Tanxo qirolicha
Taehyung vada qilganidek 2 soat Jungkookni quchoqlab yotdi va roppa-rosa 2 soatdan keyin sekin turdi. Jungkookning xonasi yorugʻ edi. Jungkook chiroqni oʻchirmay uxlardi. Taehyung esa yana derazadan oshib uyiga ketdi
Taehyung oʻzining noyobgina uyiga keldi. Bu hayhotdek uyda Taehyung 30 ta xizmatchi va 80 ta qoʻriqchi bilan yashardi. Hamma xizmatkorlar u bilan yashardi, hattoki qoʻriqchilar ham. Ammo xizmatkor qizlarga Taehyung hech qachon shilqimlik yoli shunga oʻxshash narsa qilmagan
Taehyung oʻzining katta xonasiga kirdi
Bu xona devorlari Jungkookning suratlari bilan qoplangandi. Hattoki tortma ustida ham, patalokda ham Jungkookning kulib turgan yuzi bor edi
Taehyung koʻzgu qarshisiga keldi va noqibini yechdi. Yuzidagi chandiqqa qaradi va xafa boʻldi
Tae: sen meni bu yuz bilan aslo sevmaysan! Mendek jirkanchni kim ham sevardi? Hattoki koʻchadagi loʻli ham mendan jirkanadi. Sen men uchun orzusan Jungkook.
Taehyungning yuzidagi chandiq unga 7 yil oldingi voqeani eslatdi va koʻziga yosh kelib yana uxladi. Ammo Jungkook bilan birga yotgani, Jungkook uni oʻpgani juda ham hursand qilgandi
Erta tong! Jungkook birinchi boʻlib uygʻondi va oʻziga yarashadigan kiyimni kiydi.
U mashinasiga minib yana oʻsha oʻrmon tomon yoʻl oldi. Ammo unin ortidan niqobda Taehyung ham borardi. Ammo Jungkook oʻrmonga ancha oldin yetib keldi va kampirni chaqira boshladi. U ham keldi
Jk: siz nega unday qildingiz? Nega meni Tetedan ayirdingiz? Men nima yomonlik qildim?
Km: bilasanmi Jungkook?! Teteying allaqachon seni topgan, sen ham uni uchratgansan. U esa hozir izingdan poylab kelyapti. U seni har doim kuzatadi. Har bir soʻzingni eshitadi. Biznikini ham eshityapti
Bu vaqt mashinadagi Taehyung qotib qoldi. Kampir buni qayerdan bildi? Bu kim oʻzi? Jungkook nimalar deyapti?
Jk: bu yolgʻon! Men uni uchratganimda eslay olardim. Men uni hali yana 7 yil kutishim kerak. 7 oy baxtli boʻlib badalini 7 yil toʻlaymanmi? Bu adolatdan emas!
Km: u ham seni 2 yildan beri kuzatib badalini toʻlayapti. Seni qingʻir ishlaring uni rashkini qoʻzgʻatib asabini buzyapti. Senga yaqinlasha olmasligi uni xafa qilyapti. Ammo u kecha sening yotogʻingga kirdi, sen bilan 2 soat quchoqlashib yotdi. Sen esa uni oʻpding!
Jk: aqlingiz joyidami? Qanaqasiga men uni oʻpaman? Shuncha qoʻriqchidan qanday qilib mening yotoqxonamgacha kirishi mumkin? Bu boʻlmagan narsa!
Jungkook eshitganlariga ishongisi kelmasdi. U Taehyungni oldin uchratgan boʻlsam eslay olishim kerak derdi ammo buni eslolmaydi. Chunki hayoti sarguzashtdan iborat
Taehyung esa hayratdan yoqa uxlagandi. Kampir birgina marsani qayerdan bildi
Ammo shu payt quloqchin ishlamay qoldi. Taehyung esa gʻazablandi va tezlikni oshirdi. Kampir Jungkookning telefonini portlatgandi
Km: Taehyung shu orqali bizni eshityapti. Telefoningni ichida maxsus qurilma bor. U seni eshita oladi. Hozir esa ket! U kelyapti
Kampir yana gʻoyib boʻldi. Jungkook ham tezlikda u yerdan ketdi. Taehyung kelganida Jungkook bu yerda emasdi
Tae: 15 daqiqa ichida qayerga ketgan boʻlishi mumkin? Bular nimani gaplashishdi? Jungkook 2 kundan beri oʻziga oʻxshamaydi. Bu yerda bir gap bor. Men nimanidir bilmay qoldim
Jungkook mashinasida oʻzining uyiga bordi. U odatda otasi bilan yashaydi. Ammo koʻpincha shu yerda qoladi. Har doim ham otasi bilan qolmaydi.
Jungkook oʻzining rasm xonasiga kirdi. Jungkook rasm chizardi. U katta portetni oldi va chizishni boshladi.
Taehyung esa Jungkookni qayerdaligini bilolmay halak edi. Uning shaxsiy uyi esa hayoliga ham kelmadi. Chunki Jungkook shaharning istalgan burchagida boʻlishi mumkin. Taehyung odamlariga Jungkookni qayerdaligini topishni yuburdi. Hamma uni qidirish uchun ketdi. Mashinada Taehyungga 5 yildan beri ishlaydiganlar bor edi
X: shu xoʻjayin oʻsha bolaga yopishib olgan. Jungkookdek hurliqo bizni xoʻjayinizga qaramaydi. Xoʻjayinni yuzini koʻrganmisan? Chandiqlari juda koʻp. Jungkook unga qayrilib ham qaramaydi
X2: Xoʻjayinni yongʻindan Jungkook qutarib qolgan. Shundan soʻng xoʻjayin uni kuzatadi. Xoʻjayinni xonasiga kirganimda devorlar, shkaflar, tortma ustida hattoki patalok qismida ham Jungkookning kulib turgan suratini koʻrganman. Xoʻjayin uni qattiq sevadi. Hattoki unga zarar boʻlsa ham har doim quloqchin taqadi. Buni koʻp taqish aslida zarar. Lekin xoʻjayin bu narsani 2 yildan beri taqadi
X3: qayerdan bilasan balki oʻsha hurliqo Jungkook ham xoʻjayinni sevar?
X: xoʻjayindek jirkanchni koʻchadagi loʻli ham sevmaydi. Jungkook xoʻjayinga orzu
X4: mayli. Sevadimi yoki yoʻq bu bizning muammoyimiz emas. Biz pulimizni olyapmiz, xoʻjayin uyidan bizga joy bergan, ovqat tekin, uyida yashayotganimiz uchun maoshimizni kam beryotgani yoʻq. Nega sen uni yomonlaysan? Xoʻjayindek boʻlib ol oldin!
X X4dan sal boʻlsada qoʻrqadi va aytganini qilib jim boʻldi. Chunki X4 haq edi. Taehyung hayhotdek uyda bir oʻzi yasholmaydi. Shu sababli xizmatchilariga joy bergan. Ammo ayrimlar buni qadrlamaydi.
Ular Jungkook oʻzining uyida ekanligini topishdi va Taehyungga xabar berishdi. Taehyungga bu uyga kirish qiyin edi. Chunki uy qattiq qoʻriqlanadi. Janob Jeonning uyi esa unchalik qattiq qoʻriqlanmaydi. Jungkookning uyida signalizatsiya va kameralar mavjud. Bu kameralarga hech qaysi hacker ulana olmagan. Bu uyni Janob Jeon oʻgʻlining xavfsizligi uchun qurdirgan. Ammo Jungkook buni bitta koʻk olmos koʻzli Qirol Kimning uzugiga alishmoqchi
X4: xoʻjayin Jungkook oʻzining uyida ekan. Biz topdik
Taehyung ham yetib keldi va uyga uzoqdan qaradi. Jungkook sal oʻtmay chiqib keldi. Jungkook tizzasi yirtiq va tor jinsi shim kiygandi va kiyimning tepa qismi ham torroq edi
Taehyungni bundan yana rashki qoʻzidi va
Tae: bu atayin qilyaptimi? Bu kiyinish nimasi?
X4: xoʻjayin....balki bunday yurmay unga ochiqchasiga aytarsiz. 2 yildan beri shunday qilasiz. Vaqti kelmadimi?
Tae: sen bilmaysan. Jungkook meni bu yuzim va tanam bilan koʻrsa jirkanadi. Koʻchadagi loʻli ham qaramaydiku menga. Jungkook osmondagi oy
X4: siz aytmasangiz men aytaman!
Tae: yoʻq! Hali vaqti emas. 25 ga kirsin. Keyin. Ungacha esa sal hayotni tushunadi
X4: siz esa ungacha jinni boʻlib yuraman demoqchimisiz? Xoʻjayin...ayting iltimos
Ammo unday boʻlmadi. Taehyung aytmadi. 25 ga kirishini kutardi. Jungkook esa kampir 25ga kirganda Taehyungni uchratishini aytdi.
Jungkook dunyoni kezib Taehyungni qidirardi. Hamma davlatga bordi. Otasini ishini ham oʻrgandi va kampaniyani boshqardi. Otasi esa nafaqaga chiqdi. Hamma ish Jungkookka qoldi. Vaqt boshqalar uchun daryodek oʻtsa Jungkook va Taehyung uchun shilliqqurtdek sekin oʻtardi. Ikkisi ham Jungkook 25ga kirishini kutardi. Jungkook Taehyungni uchratishni, Taehyung esa unga yaqinlashishni kutardi.
Sogʻinch Jungkookning yuragini oʻrtab yubordi. Qachon uchrataman degan savol har lahza miyyasida aylanardi. Jungkookning yoniga malaylari kelardi ammo orasida Taemin yoʻq edi. Bugun Jungkook 23 yoshga kiradi. Bazmdan avval u kompaniyada edi. Uning yana bir malayi Jisoo keldi
Kim Jisoo - 23 yoshda. Yoshlikdan Jungkookning malayi. Boy ammo Jungkookning malayi. Jungkook oʻrgarib qolganini sezgan. Chiroyli va aqlli
Js: senga nima boʻldi? Ancha oʻzgargansan. Men oldingi vulqon Jungkookni koʻrmayapman.
Jk: sogʻinch yuragingni oʻrtab yuborsa oldingi vulqonliging ham qolmaydi Jisoo. Sen tushunmaysan
Js: mayli mayli. Ishlar bilan charchamayapsanmi?
Jk: salgina. Taemin qayerda? 5 yildan beri koʻrmadim
Js: bundan 5 yil avval oʻrmonga borgan ammo oʻzi bilan qurol olmagan. Ayiq unga hujum qilgan. Undan koʻp qon ketgani sababli u oʻlgan. Topganida allaqachon kech edi
Jungkook bunday boʻlganini bilmagandi. Fikr-u hayolini Taehyung egallagan va undan oʻzgasini oʻylaymasdi
Js: eshitishimcha u 7 yildan beri bir yigitni telbalarcha sevarkan. Har doim uni kuzatarkan. Hattoki xonasida ham uning suratlari bilan toʻla ekan
Jisoo ham ketdi. Jungkook kampir bilan uchrashish uchun yana oʻrmonga bordi. Taehyung oʻsha voqeadan soʻng Jungkookka yaqin kela olmadi. 5 yildan beri kim bilan gaplashadi, nima qiladi? Buni bilmaydi. Ammo kuzatadi. Jungkook esa 5 yil ichida telbaga aylandi. Sogʻinch uni shu darajaga olib keldi