Stay with me
Jungkookning koʻzlari yoshlandi. Nima uchun degan savol uni qiynardi. Ammo yana bir marta ojizlik qilolmaydi. Yana koʻzyosh toʻkolmaydi. Darrov koʻzyoshini artdi. U bu vaqt kuchli boʻlishi kerak.
Jk: kompaniyaga haydang ish chiqib qoldi
Taehyung ham hursand holda kompaniyaga haydadi. Chunki oʻsha yerda sevgilisi IUni koʻrishi mumkin edi. U bundam juda mamnun boʻldi
Jungkook Minhoga xonasida kutishini aytib xabar joʻnatdi. Minho ham bu xabarni oʻqib, yuragida qoʻrquv bilan xonada kuta boshladi. Chunki Jungkook nima deyishuyi nima qilishi hammaga hattoki Jungkookning oʻziga ham surprise edi. U nima qilishini bilib boʻlmasdi.
Kompaniya eshigi tagiga mashina toʻxtadi va ichidan Jungkook shiddat bilan tushdi. Hamma bundan hayratda! Hattoki juda katta muammo chiqqanda ham Jungkook hotirjam holatda boʻlgan. Hamma oʻylay boshladi! Nima boʻlganki Janob Jeon bunaqa shiddat bilan mashinadan tushdi?
Jungkook toʻgʻri xonaga bordi. Taehyung esa oʻz xonasiga. Jungkook xonaga kirganda Minho boshini ekkancha turardi. Jungkook oʻzini zoʻrgʻa bosardi
Jk: Minho javob ber! Sabrimni sinama! Nega avvalroq menga aytmading? Nimadan qoʻrqding?
Mh: sizni xafa boʻlmasin dedim. Janob Kimni qanchalik sevishingizni bilardim. Shu sababli aytmadim. Koʻnglingizni sindirgim kelmadi
Jk: Nima seningcha hozir yaxshimanmi? Hozir hursandmanmi? Minho! Ishonganim sen eding! Sen ham mendan sir yashiradigan boʻldingmi? Sen ham boshqalar qatoriga oʻtdingmi?
Mh: yoʻq! Aslo! Men har doim sizga sodiqman Janob Jeon!
Jungkook hech narsa demay yana xonadan chiqib ketdi. Minho izidan chiqdi ammo yetolmadi! Jungkook liftdan pastga tushib ketdi. Ikkinchi lift esa 1 soat oldin buzulib qolgandi. Mingo tezlik bilan zinalardan tusha boshladi. Jungkookning kompaniyasi 20 qavatli. Minho 7 qavatga kelganida Jungkook mashinasiga mindi va katta tezlikda haydab ketib qoldi. Minho kech tushdi va u ham izidan ketdi
Bu vaqt IU va Taehyung birga edi. IU Taehunging tizzasiga oʻtirib olgan va makr-u hiylalari bilan oʻziga rom etardi
IU: jonim...qachon ketamiz? Pul yigʻib qoʻymadingizmi?
Tae: pul bor ammo sal kam. Ikkimizga yetmaydi. Yana ozroq ishlasam bas! Anavi ahmoq va ezma Jungkookdan ham qutilaman. Biram jinim suymaydiki shuni. Kamida 2 haftada ketamiz. Ungacha ancha pul toʻplab qoʻyaman.
IU: nega hamma Jungkookdan qoʻrqadi? Biram soddaki!
Tae: unda pul va kuch-qudrat bor. Yonida esa Minho bor. Minho Jungkookka juda sodiq. Oʼlsa ham Jungkookka sodiqligicha qoladi
IUpov: senga oʻxshab sotqin emas ekanda?! Hech boʻlmasa bitta sodiq insoni bor ekanku uni
Iu: ha men ham oyliklarimni yigʻib qoʻydim. Keyin ikkimiz Shvetsariyaga ketamiz a?
Tae: albatta sevgilim. Birga ketamiz
Ular shunday qilib gaplashib oʻtirishardi. Bu vaqtda Jungkook mashinani bor tezligida hech kim yoʻq koʻchadan haydardi. Izidan Minho yetib olishga urunar lekin befoyda edi. Lamborgini Avendatorga
Jungkookning koʻzi hech nimani koʻrmasdi. Ikki koʻzida oʻsha suratlar gavdalanardi. Ammo Jungkook yoʻldagi bir mashinani koʻrmay qoldi va ikkisi toʻqnashdi. Buni koʻrgan Minhoning yuragi urushdan toʻxtagandek edi goʻyo! Nima sabab? Sevgani oʻlishi mumkin
Minho qaltis vaziyatga tushib qoldi va tez yordamni chaqirdi. Ular ham iloji boricha yetib kelishdi. Buni eshitgan Taehyung hursand boʻldi. Balki Jungkook oʻlar deya. Ammo rol oʻynashi shart! U ham xavotir olgandek kasalxonaga bordi.
Kasalxonada Minho tinmay yigʻlar va duo qilib Jungkookni omon qolishini oʻtinib soʻrardi. Taehyung ham bir nuqtaga qaragancha hayol surdi. Albatta Iu bilan. 3 soat oʻtib doctorlar chiqishdi. Minho va Taehyung borishdi
Dc: ammo shisha boʻlaklari uning koʻziga kirgan ekan. U endi koʻrmaydi! Davolashning iloji yoʻq
Minho joyida qotib qoldi. Taehyung shock holatida. Ammo hursand! Jungkookning koʻzlari endi koʻrmaydi, bu degani kompaniya endi uniki! Kompaniya, pullar, mashinalar, boyliklar, kompaniyaga tegishli hamma narsa endi Taehyungga tegishli boʻladi deb oʻyladi. Ammo bu xato! Hamma biladiki Jungkookka nimadir boʻlsa kompaniyani Minho boshqaradi, ammo buni Taehyung bilmaydi
Mh: Janob Jeon endi koʻrmaydimi? Doctor! Soʻragan pulingizni beramiz Janob Jeonni davolang. Axir hamma narsani chorasi borku. Janob Jeonda pul koʻp, istaganingizcha beradi. Ilojini qiling
Minho hozir Jungkookning tuzalishi uchun borini berishga ham tayyor turibdi. Muhumi Jungkook yana koʻra olsa bas!
Taehyung tashqi tomondan shock holatida koʻrinsada ich-ichidan juda hursand. Endi u IU bilan yashirincha uchrashishi shart emas. Lekin u unutib qoʻydi! Jungkook uni shu darajaga olib kelganini unutib qoʻydi. Ammo Jungkook minnatchi emas. U birovga qilgan hech narsanini minnat qilmaydi. Toʻgʻri! Eslatib qoʻyishi mumkin ammo har doim ham emas. Jungkook boy boʻlsa-da minnat qilmaydi
Bu payt Jungkook uxlardi. Uni shunchaki uxlatib qoʻyishgandi. Uni koʻzlari aslida koʻradi! Shunchaki operatsiyada biroz oʻzida edi va doctorlardan shuni iltimos qildi. U hammani sinashni istayotganini aytdi va doctor ham uni toʻgʻri tushundi. Yirtilgan joylarini tikib qoʻydi va birozga tinchlantiruvchi dori yubordi. Jungkookning koʻziga aslida hech qanday shisha kirmagandi. Faqat ustini biroz tilgandi