April 6

Lucifer

39-qism
Taehyung nima qilishni bilmas edi. 13 yil deganda endi baxtga erishgandi ammo shuni ham tortib olishyapti

M: Taehyung! Men taqdir mabudini koʻndirsam ham baribir Jungkook oʻladi. Uni taqdiri shunday yozilgan

Tae: yolvoraman menga bu ishni qilmasin!

M: Taehyung xavotir olma! Jungkook qayta tugʻuladi. Xuddi oldin oʻlmagandek! Ammo sen u payt qarigan boʻlasan

Tae: nechi yil kutishim kerak?

M: 16 yil! Jungkook 16 ga kirganida sen uni topasan

Tae: ammo qarib qolib, xunuklashganimda unga yoqmasamchi?

M: Taehyung, Jungkook seni hattoki nogiron holatingda ham sevgan! Qarib qolganingda sevmaydimi? Esingdam chiqdimi, hamma seni yomon koʻrganida ham Jungkook seni sevgani? Sen oʻsha vaqt chiroyli eding, ammo seni kim sevdi? Hech kim! Nogiron holatingda ham seni sevgan inson bu Jungkook

Tae: ha u meni oʻsha holatimda ham sevdi, mehr va etibor berdi! Hamma meni yomon koʻrsa ham u meni sevdi

M: men ketishim kerak! Ammo yodingda tut! Jungkookni qanchalik himoya qilma! U baribir oʻladi

Melissa shu bilan ketdi. Ammo Taehyung hech tinchlanmadi.

Taepov: nima? Nega Jungkookim oʻladi? Boshqa yoʻli yoʻqmi? Bir chorasini topishim kerak! Jungkook xonadan chiqmasligi kerak! Boʻlmasa aniq nimadir boʻladi! Axir endi baxtga erishdim deganimda taqdir jannatimni mendan tortib oladimi? Men jannatimsiz jahannam bilan yashaymanmi? Boshqa Jungkookni koʻrmaymanmi? Nega? Nega? Men baxtli boʻlolmaymanmi? Mem ham odamman! Sevganim bilan yashagim keladi! Har tong uygʻonganimda u quchogʻimda xavfsiz uxlaganini koʻrgim keladi, men bilan baxtli yashashini istayman! Ammo nega aynan Jungkook? Tan olaman men soʻngi 5 yil davomida baxtli edim, baxtdan sarmast edim, agar shu baxtim tush boʻlsa ham men uygʻonishni istamas edim! Ammo bu tush boʻlsin! Roziman, yana avvalgidek nogiron boʻlsam ham roziman, ammo Jungkookim yonimda qolsin! U ketsa men yana yolgʻiz qolaman! Axir u meni sevadigan yagonamku! U meni jannatim, borligʻim, tanxo yorqin yulduzim, qanoti yoʻq farishtam, mittigina quyoncham, hayotimdagi baxtim va shodligim, zulmat hayotimdagi porloq quyoshim! U ketsa yana men avvalgidek yashaymanmi? Ey hudoyim uni mendan olma! Axir men u boʻlmasa qanday yashayman? Men nima qilaman?

Taehyung shularni oʻylab qattiq yigʻladi. Yigʻidan toʻxtagach Jeon kompaniyasiga bordi. Jungkook bu payt kotibaga qahva aytgan edi. Kotiba esa shuni xoansiga olib borayotgan edi. Taehyung uni toʻxtatib qahva ichiga uyqu dori soldi. Chunki bilardi Jungkook ossonlikcha ketmasligini. Kotiba ham uni kimligini bilin indamadi

Jungkook qahvani ichganidan keyin uxlab qoldi. Taehyung ichkariga kirib uni koʻtarib olib chiqdi. Buni Jungwoon koʻrmadi. Taehyung mashinada Jungkookni quchoqlagancha ketar edi

Mashinada

Taepov: nima qilib boʻlsa ham seni yonimda olib qolaman! Meni tashlab ketsang men jinni boʻlib qolaman

Taehyung qoʻliga bir dorini oldi va qaradi. Taehyung bunga majbur edi. Jungkook yonida qolishi uchun bularni qilishga majbur edi

Taepov: jannatim sen mendan xafa boʻlma! Hammasini sen uchun qilyapman