Lucifer
Jiminni bu gapidan hamma kuldi. Ammo bir inson soxta kuldi. Bu Jungkook! Chunki undagi qoʻrquv yuragini ham aqlini ham egallab oldi. Uyga borganida nimalar boʻlishi uni qoʻrqitib yubordi. U shu paytgacha qoʻrqmagan ammo hozir qoʻrqyapti va nima qilishni bilmaydi. Jimgina 8 yillik orzusidan kechib sevgan eri bilan qolsinmi yoki karayerasini tanlab sevgilisidan ayrilsinmi? Yoki yaxshiroq baxona topsinmi? Qochsinmi, berkinsinmi? U nima qilishni bilmay ikki oʻt orasida emas oltita oʻt orasida qoldi. U birini tanlashi kerak! Toʻgʻri u erini sevadi ammo ishini ham. Doʻstlari mashhur boʻlganda u erini tanlab qolib ketishi mumkin. U bazida qoʻrqadi balki Taehyung ham bir kun kelib oʻzgarar
Intervyu ham tugadi. Birinchilardan chiqqan inson albatta bu Jungkook. Chunki u chidolmadi. Izidan boshqa memberlar ham chiqib ketishdi. Yoongi, Namjoon va Taehyung ham chiqishdi
Jungkook yoʻlak boʻylab yugurardi va mashinasi tomon ketdi. U orqa eshikdan chiqdi, chunki armylar old eshikda kutishardi. Mashinasiga tezlik bilan oʻtirdi. Xuddi orqasidan ajal quvyotgandek. Mashinaga minib kompaniyaga ketdi. Kompaniyaga yetib keldi va oʻzini xonasiga kirdi.
Jk: Tamomman! Endi nima qilaman? Qayoqqa qochsam ham topadiku! Nima qilay?
Jm: Jungkook endi rostan ham tamommiz! Senga qoʻshib bizni ham nimadir qiladi?
Jn: Jungkook balki yaxshiroq reja oʻylab toparsan yoki baxona?
Jk: nima deyman? Taehyung men Koreyaga va boshqa davlatga mashhur idolman. Idollik senga aytgan oddiy kasb emas deymanmi? Seni adadim deymanmi? Soddaligingdan foydalandim deymanmi? NIMA DEYMAN?
Jm: baqirma! Baqirganing bilan hech narsa oʻzgarmaydi
Jh: bir savol? Nima boʻlyapti?
Jn: Jungkookni eri uni idol ekanligini bilib qoldi
Jm: Jungkookni eri bor va u bizni intervyuda koʻrdi. Endi aniq hammamiz tamommiz
Jm: Kim Taehyung! Mafia olamida Lucifer
Jm: Agar ertaga seni sogʻ koʻrsam Koreyadagi hamma yetim va kambagʻallarga ehson qilaman. Islom dinida bu oy Ramazon oyi ekan. Savob ish qilish kerak ekan
Jk: shu savobingni menga qil! Menga nima qilishni ayt!
Jn: Jungkook pochchamni rashkini va jahlini bilasan. Senga zarar yetkazolmaydi ammo oʻziga nimadir qiladi! Sen esa nima qilib boʻlsa ham tinchlantirishing kerak. Seni vazifang shu! Shunda hammamizga yaxshi boʻladi. Ayniqsa senga. Uyqu dorini suvga yoki ovqatiga qoʻshib berasanmi, nimadir deb taxdid qilib qoʻrqitasanmi buni bilmayman lekin nimadir qilishing kerak! Jim turma agar jim tursang aniq oʻziga nimadir qiladi
Jh: balki bugun kimnikidadir qolarsan?
Jk: yerni tagiga kirib ketsam ham topadi!
Jm: uyingga boraverchi bir gap boʻlar. Baribir nima qilishni bilmaymiz
Jn: biz shu hafta dam olamiz balki hammamiz sayrga chiqarmiz
Jk: men bu yoqda oʻlib ketishim mumkin sen sayr deysanmi?
Jn: hoy ahmoq agar pochcham bilan shu hafta sayrga chiqib hursandchilik qilsang hammasi yaxshi boʻladi. Pochcham jahlidan tushgan boʻladi!
Jm: hoy u toʻgʻri aytdi shunday boʻlishi ham mumkin
Jk: Taehyungni oldiga boraychi men kettim
Jungkook chiqib ketgandan keyin
Jm: qani hamma duo qilsin. Ey allohim Jungkookga zarar yetmasin. Omin
Hammalari duo qilishdi. Chunki Jungkook Jiminni ortidan ketganda Jin Taehyungni gʻazabini koʻrgan va bilgandi. Jungkook Taehyungni officega yetib keldi. Kirib kelar ekan hamma unga tazim qildi. Chunki u boshliqni xotini edi. Jungkook Taehyungni xonasiga keldi va eshikni taqillatdi. Ichkaridan KIR degan ovoz eshitildi. Ovozidan Taehyung gʻazabda ekanligi malum edi. Jungkook xonaga yurak yutib kirdi
Tae: oww mening goʻzal rafiqam kelibdiku!
Taehyung unga kulib qaradi. Ammo bu kulgu odatiy emasdi. Asabiylashganidan oʻzini majburan kuldirgan odamni kulgusi edi. Jungkook joyiga turdi
Tae: sen meni aldadingmi? Idollik menga oddiy kasb deganding ammo intervyularda nima qilib yurganding?
Jungkook hamon jim edi. Ammo Taehyungni sabri tugab xonani vayron qila boshladi. Jungkook bundan qoʻrqib yigʻlab yubordi lekin joyidan jilmadi.
Tae: GAPIR! NEGA JIMSAN? NEGA ROSTINI AYTMADING? ROSTINI AYTSANG MEN SENGA YOʼQ DERMIDIM?
Taehyung Jungkookni oldiga kelib bilaklaridan qattiq ushladi va oʻziga yaqinroq tortdi
TAE: INTERVYUDA KIYGANING NIMA EDI? NEGA BUNCHALIK OCHIQ? MEN HATTOKI SENI KALTA SHORTIKLARINGACHA YOQIB YUBORDIM! AMMO KIYGAN KIYIMING KOKRAGINGACHA OCHIQLIGINI SEZMADINGMI? NIMA SHU NARSALAR SENGA YOQADIMI?
Jungkook unga yigʻlab qaradi. Taehyung keyin nima qilganini tushundi
Taehyung Jungkookni quchoqladi va boshini siladi. Yumshoqroq ovozda gapirib boshladi
Tae: jonim kechir. Men asabiylashib ketdim. Iltimos yigʻlama!......mayli meni ur lekin yigʻlama! Seni bu yulduzdek koʻzingdagi yoshni koʻrishga kuchim yetmaydi.
Jk: meni kechiring....sizga aytishim kerak edi
Tae: yoʻq kechirim soʻrama! Ammo keyingi safar menga hammasini ayt, hoʻpmi jonim?
Jk: balki yana aylanishga chiqarmiz! Xuddi oldingidek. Sizni har kuni olib chiqardimku. Bu safar doʻstlarimiz bilan
Tae: hoʻp jonim senga yoʻq deb boʻlarmidi. Kimlar boʻladi?
Jk: men, siz, Jimin, Jin,Hoseok. Balki ikki doʻstingizga ham aytarsiz? Ular ham borishardi
Tae: Ha Namjoon va Yoongi. Ularga ham aytaman sen esa men bilan qol hoʻpmi?
Taehyung joyiga oʻtirdi va qoʻli bilan tizzasiga ishora qildi. Jungkook ham oʻsha yerga oʻtirdi.
Taehyung telefonini olib Namjoonga qoʻngʻiroq qildi
Tae: men, mening asal rafiqam, Jin, Jimin, Hoseok. Agar koʻndirsal Yoongi ham
Namjoon Jin soʻzini eshitib yuziga kulgu yugurdi va hursand ovozda
Rm: men boraman qachon ketamiz?
Tae: birdan hursand boʻlib ketding? Nima boʻldi?
Rm: ha oilaviy aylansak yaxshiku. Yoongiga oʻzim aytaman.
Tae: ha unda bugun soat 19:00 da chiqib ketamiz
Rm: kelishdik hali vaqt bor ekan. Hayr
Suhbat tugadi. Jungkook Taehyungni quchoqlab olgandi
Taehyung oʻzini ishida davom etdi. Bazi hujjatlarga imzo qoʻydi.
Ammo qarasa Jungkook uxlab qolgan.
Taehyung xizmatkorga telefon qilib ularni narsalarini yigʻishni buyurdi