March 13

Mine

Erta tong. Taehyung birinchi uygʻondi va quchogʻida yoqimtoy boʻlib uxlayotgan jonidan ortiq sevgan Jungkookka qaradi. Jungkook umuman oʻzgarmagandi. 8 yil oldin qanday boʻlsa hozir ham shunday edi.

Taehyung telefonini qoʻliga oldi va qarasa qaynisinhlisidan xabar kelgandi. Taehyung xabarni oʻqib ichidan nimadir oʻtdi va koʻngli gʻashlanib boshladi

Taepov: Men erta tong turdim va quchogʻimda shiringina boʻlib uxlayotgan jonimdan ortiq sevgan Jungkookimga qaradim. U 8 yil oldin qanday boʻlsa hozir ham shunday edi. Men oʻrnimdan turib telefonimga kelgan xabarni ochib oʻqidim. Qaynsinglim boʻlmish Melisse menga xabar yozgandi. Men xabarni oʻqir ekanman negadir koʻnglim gʻashlanib boshladi. Xuddiki Jungkookka nimadir boʻladigandek. U hali yosh nega yuragi kasal? Bugun shifokorga boramiz. Men uni endi topdim va shuncha kamsitish va yerga urishlardan keyin u menga imkon berdi. Ammo qandaydir kasallik meni undan ayirishiga yoʻl qoʻymayman. Men ilk marotaba sevdim, qoʻrqdim, u tomonidan juda koʻp marta rad etildim deyarli 100 marta. Endi men uning yaqini boʻlganimda bu kasallik qayerdan chiqdi?

Taehyung shularni oʻylab xavotirlandi. Yuvunish xonasiga kirib ketdi va yuz qoʻlini yuvib chiqdi. U shifokorga borish uchun Jungkookka kiyim tanladi. Chunki Jungkookga qoʻyib bersa yana kechagiday ochiq kiyinishi mumkin. Uning garderobiga qarar ekan hammasi sifatli kiyimlar edi, did bilan tanlangan. Koʻpincha qora va kulrang ranglarda edi. Koʻplari ochiq ham edi

Taehyung uning eng yopiq kiyimlarini tanladi. Boshqa hamma ochiq kiyimlarini toʻpladi. Jungkook hali ham uxlayotgandi. Taehyung kiyimlarini olib chiqib qoʻriqchiga berdi va

Tae: Bu kiyimlarni axlatga tashla

Qoʻriqchi bu kiyimlarni yaxshi tanirdi. Bu kiyimlarmi Jungkookka Vincenzo sovgʻa qilgandi. Shuning uchun ham Jungkook 4 yildan beri bu kiyimlarni saqlardi

Q: janob bu kiyimlarni axlatga tashlay olmayman

Tae: nega? Bu oddiy kiyimku

Q: men Vencenzoning qoʻlida Janob Jungkook kelgandan beri ishlayman. Bu kiyimlarni Janob Cassano Jungkookga sovgʻa qilgan. Janob Jungkook bu kiyimlarni asraydi. Agar kiyimlarga nimadir boʻlsa kallamiz ketadi

Taepov: Vincenzo sovgʻa qilgan narsalarni saqlaysan ammo mening senga sovgʻa qilgan yuragimni saqlamaysan. Nega Vincenzoni unuta olmaysan? Axir men bormanku! Men yetmaymanmi senga jonim? Naxot Vincenzo yuragingda eng yuqori joyni egallagan ammo men Vincenzochalik boʻlolmaymanmi?

Taehyung shularni oʻylab xafa boʻldi

Qoʻriqchi oʻzidan bilib kiyimlarni uyga olib kirib ketdi bu payt Jungkook uygʻongandi va kiyimlar yoʻqligini payqadi jahl bilan tushyotgandi qoʻriqchi kiyimlarni olib kiryotganini koʻrdi

Jk: nega kiyimlarni olding? Kim senga buyurdi?

Q: Janob Kim bu kiyimlarni axlatga tashlashni buyurdi ammo bu mumkinlasligini aytdim

Jk: joyiga olib kir

Q: hoʻp janob

Jungkook tashqariga chiqdi. Taehyung xafa koʻrinardi uni oldiga bordi va

Jk: nega?

Tae: Men yuragingni egasi boʻlolmaymanmi?

Jk: Taehyung kiyimlarimga teginmang. Mayli ochiq kiyinmayman lekin ularga teginmang

Tae: Sen Vincenzoni sevasan va unuta olmayapsan lekin u oʻlgan. Meni sev! Men bormanku! Naxot yuragingda Vincenzo egallagan joyni men egallay olmayman

Taehyungni koʻzlariga yosh keldi. U Jungkookning yuragida joy egalashni hohlardi

Ammo Jungkook uni quchoqladi va

Jk: Men Vincenzoni sevmaganman. Ammo uning yaxshiligini unuta olmayman. Uning sovgʻalari menga uning qandayligini eslatadi. Men u kabi boʻlishga intilaman. U kabi yuragim bir insonga tegishli boʻlishiga intilaman. Yuragim sizga tegishli boʻlisha intilaman

Tae: sen....meni sevasanmi?

Jk: haligi....nima desam ekan?....Ha sevaman

Taehyung yuragi jiz etib ketdi. Naxot orzusi amalga oshdi? Naxot duolarini oʻz samarasini berdi? Taehyubg darrov Jungkookni oʻpdi

Jungkook bir zum toʻxtab qoldi. Axir bu uni ilk boʻsasi. Vincenzo uni labidan boshqa yerlarini oʻpgan. Peshona, yuz, qoʻl, boʻyin ammo labidan oʻpmagan

Taehyung oʻpishdan toʻxtab Jungkookga qaradi. Jungkook uyalib ketdi va yerga qaradi

Jungkookning bu holatini koʻrgan Taehyung kuldi.

Taehyung uni quchogʻiga tortdi va

Tae: senga kiyin tanlab qoʻydim. Borib oʻsha kiyimlarni kiy keyin doctorga boramiz

Jk: yoʻq bormayman

Tae: Jonim meni, doctorga boraylik sogʻlikni tekshirish kerak ohirgu marta qachon borgansan doctorga?

Jk: bormaganman Vincenzo kasal boʻlgan vaqtim kelgan

Tae: yoʻq baribir boramiz kiyinib chiq

Jk: yaxshi siz esa nonushta qilib turing

Ukar uyga kirishdi. Taehyung nonushta qila boshladi

Jungkook esa Taehyung tanlagan kiyimni kiydi

Jk: nima bu? Qop kiydimmi men?

U Taehyungni oldiga hoʻmrayib tushdi

Tae: ha jonim nega xafasan?

Jk: balki qop kiyarman?

Tae: iye nega?

Jk: bu kiyim qopdan ham keng! Qop bu kiyimni oldida tor!

Tae: shunishi yaxshi. Senga hech kim qaramaydi

Jk: baribir qarashadi yuzim ochiqku

Taehyung unga shapka va maska ham kiydirdi

Tae: ana endi qarashmaydi

Ular shifoxonaga kelishdi. Jungkook narcha tekshiruvlardan oʻtdi va doctor oldida edi

Dc: Jeon Jungkook....sizni tahlil natijansiz yaxshi

Jk: ha yaxshi men hojarxonaga borib kelay

Tae: hm hoʻp

Jungkook xonadan chiqib ketdi va doctor tilga kirdi

Dc: Janob Jungkookni yuragida muammo bor

Tae: jiddiy emasmi? Davolasa boʻladimi?

Dc: imkoni bor ammo donor kerak. Hamma ham unga donor boʻlolmaydi

Tae: qancha vaqt qoldi?

Dc: 1 yil! Shu 1 yil ichida yyrak almashtirilmasa Janob Jeon oramizda boʻlmaydi. Ammo yuragi battar boʻlishi ham mumkin. U siqilmasligi, koʻp oʻylamasligi va asabiylashmasligi kerak. Bazida yuragi siqib qoladi men dori yozib beraman oʻsha dorilarni ichib tursin

Doctor dori yozib berdi. Taehyung nima qilishni bilmasdi. Ular yoʻlda dorixonadan kerakli dorilarni olishdi

Jk: bu nega? Menda hammasi yaxshi ekanku

Tae: sen koʻp siqilasan bu dorilar senga foydali

Ikkilasi ham uyga kelishdi. Taehyung divanga oʻtirib oʻylandi

Shu payt Jungkook keldi va uni quchoqladi

Taepov: axir nega? Nega axir? Axir 8 yil deganda erishdimku! Bu kasallik qayerdan paydo boʻldi? Men Jungkookimni berolmayman. U meni tashlab ketmaydi, u ham meni sevadi, men bilan qoladi. Kerak boʻlsa butun dunyodan oʻsha donorni izlayman ammo lolamni bermayman. Eeyy allohim men 8 yil deganda endi sevgimga erishdim. Menga buni ravo koʻrma. Men hamma gunohlarim uchun tovba qilaman. Besabab odam oʻldirmayman qasam ichaman faqat Jungkookimni mendan tortib olmang

Taehyungni koʻzlari soʻnib qoldi. Uni hayoti yana avvalgidek boʻlib qoldi. Xuddi Jungkook ketgani kabi

Shu payt Jungkook keldi va uni quchoqladi

Jk: nega xafasiz Tete?

Tae: sen meni sevasanmi?

Jk: ha qattiq sevaman

Tae: menga vada ber

Jk: qanday?

Tae: meni tashlab ketmaysan, meniki boʻlib qolasan va meni sevasan

Jk: vada beraman sizni tashlab ketmayman, faqat sizniki boʻlaman va faqat sizni sevaman

Taehyung uni quchoqladi. Uning yuragi birdaniga gʻashlanmay qoldi. Ertalab gʻashlikdan tamom boʻlayotgan yuragi hozir tinchlandi

Hyunjin ham bu haqida xabar topdi. U Jungkookni izidan odam qoʻygandi. U hammasini Hyunjinga yetkazardi

Hj: shifoxonada nima qilishgan?

S: Janob Jeonni yuragi kasal ekan. U yurak almashtirish operatsiyasini oʻtkazishi kerak ekan. Ammo unga mos donor yoʻq ekan. 1 yil ichida alishtirilmasa Janon Jeon halok boʻlarkan

Hj: Jungkook soppa-sogʻ ediku! Bu kasallik qayerdan paydo boʻldi?

S: tahlil natijasiga koʻra Janob Jeon koʻp siqiladi va shuni oqibatida yuragi salbiy tomonga kasallanadi. Janob Jeon shifokorgan bormaydi ammo Janon Kim uni olib borgan

Hj: Taehyung bilan aloqadi qanday?

S: Janob Jeon Janob Kimni.......