Lucifer
Jimin ham oʻz uyuga ketdi. Janob Kim ham ishiga ketdi. Ikki kabutar oʻrnidan turib kiyimlarini keyin oshxonaga tushishdi. Aniqrogʻi Taehyung Jungkookni kiyintirib, koʻtarib olib tushdi. Taehyung Jungkookni stolga oʻtkizmadi. Jungkook uni tizzasida oʻtirardi. Xizmatkor nonushta olib keldi
Tae: seni joying shu yerda jonim qayoqqa tushasan?
Jk: men ogʻirman oyogʻingiz ogʻriydi
Tae: yoʻq yengil ekansan oʻtirayver
Jungkook endi hiylaga oʻtdi. U Taehyungni boʻynidan quchoqlab oldi. Bu ish Taehyungga moydek yoqib tushdi. Jungkook kulib,erkalanib gapira boshladi
Taehyung ham erkalanib gapga javob bera boshladi. Jungkook uni yuzidan va sochlaridan silardi
Jk: ha ajoyib kasb. Men Jin va Jimin idol boʻlib bir yerda ishlaymiz, maylimi Teteyim?
Tae: mayli jonim senga yoʻq deb boʻlarmidi
Jungkook Taehyungni yuzidan oʻpdi. Jungkook oʻylaganidek Taehyung idol qanday boʻlishini bilmasdi. Taehyung ham uni quchoqladi
Jk: Teteyim siz endi karate, bosk, taekwondo va otangizni ishini oʻrganishingiz kerak. Qaynotam ham qarib qolgan. Navbat endi sizniki
Tae: ha toʻgʻri aytasan. Sen aytganlarni oʻrganishim kerak
Jk: siz shavqatsiz boʻlishingiz kerak. Odamlarga rahm qilmang. Qiynash va oʻldira olishni bilish kerak. Yana quroldan oʻq uzishni ham oʻrganing Teteyim
Taehyungni faqat Jungkook Tete deb atardi. Uni hech kim bunday deb chaqirmasdi. Hammalari Tae yoki Taehyung derdi. Bu Jungkook va Taehyung oʻrtasidagi sirlardan biri edi.
Jungkook Jin va Jimin bilan uchrashish uchun ketdi. Taehyung boʻlsa otasini oldiga
Jin, Jimin va Jungkook bir cafega yigʻilishdi. Bugun yakshanba edi
Jn: nimaga hammani yigʻding Jungkook?
Jk: kelinglar idol boʻlamiz. Axir buni yoshligimizdan istagandik
Jm: men roziman. Otamni obroʻsiga tupurdim. Shuncha vaqt indamay aytganini qildim endi meni aytganim boʻladi
Jn: Jungkook pochchamni qanday koʻndirding? Juda ham rashkchi ediku
Jk: Taehyung idolni oddiy bir kasb deb biladi. U idol nima qilishini bilmaydi. Men unga Jin va Jimin bilan ishlayman dedim
Jm: bizni bu ayyorligimix oldida tulki astafirullox deydi
Jn: ha men bir insonni bilaman. Ismi Jung Hoseok. Juda ham mahoratli raqqos va repper. U HYBE Entertaimentga topshirmoqchi. Balki biz ham oʻsha entertaimentga roʻxhatdan oʻtarmiz
Jm: biz roʻyhatdan oʻtishimiz shart emas. Bizni otalarimiz kim ekanligini aytsak bas. Jin seni otang katta biznesman. Meniki ham. Jungkookniki esa N1. Demak biz roʻyxat deyishimix shart emas. Pul bilan ogʻzini yopsak kifoya
Jk: Jimin oʻzing aqllisanda. Boʻlmasa kettik
Jungkook shunday deb oʻrnidan turdi. Kassaga toʻlov qilib uchchovlon HYBE Entertaimentga yoʻl oldi. Ular toʻgʻri boshliq xonasiga kirishdi
Jk: Jeon Jungwoonni taniysizmi?
Jk: men uni oʻgʻli Jeon Jungkookman
Boshliq darrov kulib xushomad qila boshladi
B: iye Janob Jeon otangiz yaxshimi? Sogʻliklarida muammo yoʻqmi? Bizga nima xizmat?
Jk: men va doʻstlarim idol boʻlmoqchimiz. Sizdan shu yordam kerak
Jm: siz Park Henyuni tanisangiz kerak
B: ha u kabi yaxshi insonni tanimaslik gunohku
Jm: men uni oʻgʻli Park Jiminman
Boshliq oldida shaharning eng boy oilalarining yakkayu- yagona merosxoʻrlari oʻtirganini tushundi. Park Henyu ham HYBE ga katta yordam bergan insonlardan edi
B: ha bilaman demak sizlar idol boʻlmoqchisizlar! Mayli endi sizlar idolsizlar. Faqat bazi bir qonunlar bor
Jk: ana shunday desa boʻlar ekanku
B: ichish, chekish, uchrashuvlar taqiqlanadi. Oylik 50/50. Daromadning yarmi idollarga yarmi esa konpaniyaga tegishli
Jn: biz rozimiz. Yordam kerak boʻlsa aytarsiz
B: ammo sizlar bugun raqs boʻyicha mashq qilasiz. Mashqlar soat 22:00 da tugaydi. Stafflar sizlarga sharoitimizni tushuntiradi
Jk: amaki kechirasiz ammo meni erim bor
B: U kim? Biz buni yashirishimiz kerak boʻlmasa siz idol boʻlolmaysiz Janob Jeon
Jk: Kim Woonbinni yagona oʻgʻli Kim Taehyung
B: hhhaaaa endi tushunarli. Shunday demaysizmi oldinroq. Demak yangi qirol ekanda
Jm: amaki Jungkookni rashki bilan oʻynashmang. Boʻlmasa tishingizni yerdan yigʻib olasiz
Kunlar shu tarzda oʻtardi. Jin oʻqishni yigʻishtirdi. U hozir etiborini idollikka qaratdi. Jungkook har doimgidek edi. Taehyungni tanasi esa asta-sekin yiriklashib borardi. Yani mashgʻulotning tasiri edi