Billionarie is a psycho
Dante Jungkook bilan boʻyi teng odamni topdi. U Jungkook bilan yashab uning hamma xarakterini oʻzlashtirardi. Oradan 2 hafta oʻtib unga Jungkookning yuz niqobini qoʻyishdi. Uning hamma narsani Jungkookni oʻzi edi. Ovozi, xarakteri, yuzi, yurushi, ovqatlanishi, xullas haqiqiy Jungkookdan farqi qolmadi. Dante uni uyigs olib ketdi. Yani oʻgʻirlagandek qilib. Soxta Jungkookni hushsiz olib kelishdi. Lior esa bunga ishondi.
Lr: ana mening sevgilim ham keldi. Jungkookim endi sen men bilan qolasan. Taehyungga seni bermayman. Sen toabat meniki boʻlib qolasan
Haqiqiy Jungkook bu vaqt Taehyung bilan edi. Ular sohil boʻyida mazza qilib dam olishyotgan edi
Jk: Teteyim agar men sizni tashlab ketsam nima qilasiz?
Tae: sen meni tashlab ketmaysan? Agar shunday boʻladigan boʻlsa seni uyga qamayman. Yagonam meni hamma narsa bilan sinasang ham yoʻqliging bilan sinama! Meni bunga bardoshim yetmaydi. Men 4 yil oʻsha kasalxonada yolgʻiz oyimsiz qiynaldim. Keyin seni topdim. Seni ohu koʻzlaring meni oyimning koʻzlariga juda oʻxshardi. Sen ham oyim kabi mehribonsan. Men har qaysi sinovga chidayman. Lekin seni yoʻqligingga, jim boʻlib qolishingga va oʻzgasini tanlashingga chidolmayman. Sendan iltimos meni tashlab ketma! Evaziga hohlaganingni muhayyo qilaman. Sen shunchaki meni sev va yonimda qol
Taehyungni koʻzlari sal yoshlandi. Chunki u haq edi. U har qaysi narsaga chidasa ham Jungkookning jimligiga, yoʻqligiga va oʻzgasini tanlashiga chidolmaydi. Axir u bu baxtni 4 yil kutdi. 4 yil toʻrt devor ichida oʻtirdi, azoblarga chidadi, shu kun kelishini orzi qildi. Mana oʻzi hohlagan baxt bor. Sevgan xotini, ishi, boyligi bor. U hozirda baxtli. Taehyung bazan farzandli boʻlishni ham istamaydi. Chunki bola tugʻilsa Jungkook meni unutadi, bolaga bor etiborini beradi, men esa yolgʻiz bir chekkada qolib ketaman deb oʻylaydi.
Tae: men bazan farzandli boʻlishni ham istamay qolaman. Agar sen meni unutsangchi? Hamma mehringni va etiboringni bolamizga bersangchi? Men bir chekkada qolib ketaman. Har doim shunday farzand tugʻulsa ona erini unutadi. Bolasi bilan ovora boʻladi. Sen ham shunday boʻlib qolsangchi?
Bu gaplardan Jungkook hayron qoldi. Taehyung bolalarni yaxshi koʻradi deb oʻylardi. Rost Taehyung bolalarni yaxshi koʻradi ammo sevgan xotini boladan ustunlik qilardi.
Jk: bu nima deganingiz? Axir erimsiz nega sizni unutaman? Men hammaga teng etibor beraman
Taehyung esa Jungkookni quchoqladi. Taehyung etiborni yaxshi koʻrardi. Kimdir unga mehr va egibor berishini yaxshi koʻrardi. Agar bola tugʻulsa Jungkook unga kam etibor berishi mumkin edi.
Oradan yillar oʻtdi. Ular bolali boʻlishdi. Ammo Jungkook ikkalasiga ham teng etibor berardi. Taehyungga ham oʻgʻli Taeminga ham. Hammalari baxtli boʻlishdi. Hech kim Jungkookka sen sotib olingansan demadi. Bunga jurati yetmadi. Taehyung uni kambagʻalligini yuziga solmadi.
Lior esa soxta Jungkookni haqiqiy deb oʻylab u bilan yashayverdi. Ammo koʻp oʻtmay Lior va uning dadasi vafot etishdi. Hamma boyliklar soxta Jungkookka qoldi. Uni soxtaligini Liordan boshqa hamma bilardi. Soxta Jungkook oʻz niqobini yechdi va milliarder boʻlib ketdi