April 8

Lucifer

42-qism

Seho, Jaekhyung Han va Junghyuk bularni eshitar ekan Jungkookka havas qilishdi va bir tomondan achinishdi. Jungkookdek sevilishni hamma istar edi ammo soʻngida boʻlayotgan voqealarni qilish faqat telba insonni qoʻlidan kelar edi. Tan olish kerakki Taehyung telba! 13 yildan beri berilayotgan dorilar uni asab tizimiga qattiq tasir qilgan ammo buni Jungkookka koʻrsatmagan

J: sizga havas qildim Hyung! Meni ham siz kabi sevilgim keldi

Jk: eh Junghyung ammo....

Shu payt bir yorugʻlik taraldi va Sevgi farishtasi Melissa paydo boʻldi. Hamma lol edi

M: Salom Jungkook

Jk: sen kimsan?

M: Ering har doim aytadigan ammo sen ishonmaydigan farishta

Jk: MELISSA!

M: ha menman

Jk: Hoy Taehyungga nima deding? Seni deb falaj boʻlib qoldimku

M: men uni sinagandim. Ammo bunchalikka borishini tush koʻribmanmi? Jungkook senga farzand tugʻish imkoniyatini beraman

Jungkook eshitgan soʻzlaridan lol qoldi. Axir buni 5 yildan beri istaydiku

Jk: rostanmi?

M: ha! Taehyungni oldiga 2 haftada qaytishing kerak boʻlmasa u Koreyani yoqib yuboradi. Uni qandayligini bilasan! Sen oʻzingni tiklab ol va 2 haftada qayt! Ungacha men uni tinchlantiraman

Jk: Melissa! Ammo bu yerda ekanligimni va Jimin yordam berganini aytma

M: chaqmachaqar emasman! Ammo eslab qol 2 haftada qayt! Boʻlmasa seni deb Koreya ziyon koʻradi, men esa kettim

Melissa shunday deb ketib qoldi. Jungkook hursandligidan yigʻladi. Tong otdi. Taehying xonaga kirar ekan yotiqda Jungkook yoʻqligiga koʻzi tushdi va qoʻrqib ketdi. Uydan uni telba kabi qidira boshladi. Hamma Jungkook yoʻqligini bildi va qidiria boshlashdi. Taehyung tezda Namjoon, Jin, Yoongi va Jiminga bu haqida aytdi. Hammalati yetib keldi. Namjoon va Yoongi odamlariga Jungkookni qidirishni buyurdi. Hamma xavotirda edi ammo birgina Jimin unday emasdi. U shunchaki roʻl oʻynar edi

Jn: qanaqasiga Jungkook yoʻq boʻladi?

Tae: BILMAYMAN BILMAYMAN KECHA U BILAN UXLAMADIM! MENI HAYDAB SOLDI TONGDA BORIB QARASAM YOʼQ XONADA! FALAJ ODAM QANDAY QILIB KETISHI MUMKIN? OYOGʼI UYOQDA TURSIN QOʼLI ISHLAMAYDIKU

Nm: havotir olma hamma Jungkookni qidiryapti.

Yg: Jungkookni oʻgʻirlashgan! Butun Koreyada kameralar tunda ishlamagan

Tae: KIM OʼGʼIRLAYDI JUNGKOOKNI? 3 HAFTADAN BERI UYDAN CHIQMAYDIKU! BU UYNI QATTIQ QOʼRIQLASHADI

Rm: BAQIRMA! BAQIRGANING BILAN JUNGKOOK KELIB QOLMAYDI

Taehyung nima qilishni bilmay bir yerga oʻtirib yigʻlay boshladi. Butun Koreya oyoqqa turgan va Jungkookni izlashyapti. Topgan odamga Taehyung bitta Villa berishni vada qilgan. Hamma Jungkookni qidiryapti

Taepov: iltimos jannatim qaytib kel. Yolvoraman

Jimin ham aktyorlik qilib Yoongini quchoqlab olib yigʻlay boshladi. Yoongi ham bunga ishondi. Axir Jungkook uni 19 yillik doʻsti

Jm: Yoongiya Jungkookni axvoli yaxshimikin, och qolganmikin, balki joni ogʻriyotgandir, uni toping iltimos!!!

Yg: hoʻp kapalagim hoʻp qara hamma uni qidiryapti topiladi

Jimin yana Yoongini quchogʻiga kirib oldi

Shunaqa faqat tikka turgan va koʻchada

Jmpov: oʻtgan hayotimda aktyor boʻlgan boʻlsam kerak. Yoongi ham chippachin ishondi. Ha mayli 2 haftada kelib qoladi. Pochcha ungacha jinni boʻlib qolmang. Men esa aktyorligimni davom ettirib turaman, boshqa yoʻlim ham yoʻqda

Jin va Jimin uyga kirishdi. Jimin birdan oʻzgardi. Yani yigʻlamay qoldi va miyigʻida kuldi. Jin ham buni sezdi

Jn: Jungkook yoʻqolgan, sen esa kulyapsanmi?

Jm: Jungkook yoʻqolmagan

Jn: shoshma...??

Jm: ha uni oʻgʻirlagan menman. Pochcham uni dorilar bilan falaj qilib kelyapti. Men bunga jim qarab turaymi? Hattoki uni xonadan chiqarishmayapti. Pochcham gʻirt telba! Jungkook tuzalib qaytadi

Jn: senlarni aqlingga besh ketish kerak! Tashqarida yigʻlab zoʻr aktyorlik qilding, hattoki men ishondim

Jm: menda u

Jn: Jungkook qayerda?

Jm: pochcham umuman topolmaydigan joyda

Jn: pochcham uni topadi

Jm: meni endi koʻrib turibsanmi, Jin? Men biror kimni yoki biror nimani yashirdimmi uni hech kim topolmaydi hattoki dunyoni ostun-ustun qilsa ham

Jn: yaxshi. Jungkookni axvoli yaxshimi?

Jm: ha faqat dori bilan falaj qilishgan! Ammo bu vaqtinchalik. Jungkook 2 haftada qaytadi. Namjoonga aytma!

Jn: yaxshi! Lekin men rostan ham ishondim

Jm: Jin, eslab qol! Jungkook rostan yoʻqilib qolsa men yigʻlab oʻtirmayman. Uni qidiraman. Hozir esa biroz aktyorlik qilamiz, shundaymi?

Jn: yaxshi