June 10

Tanxo qirolicha

3-qism

Jk: nega?

Tm: chunki biz oʻtmishdamiz. Sen tarix ustozimiz aytgan Tanxo qirolichasan....bu odam esa Chosonning 14 qiroli Kim Taehyung. Sen uning tanxo qirolichasisan. Biz ketolmaymiz Jungkook

Jungkookning qoʻlidagi pichogʻi yerga tushdi. Jungkook hozir shock holatida edi. Naxot ustidan kulgan oʻsha tanxo qirolicha endi oʻzi boʻlsa. Bunga hech ishongisi kelmasdi. Axir u qirolicha oʻlgan, qirol ham. Qirolliklar zamoni allaqachon tugagan

Jungkook jinnidek kula boshladi. U Tanxo qirolichaning qismatini bilardi, endi u ham umrini oʻsha xonada, oʻsha qafasda oʻtkazadimi? Axir Jungkook jinni boʻlib qoladiku

Jk: Taemin....nima sen ham bularga qoʻshilib jinni boʻldingmi? Bu safsata... Hammasi yolgʻon! Qirolliklar zamoni allaqachon tugagan....oʻsha tanxo qirolicha ham qirol ham oʻlgan. Aqlingni ishlat

Tm: Atrofga qara! Biror bir kamera yoki shunga oʻxshash narsani koʻryapsanmi? Hattoki qasrlar ham dekaratsiya emas... Bu haqiqiy! Biz 13 asrdamiz.....va sen hammaga mashhur TANXO QUROLICHASAN. Buni qabul qil....bu yerdagi hamma senga boʻysunadi...hattoki qirol ham

Jungkook endi oʻzini bosolmadi. U tinmay boshini yoʻq deya qimirlatardi. Taehyung esa uni bu holatini koʻrib qoʻrqa boshladi. Taemin uning oldiga keldi va Jungkookni ikki yuzidan ushladi. Jungkook unga qaradi

Tm: Jungkook sen kimsan?

Jk: Meennn Jeon Jungkookman

Tm: sen kimsan?

Jk: hohlaganini qiladigan...erkatoy Jeon Jungkookman. Men Jeonlarning yagona vorisiman. Men istagan odamimga istaganimdek muomila qilaman. Maktabda hamma menga boʻysunadi....men hech kimga boʻy....boʻysunmayman. Men...men

Tm: Sen Jeon Jungkooksan! Hohlaganini qiladigan...kuchli...yagona Jeon Jungkooksan. Sen oʻzligingni yoʻqotmasliging kerak Jungkook. Ammo sen bu zamonda Tanxo qirolichasan

Taehyung va boshqalar ularga tikilib turardi. Ular nima haqida gaplashayotganini qiziq edi. Ammo Taehyungni jahli chiqqani Taemin Jungkookning yuzidan ushlayapti. Jungkookning yuziga hattoki u tegishi mumkin emas. Uning yuziga faqat Taehyung tegina oladi

Tae: shu Taemin yoqmayaptida

Tm: hozir esa biroz dam ol...uxla. Keyin gaplashamiz hoʻpmi?

Jk: yoʻq men ketaman...bu...bu yerda qolmayman

Taeminni sabri ham tugadi. U Jungkookni boʻyniga bir urdi va Jungkook xushdan ketdi. Taehyung borib Jungkookni koʻtarib oldi

Tm: Qirolim siz bilan gaplashib olsak boʻladimi?

Tae: taxt xonasiga borib tur

Taehyung Jungkookni koʻtarib yana oʻsha xonaga olib kirdi va yotqizdi. Ustiga koʻrpani yopib, labidan oʻpib taxt xonasiga bordi. U yerda Taemin va vazirlar bor edi

Qirol kelishi bilan hamma unga bosh egdi. Taehyung taxtga oʻtirdi

Tae: gapir nima demoqchi eding?

Tm: qirolim balki menga ishonmassiz ammo baribir aytaman. Biz...yani Jungkook va men kelajakdan keldik. Jungkook kelajakda boy oilaning yagona farzandi. Kelajakda qirollar yoʻq, davlatni prizident boshqaradi. Jungkook juda ham erka, tantiq, shantaj ammo u kuchli. Hohlagan odamiga hohlaganidek munosabatda boʻladi. Unga jismonam hech kimning kuchi yetmaydi. U sizning Tanxo qirolichangiz! Ammo... oʻzingiz koʻrdingiz Jungkook sizga qanday munosabatda boʻldi. U oʻtmishga tushib qolganimizga, u mamlakatning Tanxo qirolichasi ekanligiga hali ham ishonmayapti. Biz maktabda Tanxo qirolicha nomli mavzu oʻtdik. Jungkook tanxo qirolicha haqidani narsalarni eshitib kuldi. U bunga ishonmaydi. U bu yerdagi hamma insonga istaganidek munosabatda boʻladi. Hech kimga boʻysunmaydi

Hamma bu gapdan hayron edi. Axir hamma qirolichani yaxshi bilishardi. U Qiroldan juda ham qoʻrqar va aytganini qilardi. Boyagi ishni esa hech qachon qilomasdi

Tae: shoshma...demak bu mening Tanxo qirolicham emas, shundaymi?

Tm: u oʻsha tanxo qirolicha ammo u kelajakdan kelgan. 1321 yil 7-aprelda Tanxo qirolicha oʻladi. Bugun xuddi oʻsha kun. Sizni xotiningiz Tanxo qirolicha allaqachon oʻlgan va oʻrniga Jungkook kelib qolgan. Jungkook oʻsha tanxo qirolicha ammo u kelajakdan tushib qolgan. U sizni eslolmaydi. Uning shaxsiyati oʻzgargan

Tae: sen nimalar deyapsan? Mening qirolicham tirik va u xonamizda uxlayapti

Tm: ha tanxo qirolicha Jungkook xonada uxlayapti. Ammo 1321 yilning tanxo qirolichasi oʻlgan. Taqdir esa sizni axvolingizni yomonlashtirmaslik uchun Jungkookni oʻtmishga qaytargan

Xonadagi hamma hayratda edi. Ammo bunga Taehyungni ishongisi kelmas edi

Tae: isbotla

Tm: Jungkookning qurollari, kiyimi, sochlari, sizga qilayotgan muomulasi. Bular isbot emasmi?...oʻrmonda yarim askaringizni oʻldirdi. Siz bilgan qirolicha bunday qilolmasdi. U hattoki pashshaga ham ozor bermaydi, shundaymi? Jungkook kelajakdan oʻtmishga tushib qoldi. Va u sizning tanxi qirolichangiz. Ammo xarakteri boshqa-boshqa. Jungkook 3 ta tilda mukammal gaplasha oladi. Fransuz, xitoy va ingliz tilida.

Tae: insonching komilmi?

Telefon ignore

Tm: 1000 % qirolim.....bir narsani eslab qoling. Jungkook aslo yolgʻon gapirmaydi

Oradan 2 soat oʻtdi. Jungkook sekin koʻzlarini ochdi. Yana Taehyung unga qarab yotardi. U Jungkookning kalta sochlarini silardi.

Tae: uygʻondingmi tanxoyim?

Jk: Menga qarang. Men sizni tanimayman. Men ketaman

Tae: ketmaysan tanxoyim. Mening tanxoyimsan. Tanxo qirolichamsan. Senga taqiqlangan narsalarni saroy ogʻasi aytib oʻtadi. Men kechroq kelaman tanxoyim, meni kut, hoʻpmi?

Taehyung shunday deb uning yuzidan oʻpib ketdi. Taehyung ketishi bilan soray ogʻasi keldi va qoʻlida katta qogʻoz bor edi. U oʻqiy boshladi

So: Tanxo qirolicham sizga quyidagi narsalar taqiqlangan:

• Yuzingizga Qirolning ruhsatisiz teginish, shu jumladan sochlaringizga ham teginish man qilingan

• xonadan chiqish man qilingan

• boshqa erkaklarga yaqinlashish, kulib qarash, ularga gapirish man qilingan

• oʻzingiz tanlagan kiyimlarni kiymaysiz bu man qilingan. Siz faqat qirol tanlagan kiyimlarni kiyasiz.

• ochiq kiyinish. Tanagizni boshqalarga koʻrsatish mumkin emas. Sizga yana boshqalar bilan qoʻl berib koʻrishish ham man qilingan

Jk: nimadir qilish mumkinmi oʻzi? Yashash ham man qilinmaganmi? Aytib qoʻy qirol boʻlsa oʻziga. Buyrugʻini boshqasiga borib qilsin. Men baribir qilmayman, sirpan bu yerdan

So: nima tanxo qirolicham?

Jungkook indamay xonadan chiqdi. Ammo eshik soqchisi uning yoʻlini toʻsdi

Jk: tinchlikmi?

S: sizga chiqish mumkin emas, tanxo qirolicham

Jk: tupurdim

Jungkook shunday deya ketaverdi. Uni koʻrgan joriya qizlari hayron edilar. Tanxo qirolichani koʻrishmagandi. Jungkookning xonadan chiqganini Taehyungga xabar berishgandi. Taehyung ham uning oldiga kelayotgandi va yoʻlda uni koʻrib qoldi.

Taehyungning yuzida gʻazab mavjud edi, biroq Jungkook pinagini ham buzmadi

Ayol ignore. Tae sal oʻzini bosyaptu

Tae: senga nimalar mumkinmasligini aytishmadimi? Yoki sen eshitmadingmi? Yoki bila turib qilyapsanmi?

Jk: bularni hech birini men qilolmayman. Men senga shaxsiy buyum emasman Taehyung. Hohlaganingni qiladigan. Qirol boʻlsang oʻzingga, qirolligingni boshqasiga borib qil

Buni eshitgan joriyalar hayron edi. Axir u qirolga buyruq beryapti, uni mensimayapti

Tae: tanxoyim mening. Sen oʻsha qafasni sogʻingdingmi? Yana oʻsha qafasga, yana oʻsha zanjirlarga tutulging kelyaptimi?

Jk: fuck...yegan ekansan borku. Meni oʻsha qafasing bilan ham, zanjiring bilan ham boʻysundirolmaysan

Hamma hayron edi. Yana ayrimlar Jungkook tentakmi deya ham oʻylab qolishdi. Axir u qirolga xuddi xizmatkorga qiladigan munosabatni qilyapti