Obsession
Taehyung esa Jungkookni tomosha qilib chiqdi. Kech tusha boshladi. Jungkook hali ham uxlardi. Taehyung unga oʻz qoʻllari bilan kechlik tayyorlab bermoqchi boʻldi. Ammo u ovqat qilishni bilmasdi. Internet orqali Jungkookning sevimli ovqatini ripserti va qanday tayyorlash jarayonini topdi. Jungkookning sevimli ovqati bu pizza edi. Peperoni pizzasi.
Taehyung bir amallab peperoni pizzasini tayyorladi. Uni yoniga esa Jungkookning sevimli bananli sutini tayyorladi. Bu Jungkookni hursand qilishi tabiiy edi. Ammo pizzani taʼmi qanday chiqqanini Taehyung bilmaydi. Ozroq yeb koʻrdi. Taʼmi yaxshi edi. Ammo stol oddiy boʻlib qolgandi
Taehyung bu stollga bezak berish uchun xuddi romantik uchrashuv kabi alvon rangli shamlardan yoqib stollning ikki tomoniga qoʻydi va bogʻdagi atirgulning yaproqlarini stollga terib qoʻydi. Stoll ana endi ajoyib boʻlgandi
Tae: bu hyungga yoqsa kerak...axir 2 soat vaqtim ketdi. Ha hyungimga yoqadi. U bunday narsalarni yaxshi koʻradi. Ammo yana nima kam? Hyung uygʻonishiga yana kamida 1 soat bor. Hozir ish emas. Ha boʻldi topdim
Taehyung shunday deb oʻzi bilgan zargarni yoniga chiqardi. Zargar Taehyungni uyiga yaqin edi va 10 daqiqada yetib keldi
Tae: salom Janob. Bugun sevgilim bilan uchrashamiz. Uyimda! Shunga sovgʻa olmoqchiman. U 1 soatda uygʻonadi. Sovgʻa uchun taqinchoqlaringiz bormi?
Zg: albatta. Siz chaqirganingiz uchun oʻzim bilan yangi yasaganlarimni olib kelganman. Buni qarang..oqqushli taqinchoq. Bu oqqush sevgisiga sodiq qush.
Tae: boshqasini koʻrsating. Bejirim boʻlsin
Zg: bu olmoshdan ishlangan bilakuzuk. Hammaga birdek yoqadi. Sizdan oldingi mijoz soʻraganida sotmagandim. Bu sevgilingizga yoqadi
Zg: bu uzuk. Moviy olmosdan ishlangan. Buni oʻz qoʻlim bilan 1 hafta oldim yasadim. Moviy olmosni topish qiyin. 1 grammi million dollardan qimmat turadi
Tae: aytgan hamma taqinchoqlaringizni olaman. Qutichaga solib bering
Zargar Taehyung aytgan taqinchoq, bilakuzuk va uzukni maxsus qutichaga silib berdi. Taehyung ichida bir umid bilan ularni sotib oldi. Jungkookka yoqar deya oldi. Zargar ham ketdi. Taehyung hayajonda edi.
Tae: yoʻq bu hyungimga yoqadi. Unga bu narsalar yoqadi. Axir bu uchun 30 mln$ sarfladim. Moviy olmosi rostan qimmat ekan.
Taehyung Jungkookni uygʻotishga kirdi. Jungkook hali hamon oʻsha yoqimtoy yuzi bilan uxlab yotardi. Taehyung esa sekin yuzidan oʻpdi va
Tae: hyuuung uygʻoning! Ovqat tayyor. Turing boʻling
Jungkook sekin koʻzini ochdi. Qarasa tepasida Taehyung yoqimtoygina boʻlib jilmayib turardi
Tae: yuring hyung ikkimiz uchun ovqat qildim keyin sizga sovgʻam bor. Qani yuvinib chiqing
Jkpov: indamasam bu bola meni sevgilisiday koʻryaptimi? Ha bunga mumkin degan spravka bor. Axir u boyku. Indama Jungkook xafa boʻlib qolmasin ammo bundan keyin qanday qutulaman
Tae: yoʻq! Siz yunivib chiqing. Men kutib turaman
Jungkook bilardi. Taehyungga baribir oʻz aytganini qiladi. Ket desa ham qoladi. Shuning uchun u bilan baxslashmay yuvinushga kirib ketdi. Koʻp oʻtmay chiqdi. Taehyung esa uning orqasidan turib koʻzlarini shoyi mato bilan yopdi.
Tae: sovgʻam bor dedimku Hyuuuung. Nega jirkiyverasiz meni? Sizni hursand qilaman, jim yuring
Jungkook ham jim boʻlib u bilan yurdi. Taehyung bir qoʻli bilan Jungkookni qoʻlini ushlasa ikkinchisi bilan belini ushlab olgandi. Bu uning hayotidagi eng goʻzal lahzalar edi. Jungkook bilan ilk uchrashuvi va bu uchrasuv uning uyida. Zinaga yaqin kelganda Taehyung yana Jungkookni koʻtarib oldi. Jungkook esa hayron qoldi va
Tae: zina bor hyuung. Yiqilasiz
Taehyung uni oshqatlanish xonasiga olib bordi. Bu yerning atmosferasi ajoyib edi. Shirin atirgullar ifori va sham. Buni tariflashga til ojiz
Taehyung sekin bogʻichni Jungkookni koʻzidan yechdi. Jungkook bu manzaradan hursand boʻldi. U Taehyungni bunchalik romantik deb oʻylamagandi. Chunki Taehyung koʻpincha qoʻpol va kulmaydigan inson edi.
Jk: bu...bu yer chiroyli Taehyung. Rahmat
Tae: hali bu hammasi emas. Qani oʻtiramiz
Taehyung Jungkook uchun stollni surib berdi va Jungkook ham oʻtirdi. Keyin Taehyung oʻz joyiga oʻtirdi va
Tae: hyuung bilaman bazan sizni ham xafa qilganman. Ammo biling...buni rashkim qilgan men emas. Rashkim bilan hazil qilmang hyung. Sizni hattoki shu dunyodan ham qizgʻonaman...begona erkakni sizni yoningizda boʻlishini istamayman. Bilasizmi? Men telbaman! Sizni sevadigan bir telbaman. Sizni oʻlarchasiga sevaman va rashk qilaman. Sizni telba boʻladigan darajada sevganman va hali ham sevaman. Bu esa sizni bilib-bilmay xafa qilganlarim uchun
Taehyung shunday deb orqasida turgan uch qutini oldi va Jungkookni oldiga qoʻydi. Jungkook esa ochib qaradi. Bir-biridan goʻzal va nafis taqinchoqlar edi.
Jungkook koʻzida quvonch bilan soʻradi. Bu koʻzlar yaltirab turardi. Taehyungni oʻziga choʻktirgan oʻsha munchoq koʻzlar
Tae: bular mening sevgilim uchun olgan birinchi sovgʻam deb qabul qiling
Ular ajoyib vaqt oʻtkaza boshladi. Taehyung Jungkookni qoʻlini ushlab oldi. Jungkook qoʻlini olmoqchi boʻlganida esa Taehyungni kulib turgan yuzi birdaniga oʻzragardi va Jungkookning qoʻlini mahkam ushlab olardi
Jungkook ham indamaydi. Gapirsa ham bu Taehyungga taʼsir etmaydi. Jungkook Taehyung bilan yashash teknikasini bilib oldi.
3: boshqa erkakka yaqin turmaslik va ularga kulmaslik
5: Taehyungdan oʻzini olib qochmaslik
7: yopiq kiyinish ammo uning oldida kiyimsiz yursa ham boʻlaveradi
8: va eng asosiysi Taehyungga boʻysunish
Jungkoon shu 8 qoidaga amal qilib yashasa Taehyung oʻzidagi boshqa tarafini koʻrsatmaydi va Jungkookni boshida koʻtarib yuradi. Lekin Jungkook shu qoidaga amal qila oladimi? Bunga chiday oladimi?