Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim
Jungkook iblislae olamida uygʻondi. Yana oʻsha teri rangi niqobni kiydi. Bu Jungkookni tanasidan farq qilmaydi. U buni kiyib Taehyung yoki boshqalarni oldida kiyimsiz yura oladi. Shu sababli ham Taehyung tongda Jungkookni qanotlarini koʻrmagan va bu uning qanotlari chiqmasligini taminlaydi
Jungkook yana odamlar olamiga qaytdi. Odamlar olamida endi tushlikka yaqinlashardi. Jungkook xavotir ola boshladi. Chunki Taehyung uygʻonganida Jungkook yoniga yoʻq boʻlardi. Jungkook ham eh dedida yana oʻsha qora minoraga bordi. Bu minora unimg sevimli joyi edi
Jungkook minoraning tomiga chiqdi. Yana oʻsha manzarani tomosha qila boshladi. Urushdan qolgan izlarni asta-sekin taʼmir qilishardi. Binolar qurishardi.
Bu payt Taehyung Jungkookni oʻylagancha oʻtirardi. Oldiga esa sobiq shaxsiy foxishasi Bogum keldi. Oldingidek unga suykalmadi. Nega? Chunki u oilali erkak! Bu xiyonat! Xiyonatkorga esa oʻlim!
Tae: biroz Bogum. Ammo meni oʻylantirayotgan boshqa narsa bor. Bilasan, men Jungkookni sevaman. Garchi bazan buni tan olmasam ham. Ammo bu yerim qattiq ogʻriyapti
Taehyung yuragini koʻrsatdi. Bogum esa hayron tikilib qoldi
Tae: Seni endi tushunyapman. Sen sevgan inson seni sevmasa, nazar-pisand qilmasa, senga qiziqmasa shu yering qattiq ogʻrirkan. Men haligacha Jungkookning oʻsha sevgilisi kimligiga qiziqaman. U shunchalar chiroylimi Jungkook undan kechmaydi?! Jungkookning oʻsha sevgani kim degan savol meni tun-u kun qiynaydi. U mendan yaxshimi? Mendan chiroylimi? Mendan boymi? Mendan qudratlimi? Mendan nimasi afzal? Shu savollarga javob yoʻq.
Bogum ilk marotaba Sorenga achindi. Chunki u hozir Bogumning axvoliga tushib qolgandi. Ammo sevganiga hech narsa qilolmaydi
Bg: Liderim, bilaman siz hozir qiyin axvoldasiz. Balki vaqt hammasiga davodir. Jungkook vaqt oʻtib sizni sevar, oʻsha sevgilisini unutar. Bu hayot! Nima boʻlishini hech kim oldindan ayta olmaydi.
Tae: Bugun uygʻonganimda u yonimda yoʻq edi. Bilasan, qanchadan-qancha goʻzallarni rad etdim, mensimadim. Ammo qara qaytar dunyo ekan. Menga ham xudo oʻzimga oʻxshagan mensimaydiganni berdi. Men esa oʻsha mensimaydiganni qattiq sevaman. 9 yoshimda uning uyiga bordik. Unga Jungkook deya men ism qoʻydim. Uni hattoki qoʻgʻirchoq deya atadim. Chunki u chiroyli qoʻgʻirchoq misoli edi. Chaqaloqligida ham uni koʻtargandim. U hattoki oʻsha paytda ham yoqimtoy edi. Jungkook har doim men koʻrgan eng chiroyli inson edi. Ammo ota-onasi uni mendan yashirdi. Menga Jungkookni berishni istasmadi. Ammo men faqat Jungkookni istadim. Men bir qiz yoki yigit bilan bir marta aloqa qilaman. Keyin xuddi kerak emas buyumdek tashlab yuboraman. Jungkook ham meni kerak emas buyumdek tashlab yubordi.
Taehyungning ichidan oʻtayotganini faqat oʻzi bilardi. Jungkook misoli afsona edi. Liderni rad etgan tirik afsona. Hamma Liderning xotini boʻlishni istagan bir vaqtda Jungkook istamadi. U na mansabni, na Liderni istadi. U faqat otasi yaxshi boʻlishini va Suga bilan baxtli hayot kechirishni istadi. Jungkook hamon shuni istaydi. Lekin Soren uni ossonlincha qoʻyib yuboradimi? Uning taqdiri nima boʻladi? Axir Jeon Jungkookning taqdirini tugʻulmasidan hal qilishdi.
Taehyung odamlariga Jungkookning qayerda ekanligini aniqlashni buyurishdi. Ular 2 soat qidirib qora minoradan topishdi va Liderga xabar berishdi. Taehyung ham qora minoraga keldi. U ham tomga chiqdi. Qarasa Jungkook nimalarnidir oʻylardi. Jungkook uni kelganini sezmadi. Taehyung borib uni orqasidan quchoqlab boʻynida oʻpdi
Jungkook boʻlgan ishdan choʻchidi va ortiga qaradi. Qarasa Lider va uning eri Soren turardi.
Tae: seni oʻpib quchoqlashim uchun nimadir boʻlishi kerakmi?
Jk: nega kelding? Ishing bor emasmi?
Tae: seni sogʻindim. Ertalab tursam yoʻq ekansan. Xavotir oldim
Jungkook endi sabr qilolmadi. Jungkook Taehyungni quchogʻidan chiqdi va unga qaradi
Jk: nega? Nega seni sevmaydigan odam bilan yashaysan? Nega seni sevmaydigan hattoki qiziqmaydigan odam uchun xavotir olasan? Nega oʻzingni bunchalik yerga urasan? Sen Lidersan! Lider oʻzini yerga urmaydi. Lekin sen nima qilyapsan? Men bilan ajrash va boshqasiga uylan. U seni bunchalik yerga urmaydi hattoki bunga jurat ham qilolmaydi. Seni qadrlaydi, seni sevadi, seni hurmat qiladi. Men bilan qolma! Men senga mos emasman. Biz bir-birimizga toʻgʻri kelmaymiz. Sen menga chidolmaysan. Meni sevgilim bor. Men undan kecholmayman. Bunga yuragim koʻnmaydi, koʻzlarim esa usiz yashashni istamaydi. Ammo senchi? Mamlakatdagi istagan insonni xotining qila olasan. Lekin bunday qilmaysan. Nega men bilan qolishni tanlaysan? Menda nima bor Taehyung? Mendagi nima boshqalardan ajralib turishimga sababchi?
Jungkook ichidagilarni toʻkib sochdi. Bu savollar unga ham qiziq edi. Taehyung uni gapini jim eshitdi. Bazan qalbi yaralandi ammo ohirigacha jim eshitdi. Taehyung unga yaqin kelib yana quchoqladi. Jungkook esa unga achina boshladi
Tae: chunki seni sevaman. Ilk marta seni qoʻlimha olib koʻtarganimdan toki hozirgacha. Ammo buni tan olishni istamadim. Bunga gʻururim yoʻl qoʻymadi. Ha seni sevgiling bor undan kechmaysan. Lekin men ham nima qilay sensiz yasholmasam?! Sen haqsan......men bu mamlakatdagi hohlagan insonni xotinim qila olaman va menga hech kim qarshilik qila olmaydi. Agar shunday qilsam u meni hurmat qiladi, sevadi, sendek yerga urmaydi. Bunga jurati yetmaydi. Sen hech kimga oʻxshamaysan, Jungkook. Hamma menga Lider boʻlganim uchun yaxshi munosabatda boʻlishardi. Sen esa oddiy odamga qilgan muomulani qilding. Hamma meni orzu qilgan vaqtda sen hattoki etibor bermading. Nega? Chunki sen oʻsha sevgilingni tanlaysan. Men bazan sendagi unga boʻlgan shu sadoqatni ham hurmat qilaman. Mayli uni sev...ammo meni tashlab ketma. Men uni sevishingga qarshilik qilmayman. Sendan esa iltimos....meni tashlab ketma xolos. Men hech oʻylamaganman kun kelib shu soʻzlarni kimgadir aytishimni. Ammo hayot bunga majburladi. Sen shunchaki menga kulib boq. Men osmon qadar hursand boʻlaman.
Jungkook bu gaplardan yigʻlab yubordi. Axir nima boʻlsa-da edi. Jungkook mehribon inson. Hattoki biroz yumshoq koʻngil.
Taehyung esa uni quchoqlab sochlaridan silardi. Taehyung aslo oʻylamasdi, bir kun hech qachon aytmayman degan soʻzlarni kimgadir aytishni. Jungkook yupqaroq kiyingandi. Taehyung koʻrib paltosini tugmalarini ochib ichiga Jungkookni soldi va qoʻllari bilan oʻradi. Taehyungni paltosi issiqina edi. Jungkook oʻylab qoldi.
Jkpov: Men qanday qilib unga shu ishlarni qila oldim? Men shunchalar vaxshiymidim? Oyim hech kimni xafa qilma derdi. Ammo men nima qildim? Qanday qilib Sorenni xafa qilishga botindim? Men nimalar qilib qoʻydim? Kechir Soren ammo nima qilay seni sevmasam? Bu yuragim oʻzgasini desa. Malika Diana aytganidek meni men sevgan insondan tashqari hamma sevdi. Bu ham xuddi sen uchun aytilgandek. Seni hamma sevdi ammo mem sevolmadim. Kechir. Seni bunchalar xafa qilganimni bilmagandim
Jungkook ham jim turdi. U oʻzini lanatladi. Oyisi boshqalarni xafa qilma deb koʻp aytardi. Jungkook oyisidan keyin hech kimni xafa qilmaslikka vada bergandi. Ammo u oʻz erini qanchalik xafa qildi. Uni sevadigan ammo u sevmaydigan insonni qattiq xafa qildi. Taehyung Jungkookni oʻziga qaratdi. Qarasa Jungkook yigʻlagancha turardi. Taehyung uni koʻzyoshlarini artdi
Tae: nega yigʻlaysan? Yigʻlama!
Jk: kechiiirr....men....men seni xafa qilishni istamagandim. Toʻgʻrisi aslo istamadim. Men qanday qilib seni xafa qilganimni bilmayman? Ammo men oʻzgasini sevaman nima qilay? Uni bu yuragim unutishga yoʻl bermayapti. Kechiirr....men men
Tae: kechirim soʻrama! Bilaman sen odamlarni xafa qilmaysan. Men ham jahl ustida koʻp ishlarni qilganman
Jungkook yigʻlashdan sal toʻxtadi. Taehyung uni koʻtarib olib ketdi. Jungkook bunga qoʻyib berdi balki sal hursand boʻlar deb