April 24

Twins

9-qism

Junghyung har doim boradigan cafesiga bordi. Bu uning shaxsiy cafesi edi. Junghyung bir stolga oʻtirdi va oʻziga qahva buyurtma qildi. Ammo bir insonning koʻzi undan uzilmas edi.

Bu Edvan edi. Americaning vaxshuy mafiasi edi.

Edvan - yoshi 30 da. Asli koreyalik inson. Koreyscha ismi Kim Tae Moo. Onasi koreys otasi Americalik. Yoshligidan toʻqlikda oʻsgan, nina istasa shuni qilgan va qildirgan, America hali unday vaxshiyni koʻrmagan. Jahldor va mehribon, psixligi ham bor

Edvan yordamchisiga qaradi va

Ev: bu kim?

Y: bu Jeon Jungkook yoki Jeon Junghyung

Ev: nima?

Y: ular egizaklar. Otangizning hamkorlari. Jeon Holding kompaniyasini egasi

Ev: u haqida malumot toʻpla. U kim? Hammasi haqida

Yordamchisi planshetdan qaradi va

Y: Bu Jeon Junghyung ekan. Jeon Holding kompaniyasining yana bir egasi. Uning egizagi ham bor. U Jeon Jungkook. Ularning xarakteri ikki xil. Ikki xil dunyo, ikki xil dunyoqarash. Mutlaqo bir-biridan katta farq

Ev: U mening rafiqam boʻladi. Men shuni istayman

Y: ammo bu sal imkonsizroq

Ev: menga imkonsiz dema, oʻlimdan boshqa hamma narsani imkoni bor

Y: Jungkook yani ung egizagi har doim uni homiya qiladi. Jungkook omega boʻlsada juda ham kuchli. 100 kishi bilan ham jang qila oladi

Ev: menga qiziq emas

Y: janob oldin Junghyung sizni sevib qolishi kerak. Boʻlmasa Jungkook sizga bermaydi. Otangizni hamkori boʻlgani uchun uni harakterini biroz bilaman

Ev: harakat qilib koʻramiz

Edvan Junghyungni oldiga bordi va qarshisiga oʻtirdi. Junghyung bundan hayratlandi

Qoʻl pastda

Jh: kechirasiz?

Ev: Salom Men Edvanman

Jh: salom

Ev: seni sevib qoldim. Mening xotinim boʻlasanmi?

Junghyung juda ham hayratda edi. Chunki unga hech bunday taklif bermagandi, hamma Jungkookka shunday taklif berardi. Ammo hozirgi vaziyatda Edvan meni Jungkook deb oʻylayapti deb oʻyladi va

Jh: Men Jungkook emasman

Ev: bilaman Jeon Junghyung. Men seni sevaman, mening xotinim boʻl

Jh: kechirasiz

Junghyunh shunday deb ketib qoldi. Edvan nima qilishni bilmadi. Uning yoniga yordamchisi keldi

Ev: Menga u haqidagi hamma malumot kerak. Hammasini top, izidan odam qoʻy. Nima qiladi, kim bilan? Hammasini bilishni istayman

Yordamchisi uni aytganini qilib Junghyungni ortidan odam qoʻydi. Edvan Koreyadagi uyiga keldi

Ev: endi ayt

Y: Jeon Junghyung 28 yosh. Bitta egizagi va bitta akasi bor. Jeon Holding kompaniyasining ikkinchi egasi. Ota yoshligida vafot etgan, onasi esa 9 yoshga kirganida. Uning qarindoshlari har doim haqorat qilgan ammo uni egizagi Jungkook har doim uni himoya qilgan. Junghyungni yigʻlaganini Jungkook koʻrmasligi kerak, oqibati yaxshi boʻlmaydi. Hech kimga xoʻrlatib qoʻymadi. U biroz qoʻrqoq, boʻysunuvchan, koʻngli juda ham nozik, Jungkookning erkatoyi

Ev: yaxshi akasi kim ekan?

Y: Jeon Yoongi - Koreyaning eng katta va kuchli gangsteri. Xotini va bitta oʻgʻli bor. Junghyungni doim biror narsada ayblaydi, hattoki oddiygina idishni sindirib qoʻysa ham. Ammo yaxshi koʻradi. Shunday vaziyatda Jungkook uni himoya qiladi. Yoongini kuchi Jungkookka yetmaydi

Ev: Yoongini oldiga boramiz. Menga ukasi kerak, qolgani bilan ishim yoʻq

Edvan shunday qilib Yoongini bazasiga bordi. Yoongiga Americaning mafiasi kelgani haqida xabar berishdi. Yoongi ham uni kiritdi, ammo qarasa Taehyungni koʻrdi

Yg: Taehyung?

Ev: Men Edvanman

Yg: Sen Taehyung emasmisan?

Ev: Kim u Taehyung? Men uni tanimayman

Yg: Sen Taehyungga juda ham oʻxshaysan, ammo sochlaring uzun. Uniki esa kalta. Mana surati

Yoongi shunday deb Taehyungni suratini koʻrsatdi. Haqiqatdan ham Edvan va Evan juda ham bir-biriga oʻxshashar edi. Edvan bundan hayratda qoldi

Ev: mayli. Uni buni qoʻyaylik. Men ukangni sevib qoldim

Yg: Jungkooknimi?

Ev: yoʻq Junghyungni. Shuning uchun uni qoʻlini soʻramoqchiman. Eshitishimcha oilaning kattasi sen ekansan. Ukangni menga turmushga ber

Yg: Edvan. Menku beraman ammo Jungkook seni sogʻ qoʻymaydi. Uni toʻxtata oladigan yagona inson bu Junghyung. Agar Junghyung seni sevib qolsa Jungkook hech narsa qilmaydi, ammo bir marta Junghyung yigʻlab Jungkookka qoʻngʻiroq qilsin. Jungkook seni tag-tuging bilan yoʻq qiladi, oʻzing ham sezmay qolasan! Men ham ukam baxtli boʻlishini istayman ammo bu unga bogʻliq. Men hech narsa qilolmayman

Ev: seni kuching hamma narsaga yetadi deb oʻylarkanman. Ukangga bas kelolmaysanmi? Qoyil katta gangster bittagina ukasiga bas kelolmaydi

Edvan shunday deb kuldi. Ammo Yoongini jahli chiqdi. U rostan ham Koreyani boshqara oladi ammo bittagina bolaga bas kelolmaydi. Nafaqat u balki boshqalar ham Jungkookka bas kelolmaydi

Yg: Edvan! Bitta men emas Jungkookka bas kelolmaydigan. Unga butun insoniyatni ham kuchi yetmaydi. U oʻz nomi bilan Jungkook. Egizagining birgina koʻzyshi uchun seni oʻldirishi ham mumkin. U Junghyungni yer-u koʻkka ishonmaydi

Ev: nima? Junghyung shunchalik qadrlimi? Toʻgʻri hammaga ham ukasi qadrli ammo bu darajada boʻlmasligi kerakku

Yg: Junghyung onamizdan yodgorlik. Oyim Jungkookka Junghyungni asrab-avaylashni vasiyat qilgan

Edvan hech narsa demay ketdi. Ammo nima qilishni oʻylardi. Axir u Junghyungga erishishi kerakku