Tanxo qirolicha
Jungkook va Taemin otxonaga borishdi. Jungkookning koʻzi qora otga tushdi va otboqarga qarab
Jk: menga anavi qora otni egarlab ber
O: kechiring Tanxo qirolicham ammo u ot zoti oliylariniki. Uni egarlab berolmayman. Ammo siz uchun mahsus ot bor. Uni egarlab berishim mumkin. Mana bu ot siz uchun mahsus Fransiyadan keltirilgan. Zoti oliylari uni siz uchun 2 yil oldin sotib olganlar. U otning laqabi Seren
Jk: bu menga yoqmadi. Men aytgan otni egarlab berasan. Teteyim menga yoʻq demaydi. Bu oddiygina ot. Egarlayver senga gap tegmaydi.....men seni himoya qilaman
Otboqar indamay Taehyungning qor oti Angusni Jungkook uchun egarlab berdi. Taemin esa oʻziga malla rang otni tanladi. U Italiya oti Cavelle edi
Ular darvozaga yaqinlashdi. Soqchilar Tanxo qirolichani tanishdi. Ammo darvozani ochishmadi
S: kechiring Tanxo qirolicham. Bizga mumkin emas! Zoti oliylarini buygʻuri bu
Jk: eh ahmoq! Tomchi koʻz yosh toʻkib borib sen haqingda aytsam oilanggacha tirik qolmaydi, bilasanmi? Yaxshilikcha och darvozani!
Soqchilar baribir ochmadi. Jungkook oʻsha soqchiga yaqin keldi va elektroshopperdan foydalanib uni hushidan ayirdi. Buni koʻrgan ikkinchi soqchi darvozani ochdi. Jungkook va Taemin sharani aylanishdi. Shahar rostan ham chiroyli edi. Chosonning 14 qiroli Kim Taehyungning Tanxo qirolichasini koʻrgan oddiy xalq tazim qilishardi.
Jk: hamma oʻz ishini davom ettirsin. Tazim qilishingiz shart emas
Jungkook shunday deyishi bilan asta-sekinlik bilan xalq oʻz ishini davom ettirdi. Taemin va Jungkook oʻsha oʻrmonga borishdi. Yura-yura ohiri jarlikka kelishdi. Buncha yurgandan soʻng ular asfaltni koʻrishi kerak edi ammo jarlikni koʻrishdi
Tm: Jungkook ancha yoʻl bosdik. Bu vaqtgacha biz chodirmizni yoki asfaltni koʻrishimiz kerak edi. Ortimizga qanday qaytamiz? Bir umr bu zamonda yashamaymizku. Endi nima qilamiz?
Jk: men ham bilmayman Taemin! Qandaydir belgi boʻlishi kerak. Nimadir xato!?
Shu payt bir qari kampir kelib qoldi va
K: Hayrli kun Jeon Jungkook yoki Tanxo qirolicha
Ikkisi bu kampirning gapidan hayron qolishdi
Jk: siz meni kimligimni bilasizmi?
K: Jeon Solomonning yagona oʻgʻli Jeon Jungkook! 18 yoshda! Kuchli, magʻrur, injiq va erka. Hohlagan odamiga hohlaganidek muomula qiladi. Sport ustasi va Tirik afsona. Xitoyning tirik afsonasi bilan jang qilib uni yengan Tanxo qirolicha. Ammo sen taqdirni oʻzgartirmoqchisan, shundaymi?
Jk: siz qayerdan bilasiz? Axir men...
K: Sen taqdirning istagi bilan shu yerdasan. Bir haqiqatni ikki qulogʻingga quyib ol. Taehyung psixdir ammo seni bor vujudi bilan sevadi. Sendagi xarakterni qadrlaydi va hurmat qiladi. Ammo buni koʻrsatmaydi. Sendagi chiroy bir bahona xolos. Taehyung izlasa sendan goʻzalini topadi biroq bunday qilmaydi. Chunki sen undagi Tanxo qirolicha boʻlishingni istaydi. Oldingi qirolichalar kabi qirolga xiyonat qilishingni hohlamagani uchun seni tanxo qirolicha qildi. Sen Bosh vazirning qizi Park Eunjidan ehtiyot boʻl. Taehyungga turmushga chiqib seni yoʻq qilmoqchi. Sen bu dunyoda oʻlsang oʻz dunyoyingda uygʻonasan. Senga bir kuch ato etaman. Sen juda ham katta yoʻlbarsga aylana olasan. Men bu kuchni senga bera olaman. Ammo buni yomonlik yoʻlida ishlatma! Sen hali yashashing kerak. Sen oʻz zamonangda Taehyungni uchratmasliging mumkin. Taehyungni chap oyoq son qismida 7 raqamli tattoo bor. Ammo buni undan boshqasi bilmaydi. Senda esa 7 raqamli tattoo chap qulogʻing ortida bor. Bu uzukni taqasan va yoʻlbarsga aylanish uchun barmogʻingni shaqillatasan
Kampir shunday deya Jungkookning qoʻliga bir uzuk berdi va qora tutun boʻlib qoʻyib boʻldi
Jungkook va Taemin hayron edi. Bu kampir kim? Buncha narsani qayerdan biladi? Jungkook va Taeminni hayollari chalkashib ketdi. Ikkisi ham hozir eshitgan narsasini tahlil qilyapti
Jk: hozir nima boʻldi Taemin? Bu kampir kim va shuncha narsani qayerdan biladi?
Tm: nazarimda bizni shu yerga yuborgan ayol. Jungkook oʻylab koʻr biz bu yerga ossonlikcha keldik ammo ketolmayapmiz. Anavi kampir bizni ketkazmayapti. Kalajak va oʻtmish oradigani yoʻlni u boshqaradi. Men shunday tahminga keldim
Jungkook otdan tushdi va otni daraxtga bogʻlab qoʻydi. Kampir aytganidek barmogʻini shakillatdi va u yoʻlbarsga aylandi. Taemin joyida qotib qoldi. U qarshisida avval umuman koʻrmagan katta yoʻlbars turardi
Jungkook yoʻlbarsdek oʻkirdi. Taemin yugurib borib daraxtga chiqib oldi. Otlar kishnab qochishga urunardi lekin buni iloji yoʻq! Jungkook yana oʻz holiga qaytdi. Ammo bu safar yalangʻoch boʻlib qoldi. Jungkook tezda ustiga kiyimini kiyib oldi
Taemin esa oldiga yugurib keldi. Jungkook hayajonda edi
Jk: men..men men men yoʻlbarsga aylandimmi?
Tm: ha anavi kampir aldamagan ekan ammo
Tm: Taehyungga nima deymiz? Sen shuni o‘yla. Bilib qolsa yomon boʻladi
Ular gaplashib turishar ekan yana oʻsha otliq aksarlar kelishdi. Ular orasida qirollik ramzi tushirilgan bayroq ham bor edi. Ular orasidan Taehyung ot bilan keldi
Ammo qarasa Jungkook ustiga yopinchiq tashlab olgandi. Bundan Taehyungni jahli chiqdi, negaki uning tanxo qirolichasining oppq va tiniq yelkalari koʻrinib turardi
Taehyung otdan tushdi va Jungkook tomon keldi. Taemin esa bosh egdi, ammo Jungkook...pinagini ham buzmay turaverdi
Tae: nega ustingga kiyimni tashlab olgansan? Nega kiyimingni kiymading? Nima bu axvol?
Tm: qirolim biz yoʻlda tulkiga duch keldik. U Jungkookni kiyimini yirtib tashladi
Tae: senga hech narsa qilmadimi? Yaxshimisan?
Taehyung Jungkookni koʻtarib olib ketdi. Ularning ortidan esa qolganlar. Ular saroyga yetib kelishdi. Jungkook esa yana oʻsha ayyorliklari bilan Taehyungni avray boshladi
Jk: agar men oʻz zamonimga ketsam...nima boʻladi?
Jk: men bu olamda oʻlsam...oʻz zamonamga qayta olaman
Tae: shu sababli ham oʻlmaysan! Bunga yoʻl qoʻymayman! Axir sendan boʻlak meni kimim bor
Jk: yana uylanasan! Keyin u sening tanxo qirolichang boʻladi. U senga...
Tae: jim! Sendan oʻzgasi mening qirolicham boʻlmaydi! Mening qirolicham faqat sen boʻlib qolasan!
Jk: men bir kun bu zamonadan ketishimni bilasanku
Ha! Taehyung bir kun Jungkook uning zamonasidan ketishini bilardi. Ammo ketishini hech istamasdi. Jungkook bir umr u bilan qolishini va uni sevishini istardi. Ammo Jungkook kun kelib ketadi va Taehyung yana yolgʻizlanadi. Xuddi Jungkooksiz 29 yil yolgʻiz boʻlganidek. Uning oilasi yonida boʻlsada hech biri unha etibor bermagan edi. Taehyung taxtiga oʻtirdi va yoniga Jungkookni oʻtirgʻizdi. Jungkook qirol taztiga oʻtirgan yagona va takrorlanmas qirolicha edi. Hali hech bir qirolicha qirolning taxtiga oʻtirmagandi. Taehyung uni bagʻriga bosdi va
Tae: istamayman. Sensiz yashashni istamayman. Qoʻrqaman. Yana oʻsha yolgʻiz qolishdan qoʻrqaman. Sen ketsang men yana yolgʻizlanaman. Sen mendagi yagona quvonchimsan, baxtimsan! Sen meni kuldiradigan va dilimni shod qiladigan borimsan.
Jk: Teteyim...men bir kun oʻz zamonamga qaytaman. Balki oʻsha zamonda seni uchratarman. Sen bilan oʻsha zamonda birga baxtli yashaymiz.
Tae: tanxoyim men sen bilan shu zamonda birga boʻlishni istayman.
Taehyung Jungkookni sochlaridan silab uning boʻynidan hidlardi. Taehyung uchun qoʻrquv bu Jungkook edi. Aniqrogʻi Jungkookni yoʻqotish edi.
Shahardagi bir insondan Jungkookni himoya qilardi. Bu shaharda qoʻshni mamlakatdagi qirolning odamo bor. U oʻsha insonga Jungkookni keltirsa Jungkookning ogʻirligidan 3 barobar koʻp oltin berishini aytgam. Jungkook 70 kg. Agar u Jungkookni qoʻshni davlatdagi qirolga olib borsa oʻsha qirol unga 210 kg oltin beradi. Chunki Jungkook shunga arziydi, hattoki bundan koʻpiga ham
Jungkoon siyosatni va davlat ishini yaxshi tushunadi. Otasi ham bazan siyosatga aralashadi va shu sababli ham Jungkook bu ishlarni biladi. Jungkook maktabda alo bahoga oʻqimasada zehni juda oʻtkir. U har qandya qogʻozga oʻralgan gapni ham, vaziyatni ham, muammoni ham tushunadi ha hal qila oladi. Axir u oʻz nomi ila Jeon Jungkook yokida Tanxo qirolicha
Taepov: qaniydi bilsang seni oʻsha iflosdan ximoya qilib hattoki shaharga chiqarmasligimni. Ammo meni ham bir kun tushunasan. Sen uchun hamma narsa qilganimni tushunasan. Ammo mendan xafa boʻlma qirolicham