March 20

My mermaid

Taehyung Jooni qutqardi ammo Jungkook oʻldi. Taehyung shu 3 kun ichida yaxshigina tuzaldi va hammasini bir boshidan oʻyladi. Aslida eng katta aybdor bu Jungkookning oʻzi edi. Agar u Taehyungni qiynamaganida, xudbinlik qilmaganida, bolasini olib qoʻymaganida balki barchasi yaxshi boʻlar edi. Balki hozir hamma baxtli hayot kechirayotgan boʻlar edi.

Taehyung Joonni sohilga olib chiqdi va suniy nafas bera boshladi. Joon koʻzini ochdi va onasini quchoqladi.

Jn: oyi sizni sogʻindim nega kelmadingiz?

Tae: shu yerdaman oʻgʻlim endi har doim birga boʻlamiz. Sen shu yerda qol men hozir kelaman

Taehyung shunday deb yana suv tubiga tushdi. U sevgan insonini jasadini ham olib chiqdi. Jungkook allaqachon oʻlgan edi. Joon otasini jasadini koʻrib yigʻladi. Ammo baxtga qarshi Yoongi va Jimin ham shu yerda edi. Ular tezda kelishdi. Jimin akasi yaxahiligidan hursand edi va boshqasi u uchun muhum boʻlmadi. Yoongi tezda Jungkookni shifoxonaga olib bordi. Ammo kech edi. Jungkook allaqachon oʻlib boʻlgan edi

Yg: kechir doʻstim. Agar senga Taehyungni manzilini aytmaganimda balki hozir tirik boʻlar eding. Hammasiga men aybdorman

Suvdan oʻlik holda chiqgan Jungkook

..

Tae: Yoongi! Bu sizni aybingiz emas. Bu uning aybi. Agar xudbinlik qilmaganida, meni qiynamaganida edi. Balki hammamiz baxtli boʻlar edik. Bunda hammamiz aybdormiz. Jungkookni aubi xudbinlik qilganida, sizni aybingiz meni manzilimni umga aytganingida, meni aybim esa bundan 6 yil oldin uni uchratganimda va sevib qolganimda

Jm: aka...meni kechiring. Sizdan xabar olmadim. Sizni Jungkook bilan baxtli deb oʻyladim. Agar bilganimda edi. Sizni bir daqiqa ham u yerda qoldirmas edim. Kechiring aka

Jimin yigʻlab yubordi. Agar Jungkookni oʻrniga Taehyung rostan ham oʻlganida hamma aybdor boʻlardi. Jimin ham, Yoongi ham, Jungkook ham. Ammo Taehyungni peshonasiga oʻlim yozilmagan ekan. U tirik qoldi va bolasi bilan yashadi. Jungkookni oʻlimida hech kim aybdor emas edi. Uning xudbinligi oʻziga dushman boʻldi.

Yg: unga achinmaysanmi? Axir sevardingku!

Tae: u menga achindimi? Har tun qiynalganimda achindimi? Yoʻq! U achinmadi! U tunlari men azob chekganimda u rohat bilan oʻtkazdi. Uni deb sal qolsa oʻlardim ammo kelib bolamni olib qoʻydi. Men uchun dunyoda Joon birinchi oʻrinda. Jungkook oʻsha kuni kelganida hech narsani soʻramay Joonno olib ketdi. Men nega oʻzimni oʻlganga chiqarganim, nega shuncha yil yashiringanim sababini soʻramay oʻgʻlimni olib ketdi. Jungkookni qotili men emasman. Bu undagi xudbinlik uni oʻldirdi. Men qattiq sevganim rost ammo sevganimga shunchalar pushaymon qildirdiki oʻlimiga ham rozi boʻldim. U meni sevgim emas tavqi lanatim boʻldi. Otam har doim yomon ish qilsam meni lanatlardi. Jungkook otamnign lanatlaro boʻldi. Menga shunchalar azob berdiki meni koʻnglim sovub ketdi

Joon yosh boʻlsa ham hammasini anglab yetdi. Taehyung Jungkookni ishlarini boshqara boshladi. U hammasini Yoongidan oʻrganar edi. Taehyung juda yaxshi ona, ota, amaki boʻldi. Hattoki mehribon boshliq ham. Jungkookni xolasi Taehyungni ayblamadi. Chunki jiyanini yoshlikdan katta qilgan va uni qandayligini bilar edi. Yana u paytlar Taehyungda Jungkookni koʻtarishga yetadigan kuch ham yoʻq edi. Jiminning bolalari ham Joon bilan yaxshi kelishishar edi. Hammalari bir maktabda, bir sinfda oʻqishar edi.

Taehyung bir insonni uchratdi. U Taehyungni ideali edi. Jungkookdan ming chandon yaxshi edi. Taehyung unga imkon berdi. U aslo Taehyungni azoblamadi, xafa qilmadi. Joon uchun ham yaxshi ota boʻldi. Uning ismi Lee Han edi. Har qanday qiz va yigit orzu qiladigan inson. Joon ham uni dada der edi

Kechir lekin sendan boshqa idealni topolmadin Guwon🤣🤣

Jungkooknig xolasi bunga qarshilik qilmadi. Chunki hamma ham baxtli boʻlishga haqli deya rozi boʻldi.

Taehyung Jungkooknong qabriga keldi va

Tae: oradan 2 yil oʻtibdi Jungkook. Men ham qachonlardir sodda, begʻubor, mehribon va seni qattiq sevgan suv pariysi edim. Ammo sen meni oʻzgartirding. Mendan xafa boʻlma! Men hozir baxtlimam. Sevgilim bor, yaqinda toʻyimiz boʻladi. Joon ham seni unutdi. Jeon Jungkook sen unutilding! Ammo bir narsa uchun rahmat. Sen menga bu dunyo qanday shavqatsiz ekanligini oʻliming oldi oʻrgatding. Sendan keyin odamlarga ishonchim qolmadi ammo Han meni bu fikrimdan birozga qaytardi. Chunki Han ideal. Sen bilan uni orasida yer bilan osmonchalik farq bor. Menga baxt tila Jeon Jungkook. Men Jeon Taehyung emas Lee Taehyung boʻlaman. Bir kun men ham oldingga boraman. Sen esa hozircha meni baxti ekanligimni oʻsha yerdan kuzatasan. Alvido Jeon Jungkook

Taehyung shunday deb qabr oldidan ketdi. Taehyung rostan ham baxtli boʻldi. Uni sevadigan eri, bolasi va ishi bor edi. Taehyung Jungkookni ishini qilgani qanday boʻlgan? Taehyung Joon va Jungkookni DNK qildirgan va politsiyaga koʻrsatgan. Sud Joon oʻqib, universitetni tugatgunicha Taehyugnga Jungkookni ishini boshqarish xuquqini berishdi. Chunki Joon oʻsha vaqt 7 yosh edi. Taehyung oʻgʻli Jungkookga oʻxshamasligi uchun " otangdek boʻl " der edi. Yani otang den Hanni nazarda tutgan. Han Taehyunga mehribon edi, halol va rostgoʻy edi. Joon ham katta boʻlib Han kabi inson boʻldi.