March 23

True mates

12-qism

Taehyungni majburlab chiqarishdi. Qoʻliga esa gulni berishdi

Tae: hoy ukamni beringlar

Q: janob ukangiz endi boshligʻimizga tegishli. Bu bizni qoʻlimizdan kelmaydi. Boshligʻimiz undan zeriksa qoʻyib yuboradi. Iltimos hozir keting, baribir befoyda

Taehyung Jungkookni qutqarishga kech boʻlmasligi uchun tezda ketdi. U Qora boʻrilar qiroligiga yetib keldi va Jungkook bor xonaga kirdi. Jungkookni tanasi yorilib ketmasligi uchun uni muzni ustiga qoʻyishgandi. Sovuq tasirida tana yorilmaydi, oʻz holicha qoladi

M: aka keldingizmi? Jimin akam qani?

Tae: Iblis Jiminni olib qoldi

Melissa xafa boʻldi. Chunki akasi katta akasini baxti uchun qurbon boʻldi. Taehyung guldan foydalandi. Gul oʻz sehrini koʻrsatib Jungkook koʻzlarini ochdi. Koʻzlarini ochiboq

Jk: Taehyung...sevgilim

Taehyung hursandligidan yigʻlab yubordi. Taehyung ham Melissa ham uni quchoqlashdi.

Yoniga Melisseni ham qoʻshinglar

Jk: nega yigʻlaysizlar? Axir yaxshimanku

Tae: kim seni bu ahvolga soldi? Cha Eun Woomi?

M: oʻshandan boshqa kim boʻlardi

Jk: boʻldi qil. Hech narsa qilma, biz baxtli yashaymiz. Sen, men va bolamiz

Ammo Taehyung fikridan qaytmadi. U Wooni oldiga borishga qaror qildi

Tae: siz biroz dam oling. Men hozir kelaman. Melissa Jungkookga qarab tur

Jk: hoʻp ehtiyot boʻl

M: hoʻp aka

Taehyung otiga minib toʻgʻri Sherlar qiroligiga keldi. Woo Taehyungni sevishini hamma bilar edi va unga qarshilik qilishmadi. U toʻgʻri qasrga bostirib kirdi va Woo oʻtirgan taxt xonasiga bordi. Taehyungni gʻazabda koʻrgan Woo

Tae: sen nega Jungkookni oʻldirding?

W: u seni mendan tortib oldi. Qara endi seni qorningda uni bolasi bor, unga kulib qaraysan, uni erkalaysan, uni tunlari bilan hursand qilib chiqasan, uni xotini boʻlasan, uni quchogʻida yotasan, uni bolalarini tugʻasan, uni oʻpasan, faqat uni sevasan ammo men bir chekkada qolib ketaman

Cha Eun Woo bu gaplarni aytgunicha yigʻlab yubordi. U Taehyungni qattiq sevadi va bu gaplarni aytish unga juda ogʻir edi. Woo tunlari Taehyung bilan turmush qursa unga kulib qarashini oʻylab juda ham hursand boʻlar edi. Ammo taqdir unga kulmadi. U Jungkookniki boʻldi.

Tae: meni, oilamni va Jungkookni tinch qoʻy

W: sen umring ohirigacha baxtli yashaysan, lekin menchi? Bilasanmi sen atirgul eding, men esa tikan. Meni vazifam seni himoya qilish edi ammo sen meni kamchilik sifatida koʻrding va yillar davomida rad etding. Ammo men tinchimadim. Balki bir kun unga ham yoqarman deya mukammal boʻlishga intildim. Balki bir kun imkon berar deya harakat qildim. Ammo sen ohirida dushmaningni xotini boʻlding.

Tae: Woo meni kechir. Taqdir senga mendan yaxshisini beradi, ishon menga. Hali bu kunlarni unutasan. Iltimos meni tinch qoʻy, sendan soʻngi iltimosim shu

W: Ketaman! Agar seni shu koʻzlaringga koʻzim tushsa sevib qolaman. Mayli men butun qiroligim bilan koʻchib ketaman. Faqat sen baxtli boʻl

Tae: rahmat. Sen albatta oʻz baxtingni topasan

Taehyung shunday deya ketdi. Cha Eun Woo ham aytganini qilib aholisi bilan uzoq oʻrmonga koʻchib ketdi va boshqa Taehyung bilan uchrashmaslikka oʻz oʻziga vada berdi

Jungkook asta tuzala boshladi. Ungacha Taehyung hammasini boshqardi. Oq boʻrilar sardori Melissa boʻldi.

Yoonmin!

Jimin bu yerda istaganini qilishi mumkin edi, ammo chiqa olmasdi. Jimin tobora oʻzgarib borar edi. U oldingidek qaysar, erkatoy, bazan kuladigan boʻlmadi, xuddi soʻligan guldek bplib qoldi. U akasi, singlisi va oʻz yurtini juda ham sogʻingandi. U Yoongini oldiga bordi va

Jm: men ketishni istayman

Yg: nima deding?

Jm: ketishni istayman dedim

Yg: senga nima yetmayapti? Hohlaganing borku. Hohlagan ishingni qilasanku, boylikka koʻmib tashladim, meni hududimda men qilmagan ishlarni sen qilasan, yeganing oldinga yemaganing ketingda, seni sevsam, xafa qilmasam nima yetmaydi senga ?

Jm: sogʻindim!

Yg: kimni? Nimani?

Jm: akamni...singlimni... oʻz yurtimni sogʻindim

Yoongi uni ham toʻgʻri tushundi va boʻgʻriga bosdi. Jimin esa hoʻngrab yigʻlab yubordi. Chunki hech bir azob sogʻinch bilan tenglasha olmaydi. Sogʻinch shirin azob deyishadi ammo shirin azob emas. Sogʻinch jahannam azobi bilan teng. Sogʻingan insoningni bir marta koʻrish uchun yonishga ham rozi boʻlasan, bir marta koʻrsang kifoya

Yg: oppogʻim yigʻlama. Mayli olib boraman keyin qaytamiz hoʻpmi?

Jm: nechi kun qolamiz?

Yg: 3 kun qolamiz, maylimi? Faqat sen yigʻlama!

Jm: hoʻp

Yoongi odamlariga ketayotganini va 3 kunda qaytishini aytdi. 3 kun ichida bu yerga hech kimni kiritmasligini qattiq tayinladi. Yoongi qanotlarini chiqarib Jiminni quchoqlab oldi va koʻtardi. Jimin ham uni boʻynodan quchoqladi

Yoongi qanot chiqargan

Ular 5 soatga qolmay yetib kelishdi. Ular birinchi oq boʻrilar qirolligiga kelishdi va hamma Jiminni kutib oldi. Melissa akasi kelganini eshitib yugurib chiqdi va quchoqladi

M: akajon sizni sogʻindim

Jm: men ham sogʻindim boʻricha. Akam va pochcham yaxshimi?

M: ha pochcham gul bilan tirik qoldi. Woo koʻchib ketdi

Jm: Sher qiroli Cha Eun Woomi? Akamni oshigʻimi?

M: ha xuddi oʻzi. Pochchamni ham u oʻldirgan edi. Akam bundan bir necha kun oldin borib undan ularni va bizni tinch qoʻyishini soʻragan. Woo esa uzoqlarga aholisi bilan koʻchib ketdi

Jm: ketgani rost boʻlsin

M: aka bu kim?

Melisse Yoongini koʻrib tanimadi. Chunki u iblis Min Yoongi haqida eshitgan ammo koʻrmagan

Jm: bu sen aytgan oʻsha iblis Min Yoongi

M: hech iblisga oʻxshamaydiku. Chiroyliligini qarang

Yg: salom qaynisingiljon. Men ham seni boʻlajak pochchangman

Jm&M: Nima?

M: aka nega aytmadingiz?

Jm: oʻzim ham endi bilib turibman

M: Qani hamma bazmga tayyorlansin. Qora boʻrilar qiroligiga ham chopar joʻnating. Bugun bazm boʻladi. Akam va pochcham kelishgan