʻsha maxsus taqinchoqni chiqardi. Bu Jungkookka yoqdi. Chiroyli va katta koʻzli edi
Jk: katta rahmat shaxzoda...hursand boʻldim.
Taepov: sen itni oʻldirardimkuya doʻstimsan. Xotinimga bergan sovgʻasi nimasi? 2 yil oldin Jungkookka oʻsha otni bergan...aniqrogʻi men sotib olganman...BU TAQINCHOQ NIMASI? oʻzingni bos Taehyung oʻzingni bos. Jungkook seni sevadi...bu faqat hurmat yuzasidan
Jungkook Taehyungga qarar ekan rashki yuzidan namoyon ekanligini koʻrib unga qarab kulardi
Taehyung ham bu kulgularga erir va hammasinu unutardi. Jungkook turib erini oldiga oʻtirdi, negadir Dantening yuragi rashk qilardi. Ammo nechun? Balki Tanxo qirolichani u ham oʻziga istayotgani uchundir. Ammo bu tahmin. Balki uning yordamida qoʻshin strategiyasini yanada kuchaytirishdir. Ammo buni oʻzi ham bilmaydi
Taehyung Jungkookni quchoqlaganda yana oʻsha uzun sochlarga burnini olib bordi. Bu sochlardan shirin hid kelar va odamni oʻziga tortardi. Jungkook esa jim edi. Oradan koʻp vaqt oʻtdi, shu payt Taehyungni muhum ish borligini aytishdi. Tarhyung chiqib ketdi. Xonada Jungkook va Dante qoldi
Dn: Qirolicha....nega siz bu psix bilan haligacha yashaysiz? Men bilan keting! Sizni tutqun qilmayman. Ozod va hur qirolicham boʻlasiz
Jungkook miyigʻida kuldi. Chunki uning oʻylari toʻgʻri edi.
Jkpov: toʻgʻri oʻylabman. Taehyung meni manavinga oʻxshagan ifloslardan yashirgan ekan. Anavi laqma esa tushunmagan
Jk: men bu yerda ham ozodman. Erim meni juda sevadi, hamma narsam bor. Hohlagan joyimga bora olaman. Va yana...erim psix emas! U meni senga oʻxshagan iflos va marazlardan yashirgan!
Dn: sen kimni iflos deyapsan? Taehyung yillar oʻtsa uylanadi. Sen ungacha qarib hunuklashib qolasan! Sendan yosh va chiroylisini topadi va uylanadi. Sen kerak emas buyumdek uloqtiradi. Men uni qandayligini bilaman
Jk: Taehyung mendan oʻzgasini mamlakat qirolichasi deya elon qilmaydi. Men tirik ekanmam hattoki oʻlganimdan keyin hamma meni Tanxo qirolicha deb ataydi. Hattoki kelajakda ham men tillarda doston boʻlaman. Chosonning 14 qiroli Kim Taehyuning jondan ortiq sevgan va tanxo qirolichasi deya kelajakda tan olinaman. Men oʻlsam ham Taehyung oʻzgasiga uylanmaydi
Dn: oʻzingca katta baho berma qirolicha! Sendan buyuk hudo bor
Jk: men oʻzimni hudodan kuchliman demadim. Ammo men Tanxo qirolicha boʻlib qolaman. Taehyung istasa 100 tasiga uylansin...lekin ularning hech biri Tanxo qirolicha boʻlolmaydi
Dn: nega oʻzingni buncha katta olasan? Nimangga katta ketyapsan?
Jk: katta ketyapmanmi....bilginki bir sabab bor! Nimadir bilaman va shu narsani orqasidan katta ketyapman
Dante jim boʻlib qoldi. Chunki u bildi, Tanxo qirolicha bilan tenglashib boʻlmaydi. Jungkook ham xonasiga ketdi. Koʻp oʻtmay Taehyung keldi. Qarasa Dantening oʻzi, uninh suyukli qirolichasi yoʻq
Tae: qirolicham qayerga ketdi?