April 19

Twins

7-qism

Jungkook nima qilishni bilmas edi. Ammo jigar nima boʻlsa ham ustun edi

Jkpov: agar hozir yoʻq desam egizagimni boshqa koʻrmayman. Ha desam oʻz hayotimga oʻzim zarba bergan boʻlaman. Ammo Evandan ham foydalanish kerak. Xotini boʻlib olganimdan keyin hech kim meni oilamga tegina olmaydi. Ammo Evan shunchaki foydalanishi ham mumkin. Toʻxta foydalanmoqchi boʻlganida aslo uylanmasdi. Ammo hozir oilamni qutqarish uchun rozi boʻlishim kerak

Jk: shoshma Evan!

Tae: eshitaman koʻzmunchogʻim

Jk: hoʻp roziman

Taehyung bu gapdan mamnun jilmaydi

Tae: aqlligim oʻzimni. Endi esa yonimga kel seni bir quchoqlay

Taehyung qurolini qoʻriqchisiga berib qoʻllarini keng yoydi. Taehyung ustidan faqat moʻyna kiygan edi. Oq koʻylak yoki sviter yoʻq edi

Jungkook ham jirkanib va nafrat ila borib uni quchoqladi. Taehyung ham uni quchoqladi va quloqlaridan tishladi

Taehyung ularga Junghyung, Jimin va Minhoni qoʻyib yuborishni buyurdi. Ular ham buyruqni bajarib qoʻyib yuborishdi. Jimin va Minho Yoongi tomon yuhurdi, Junghyung esa Jungkook tomon. Jungkook Taehyungni quchogʻidan chiqib uni quchoqladi. Junghyung hali ham piqillab yigʻlardi

Jk: boʻldi boʻldi yigʻlama. Mana hammamiz yaxshimiz. Nega yigʻlaysan?

Jh: sen...seni boshqa...koʻrmayman....deb oʻyladim. Anavi odamlar...seni qattiq urishdi

Jk: menga ogʻriq tasir qilmaydi. Qani boʻldi endi. Yigʻlama! Bilasan oyim sen yigʻlasang xafa boʻlardi. Oyim bizni kuzatib turibdi sen yigʻlasang oyimni xafa qilasan. Oyim xafa boʻlmasin ukajon

Junghyung 5 daqiqa Jungkookni quchogʻida turib ovundi. Va shishib ketgan koʻzi bilan qaradi. Jungkook Taehyungga nimadir qilishi aniq. Chunki Junghyung uni deb yigʻladi, yana kamiga boshiga qurol tiradi

Jkpov: boshingga it kunini solmasam Jeon Jungkook emasman Evan! Hech kimni ukamni yigʻlatishga haqqi yoʻq. Shoshmay tur Kim Taehying yoki Evan. Menga qiziq emas ammo yaqin orada kasalxonaga tushasan

Jk: Junghyung uyga bor ertaga ishga vaqtida kel hoʻpmi? Boshqa yigʻlama

Jh: hoʻp yaxshi qol

Junghyung ketdi. Taehyung kelib Jungkookni orqasidan quchoqladi

Jkpov: hozir yoki hech qachon

Jungkook Taehyungni quchogʻidan chiqdi. Taehyung unga kulib qaradi.

Jungkook ham nima qilishini oldindan rejalashtirgani bois miyigʻida kuldi. Ammo bu kulgu Taehyungni shubhalantirdi. Axir u bilardi Jungkook kulganda nimadir boʻlishini

Jungkook Taehyungni ura ketdi. Hech kim ularga yaqin yoʻlamas edi

Jk: SEN IFLOSNI DEB UKAM YANA YIGʼLADI. MEN OYIMGA VADA BERGANMAN UKAMNI XAFA QILMAYMAN DEB SEN YANA BIR MARTA JUNGHYUNG YOKI AKAMGA TEGIN OYIGʼINGNI SEZMAY QOLASAN...NOGIRONLAR ARAVACHASIDA YURADIGAN QILAMAN SENI

Jungkook har bir gapida Taehyungni urdi. Taehyung deyarli hech nima qilmas edi. Chunki birozgina boʻlsada aybi bor edi. Taehyung va Jungkookni kuchlari teng ammo Jungkook birinchi boʻlib urganiga Taehyung shockka tushib qoldi. Ammo jonidan ortiq sevgan odamiga ozor berishni istamaydi

Jungkook urushdan toʻxtadi. Taehyungni yuzi bir axvol edi, Jungkookni qoʻli ham uning qoniga bulangandi.

Jungkook Taehyungni sochidan ushlab oʻziga yaqinroq tortdi va

Jk: agar yana bir marta egizagimni yigʻlatsang qasam ichamanki shu qoʻllaringni timsohlarimga yem qilaman. Bilasanmi men kecha timsoh sotib oldim, oʻshanga seni qoʻlingni ovqat sifatida berib yuboraman. Uqdingmi?

Taehyung esa yana kuldi va Jungkookni oʻziga yaqin tortib shirin lablaridan oʻpdi. Jungkook bir zum qotib qoldi. Axir bu uning ilk boʻsasi, ammo bunday vaziyatda boʻlishini hayoliga ham keltirmagan edi

Jungkook oʻzini yigʻib olib yezda Taehyungdan uzoqlashdi. Taehyungni yana bir tepib u yerdan ketdi

Qoʻriqchilar esa lol-u hayron edi. Ular birinchi marta Taehyungni bu axvolda koʻrib hayron qolishdi. Ular Taehyungni shifoxonaga olib borishdi