Sevgisi oldidagi ojiz mafia
Ertalan uygʻoninishdi. Hammadan birinchi Jk turdi. Yuvinib kiyinib pastga tushsa nonushta ham tayyor ekan. Ammo Yoongi va Jimin hali ham uxlashayotgan edi. Yoongi birinchi uygʻondi va yoniga uxlab yotgan zulmat hayotidagi quyoshiga qaradi. Suga uni sochlaridan siladi
Suga: quyoshim uygʻon tong otdi...quyoshim qani turaqol...uyquchi boʻlma
Jimin allaqachon uygʻongan ammo oʻzini uxlaganga solib yotgan edi. Suga nima qilishini bilmoqchi edi va shunchaki koʻzlarini yumin yotgan edi.
Suga: quyoshim meni...sevgilim..jonim jahonim...oy yuzli farishtam..ohu koʻzligim...qalbim, boyligim, uyim, aqlim, ojizligim egasi...turmaysanmi?
Jimin gʻingshib turdi va Sugani quchoqladi. Suga hozir erib ketardi. Jiminni tanasi issiq va kichik. Suganiki esa katta va sal sovuq. Jiminni iliq yuzi Sugani boʻynida edi. Agar hozir Jimin turmasa Suga Jiminni oʻziga yelimlap yopishtirardi
Suga: Nima? Kim qariya? Senga hali qariya boʻlib qoldimmi? Mana senga
Suga shunday deb Jiminni qitiqlashga tushib ketdi. Suga qitiqlar ekan Jimin kulardi. Bu kulgu Suga eshitgan eng yoqimli kuy sadosi edi. Bu kulguni har kuni eshitish uchun har narsa qilardi. Tom maʼnoda u Jiminsiz yashay olmay qolishini tushundi. Jiminni ifori, kulgisi, ovozi, uni quchoqlashlari, erkalanishlari, tanasi - bular Suganing obi hayot manbayi boʻlib qoldi.
Ammo Suga bir inson haqida malumot qidirayotgan edi. U ham mafia va qudrati Suganikidek edi. Lekin uni yuzini hech kim koʻrmagan edi.
Uni hamma V deb chaqirardi. Yuzini, nozik joyini va kuch qudrati sirini hech kim bilmasdi. Juda ham aqlli,kuchli, ayyor va shavqatsiz edi. Lekin hech kim bilmagan u ham yetim bolani sevib qolishini.
V- organ va qurollar sotish bilan shugʻullanadi. Juda ham aqlliy va ayyor. Ishiga puxta odam. Yoshi 29 da. Uni oilasi tashlab ketgan. U hozirda nimaga egalik qilsa hammasiga oʻz kuchi bilan erishgan.
Xarakteri- jiddiy, qoʻrs, ayyor, kuchli, aqli, yolgʻon gapirmaydi. Sevgani bor. Ismi Jeon Jungkook.
Jungkookni jonidan ortiq sevadi. Lekin qoʻrquvi ham bor. Jungkookga kimligini ayta olmaydi. Aytsa meni tashlab ketadi deb oʻylab qoʻrqadi va aytmaydi. Har kimga zarar bersa ham Jungkookni bir tola sochiga zarar yetkazishga botina olmaydi. Gʼazablansa ham Jungkookni koʻrgach oʻsha gʻazab yoʻqoladi. Negaki Jungkookni doe koʻzlariga oshiq.
Suga va Jimin yuvinib nonudhtaga tushishdi. Qarasa Jungkook afandimiz oʻzini xafa qildirmay ovqatlanib oʻtirgan ekan. Jungkook Jiminni harakatini biroz kuzatdi va chap oyogi gʻalati bosayotganini sezdi
Jk: Jimin chap oyogʻingga nima boʻldi?
Jk: bu gaping bilan mendan boshqani aldaysan!
Jimin: oyogʻimni sindirib oldim, boʻldimi?
Jk: battar boʻl! Kim senga ehtiyotsizlik qil dedi?
Jimin: xavotir olasanmi desam gapirgan gapingni qara
Jk: senga balo ham urmaydi. Ha aytgancha men bugun uchrashuvim bor
Jimin ayyor tabasum qildida Jungkookga qaradi
Jimin: Balki pochcham bilan tanishtirarsan. Seni qandayligingni aytib beraramidim
Suga: Jimin sen kim bilan tanishmoqchisan?
Jk: ana pochcham toʻgʻri aytyapti. Eringni gapiga quloq sol. Pochcha sizga bir gap aytsam Jimindan ehtiyot boʻling. Asabiylashsa mana shu uyingizni boshingizga qulatadi
Jimin: sen doʻstmisan dushmanmisan? Meni yonimni olish oʻrniga gapirgan gapingni qara yapon quyon!
Jungkook hozir nima boʻlishini sezdida sekin stoldan turdi. Jimin ham turdi. Suga esa nima boʻlyotganiga hayron vaziyatni tomosha qilardi. Jungkook birdan yugurib ketdi. Jimin shippagini qoʻliga olib Jungkoolga otdi. Jiminni shippagi toʻlri borib Jungkookni dumbasiga tegdi. Suga esa kulib yubordi
Jk: nega kulasiz pochcha? Aytdimku bundan ehtiyot boʻling deb....aaayyyyyy...shoshnay tur...pochcham ketsin seni nima qilaman
Jimin: battar boʻl...Yoongiyaa men zoʻr merganman
Suga: koʻrdim mittiviyim koʻrdim...sen eng zoʻr mergansan...oʻziyam zoʻr joyiga moʻjallab otding...phahahahha
Mayli men ishga borishim kerak. Seni sevaman shirintoyim
Deya Suga Jiminni oʻpib qoʻydi va ketdi. Jimin uyda qoldi. Jungkook esa yigitini oldida ketdi. Taehyung oʻzini Jungkookga biznezmanman deb tanishtirgan.