May 29

Mafia world

5-qism

Jungkookni shu savol oʻsha kundan boshlab qiynardi. Stolga oʻtirgan va oʻyga tolgan Jungkook yana shuni oʻylay boshladi.

10 yil avval ular urushib qolishgan vaqt!

Jungkook amakivachchasi Yeonjun bilan uchrashish uchun keldi. Chunki uni xafa qilib qoʻygandi. Shu sabab kechirim soʻrash maqsadida keldi. Yeonjun ham keldi

Jeon Yeonjun - Jungkookning amakivachchasi va bolalikdan to hozirgacha boʻlgan doʻsti. Jungkook Taehyung bilan tanishgan vaqtida Jungkook va Yeonjun urushib qolishgandi va Yeonjun Italiyaga ketgandi

Jk: salom Yeonjun

Yj: salom Jungkook

Jk: gapni qisqasi meni kechir. Men oʻshanda gʻazabda edim...atayin qilmadim. Kechir bilasan sen bilan yoshligimizdan doʻst edik. Meni yaxshi bilasan. Kel yana avvalgidek doʻst boʻlamiz

Yj: men ham oʻsha vaqt kayfiyatim yoʻq edi. Sen ham kechir

Ular yana dildan suhbat qura boshladi. Jungkook va Yeonjun qarindosh va yoshlikdan doʻst edilar. Ammo 10 daqiqa oʻtib Taehyung gʻazab bilan kirib keldi. Eshikni shunaqangi yopdiki eshikni oynalari dars ketdi. Hamma Taehyungga qaradi. Taehyung gʻazabda edi

Taehyung Yeonjun tomonga yugurib kelib uni ura boshladi. Chunki Taehyung Yeonjun va Jungkook amakivachchaligini va ular bolalikdan doʻst ekanligini bilmagandi.

Tae: SEN IFLOS NEGA MENI SEVGILIM BILAN UCHRASHASAN? KIM SENGA HUQUQ BERDI? YANA BIR MARTA MENING JUNGKOOKIMGA YAQINLASH... BOʼYNINGNI SINDIRAMAN ITVACHCHA

Jungkook tezda ularni ajratishga urundi. Ammo befoyda edi. Taehyung qimir ham etmasdi. Ohiri nima qilishni bilmay stoldagi guldon bilan Taehyungni urdi. Bundan Taevyung xushidan ketdi. Tez yordam chaqirishdi va ularni olib ketishdi. Oradan 1 soat oʻtib Taehyung uygʻondi. Ammo Jungkook uning yonida emasdi

Taepov: Jungkook qani? Men uni koʻrishim kerak. Men unga nimadir qildimmi?

Taehyung oʻrnidan turdi va xonalarga bir-bir nazar tashladi. Jungkook Yeonjunni xonasida uni uygʻonishini kutar edi. Bu Taehyungni jahlini battar chiqardi. Yeonjun Taehyungdan koʻp jarohat olganligi, amakivachcha va doʻstligi sabab uning oldida edi.

Taepov: Bu kim endi? Seni oʻldiraman! Jungkook faqat meniki

Taehyung xonaga gʻazab bilan kirdi. Jungkook uni koʻrib oʻrnidan turdi va yoniga bordi

Jk: Tete nima qilyapsan? Bor joyingga borib uxla. Senga turish mumkin emas. Yeonjun uygʻonganib keyin sen kechirim soʻraganingdan keyin ketamiz

Tae: Sen nega uni oldidasan? Nega meni oldimda emassan? Nima u sevgilingmi? Meni sevmaysanmi? Menga xiyonat qilyapsanmi? U mendan yaxshimi? Meni nimam kam? Nimam yoʻqki senga yoqmayman?

Taehyungning oʻnlab savollaroga koʻmilgan Jungkookni jahli chiqdi. Chunki Taehyung Yeonjun Jungkookka kimligini bilmay turib shunday derdi

Jk: Taehyung! Yeonjun mening....

Tae: SEVGILING SHUNDAYMI? MEN SENGA KAMLIK QILYAPMANMI? SENGA NIMASI YOQADI UNI? MEN UNDAN MING MARTA YAXSHIMAN

Jungkookni jahli battar chiqdi. Chunki Taehyung uni eshitmayapti

Jk: Yoʻqol koʻzimga koʻrinma! Meni tinch qoʻy

Taehyung keyin oʻziga keldi. Bu gapni Jungkook bazan xafa boʻlganida hazil qilib aytardi. Ammo hozir bu hazil emasdi. Jungkookning koʻzlari buni hazil emasligi uchun isbot edi

Tae: Jjj..Jungkook...men nima qildim. Axir men seni yoʻqotishni istamayman xolos. U seni mendan tortib oladi. Seni qanchalik sevishimni bilasanku. Meni bunday deb oʻldirma

Jk: 1 hafta. 1 hafta koʻzimga koʻrinma! Ungacha oʻzimga kelib olaman. Yoʻqol! Kerak boʻlsang seni oʻzim topaman

Taehyung ham indamay ketdi. Nima qilishini bilmasdi. Ammo yana kasali tuta boshladi. U hech kim bilmaydigan uyiga bordi. Bu uyni faqat u bilardi deb oʻylardi. Ammo bu uyni Jungkook ham biladi.

Hozir!!!!!!!

Jungkook yana alam bilan kuldi. U shu 10 yil ichida Taehyung bilan bir boʻlib unga xiyonat qilgan qizlar bilan suhbatlashdi. Ularning hammasi bir gapni aytardi.

~ U faqat bir ismni takrorlardi. Jungkook! Hech biring Jungkook boʻlolmaysan derdi

~ U hech kim Jungkook emas derdi

~ Jungkook. Hech bir inson Jungkook emas derdi. Men u kimligiga qiziqaman

~ Jeon Jungkook....Ace

Ularning hammasi Jungkookka taluqli narsalarni aytishardi. Hattoki oʻsha club egasi ham

~ U menga " mening muhabbatim bor. Ismi Jeon Jungkook. U juda ham chiroyli. Sendagi hech bir qiz yoki yigit unga tenglasha olmaydi. Har bir qismi ehtiros va chiroydan yaralgan. Ammo u mendan xafa. Meni koʻrishni istamaydi. Uning birgina tabassumi jonga oʻt yoqadi. Men uni hammadan hattoki oilamdan ham rashk qilaman. Men uni xafa qilishni istamayman. Ammo uni birovga berib qoʻyishni ham istamayman. U men uchun hayot manbayi " derdi. Taehyung sevib qoladigan odam emasdi. Men oʻsha Jungkookni koʻrmoqchi boʻlaman. Ammo Taehyung juda ham rashkchi. Yoki faqat oʻsha Jungkookni rashk qiladi

Jungkook hammadan shu gapni eshitardi. Ammo bularning hech biriga ishonmasdi. Jungkook Taehyungni mafia ekanligini bilib ham sevdi ammo u xiyonatga uchradi. Jungkook faqat bir marta ishonadi. Ammo ishonchi suistemol boʻldi