Tanxo qirolicha
Jungkook Eunwooga qilichni sanchdi ammo uning oʻziga ham sanchildi. Hamma hayratda qoldi, hattoki Jungkook ham. Bu ishni u kutmagandi. Yana doʻstim degan insondan. Jungkookka qilichni Taemin samchdi. Ammo Taemin oʻzi istab sanchmadi. Taqdir qirolichasi uni boshqardi va Taemin Jungkookka qilich sanchdi. Qilich Jungkookning oʻpkasini teshib oʻtdi
Taehyung qilichini Taeminga qarata otdi. Taemin joyida oʻldi. Ammo Jungkook hali tirik edi va yiqildi. U doʻstim degan insonidan bu ishni kutmagandi. Taemin kulga aylandi va kul havoga uchib ketdi
Taehyung Jungkookni oldiga yugurib keldi va yuzidan ushladi
Tae: Sevgilim....kechir...seni va bolamizni asray olmadim
Jk: yyy...yoʻq! B...biz bilardik...kun kelib ket...ketishimni bilardik
Tae: mening tanxoyimsan! Tanxo qirolichamsan! Va toabad shunday boʻlib qoladi
Jungkook ham Taemin kabi kulga aylandi va osmonlarga uchib ketdi. Taehyung ovozi boricha baqirib, dod solib yigʻladi.
Buni koʻrgan qirolicha Taehyung Jungkookni qanchalar sevishini tushundi. Ammo endi kech edi. Taehyung bir kunda ham bolasidan, ham sevgan xotinidan ayrildi. Jungkook uning shunchaki xotini emasdi. Taehyungda bor boʻlgan yagona yaqini, hayotining mazmuni, koʻzining oq-u qorasi, yorqin quyoshi, baxti, tanxo qirolichasi, oy yuzli jononi, uning yuragining va aqlining egasi edi. Ammo Taehyung hamma narsani bor boʻlgan Jungkookdan bir kundan ayrildi.
Tae: qirolicham....sen bilan keyingi hayotimizda baxtli boʻlamiz
Qirolicha va Taehyung oʻz yurtiga qaytdi. Qirolicha Eunwooning davlatini oʻzi boshqardi. Odil va mehribon qirolicha boʻldi. Hamma uni farishta deya atardi. Taehyung ham oʻz yurtiga qaytdi. Jungkook uchun butun shahar aʼza tutdi. Ammo Taehyungning aʼzasi butun umrga choʻzildi. Shahar aholisi 7 yil aʼza tutdi. 7 yil davomida hech qanday marosim, toʻy va bazmlar boʻlmadi. Taehyung esa umuman kulmadi.
Jungkooksiz telba boʻlardi. Hamma uni koʻrsa zir titrardi. Ammo oradan yillar oʻtgani sayin Tanxo qirolicha haqida hikoyalar chiqardi. Qirolning goʻzallikda tanxo boʻlgan rafiqasi. Taehyung esa har kecha Jungkookning kiyimlarini hidlab yotardi. Ammo vaqt oʻtishi bilan Jungkookning hidi kiyimdan yoʻqolib borardi.
Taehyung ustaxonaga borardi. Bu yerdagi buyumlarga qarardi. Hammasi Jungkookning gʻoyasi edi. Ammo koʻzi yana oʻsha qamchiha tushdi. Shu qamchi bilan Jungkookni qanday urganini esladi va bu qamchini boshqa yasamaslikni buyurdi. Chosondagi hamma temir qamchilarni yoqib tashladi
Har safar xonaga kirganda yana oʻsha qafasga koʻzi tushardi. Taehyungga har bir burchak Jungkookni eslatardi. Qafas 15 yoshli Jungkookmi eslatar, qoʻshin uchun qurollar esa 18 yoshli va magʻrur Jeon Jungkookni eslatardi. Taxt ham Jungkookni eslatardi. Chunki taxtda Jungkook Taehyungni quchogʻida uxlab qolgandi. Kiyimlari esa Jungkook har safar Taehyungga kulib boqqanini
labini burushtirganini eslatardi
Yotoq esa Jungkook bilan oʻtgan har bir shirin tunni eslatatdi, hattoki uning yigʻilarini ham.
Hovli esa Jungkook qanday qilib Taehyungga pichoq tiraganini eslatardi. Taehyungga hamma narsa Jungkookni eslatardi