Toxic love
Koreyada tarixidagi eng kuchli va chiroyli Qirol Kim Taehyung. U har tomonlama mukammal edi. Kuchli, aqlli, ishiga puxta, hech qachon sevmagan, pok, hech kim hattoki ota onasi ham unga teginmagan. Chunki buni oʻzi istamagan. Yoshi 30da. Hali ham uylanmagan boʻydoq edi. Qirollikdagi hamma qiz unga erga tegishni istar ammo aytishga jurati yetmasdi. Chunki Taehyung ularni ossongina oʻldirardi. Ammo u psix edi. Buni hech kim bilmasdi
Qirollikda joylashgan oʻrmonda yashaydigan Jeon Jungkook. U juda ham mehribon, samimiy, qoʻrqoq va hech kimga yomonligi yoʻq edi. U ham hech kimni sevmagan, chiroyli va pok edi. Ammo yetim edi. Uni oilasi tashlab ketishgandi. Uni chiroyi butun qirollika maʼlum edi. Har qanday odamni jalb qilardi. Unga koʻplar turmush qurish taklifini berib koʻrishgan ammo hech biri rozilikni olmagandi. Yoshi 25 da
Kunlardan bir kun Qirol Kim Taehyung chiroyi butun qirollika yoyilgan oʻsha mashhur Jeon Jungkookni koʻrish uchun oʻrmonga bordi. Jungkook oʻrmonda qoʻshiq kuylardi. Uni ovozi dunyoda bitta edi.
Taehyung bu ovozga sehrlandi. Bu ovoz har kuni u uchun qoʻshiq kuylashini istadi. Ammo Jeon Jungkook birgina qoʻshigʻi uni qanday taqdirga olib kelishini bilmasdi. Balki bilganida umuman qoʻshiq kuylamasdi